O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/165
Sana05.06.2022
Hajmi7,61 Mb.
#638904
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   165
Bog'liq
Компьютер тармоқлари хавфсизлиги уқув кулланма 2020 uzb18 03 22

10.2.
 
Veb server xavfsizligini taʼminlash va tarmoq infratuzilmasini 
taʼminlash 
Veb server xavfsizligini va tarmoq infratuzilmasini taʼminlash uchun quyidagi 
muhim jihatlarni ko‘rib chiqish va amalga oshirish kerak: 

Tashkilotning AT-ning xavfsizlik siyosati. 

Konfiguratsiyani boshqarish va nazorat qilish prinsiplari va uni 
o‘zgartirish. 

Xatarlarni tahlil qilish va xavflarni boshqarishga o‘ziga xos yondashish. 

AT-ning xavfsizlik siyosatini qanoatlantiradigan standart dasturiy 
konfiguratsiyalar. 

Kerakli malakani taʼminlash uchun zarur bo‘lgan bilim va treninglar. 

To‘satdan ishdan chiqqan hollarda qayta tiklash usullari. 

Tegishli sertifikatlash va akkreditatsiya. 


101 
Veb server ishlab turgan OT to‘g‘ri o‘rnatilganini, sozlanganini va xavfsizlik 
talablariga javob berishini taʼminlash kerak. 
Veb serverni himoyalashning birinchi bosqichi OT xavfsizligini taʼminlashdir. 
Mavjud veb serverlarning ko‘pi umumiy maqsadli OT-larda (yaʼni aynan veb server 
uchun mo‘ljallangan OT emas) ishlaydi. Agar veb server ishlab turgan OT to‘g‘ri 
sozlangan bo‘lsa, ko‘pgina xavfsizlik muammolaridan qutulish mumkin. Apparat va 
dasturiy taʼminot uchun standart konfiguratsiya odatda ishlab chiqaruvchilar 
tomonidan o‘rnatiladi, bunda dasturiy taʼminotning imkoniyatlari, funksiyalari va 
xavfsizlik funksiyalaridan foydalanish qulayligiga eʼtibor qaratilgan bo‘ladi. Shuni 
ham tushunish kerakki, dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchilari har bir tashkilotning 
xavfsizlik talablarini bilishmaydi, shuning uchun veb maʼmur yangi serverlarni 
xavfsizlik talablariga javob beradigan tarzda sozlashi va ushbu talablar o‘zgarganda 
har safar qayta sozlashi kerak. OT xavfsizligi kamida quyidagi bosqichlarni o‘z 
ichiga olishi kerak: 

OT-ni tuzatish va yangilash; 

keraksiz xizmatlar va ilovalarni olib tashlash yoki taqiqlash; 

resurslarni boshqarishni sozlash; 

OT xavfsizligini tekshirish. 
Tashkilot tomonidan belgilangan xavfsizlik talablariga muvofiq veb server 
dasturining o‘rnatilganligi, sozlanganligini va boshqarilishini taʼminlash kerak. 
Ko‘p jihatdan veb server dasturiy taʼminotining o‘rnatish va xavfsizligini 
sozlash OT-ni o‘rnatish va xavfsizligini sozlashga o‘xshaydi. Asosiy prinsip, 
avvalgidek, minimal talab qilinadigan veb server xizmatlarini o‘rnatish, patch-lar va 
dasturiy taʼminot yangilanishlarini (update) o‘z vaqtida tadbiq etib turish. Agar 
o‘rnatish dasturi biron bir keraksiz dasturlarni, xizmatlarni yoki skriptlarni o‘rnatsa, 
ularni o‘rnatish jarayoni tugashi bilan darhol o‘chirib tashlash kerak. Veb 
serveringizni himoya qilish hech bo‘lmaganda quyidagi amallarni o‘z ichiga olishi 
kerak: 


102 

veb server dasturiy taʼminotining patch-lari va yangilanishlari tadbiq 
etish, keraksiz xizmatlarni o‘chirib tashlash yoki taqiqlash; 

veb server foydalanuvchilari autentifikatsiyasini sozlash; 

veb server resurslarini boshqarishni sozlash; 

veb server dasturiy taʼminotining xavfsizligini va veb server 
fayllarining mazmunini tekshirish. 
Faqat to‘g‘ri mazmun (maʼlumot) veb saytda eʼlon qilinishini taʼminlash 
uchun kerakli choralar ko‘rilishi kerak. 
Qaysi turdagi maʼlumotlar ochiqligini, qaysi maʼlumotni cheklash kerakligini 
va qaysi maʼlumotlarning omma uchun ochiq bo‘lgan bazalarda joylashtirilmaslik 
kerakligini aniq belgilash kerak. 
Veb kontent ruxsatsiz kirish yoki o‘zgartirishlardan himoyalanganligiga 
ishonch hosil qilish kerak. 
Har qanday o‘zgartirishni avtorizatsiya qilinmasdan amalga oshirish mumkin 
emasligini taʼminlash uchun aniq bir siyosat bo‘lishi kerak. Maʼlumot maxfiy 
bo‘lmasa ham, yaxlitlik kafolati taqdim etilishi talab etiladi. Tegishli veb server 
resurslarini boshqarish orqali veb kontentni himoya qilish kerak. Resurslarni 
boshqarishning baʼzi misollariga quyidagilar kiradi: 

faqat kerakli xizmatlarni o‘rnatish; 

veb mazmunni maxsus qattiq diskka yoki ajratilgan qismga o‘rnatish; 

veb mazmunni yaratish uchun bajarilgan barcha skriptlar yoki dasturlar 
uchun bitta katalogni aniqlash, ushbu katalog veb serverga nisbatan tashqi bo‘ladi; 

veb server ishlaydigan OT-ning fayl tizimida “qattiq” havolalardan 
foydalanishni taqiqlash; 

veb mazmunga ruxsatlar matritsasini yaratish, bu veb server katalogidagi 
papkalar va fayllarga kirish cheklovlarini belgilaydi; 

fayl tizimida kataloglarni ko‘rib chiqishni taqiqlash; 

raqamli imzolar va boshqa kriptografik mexanizmlar yordamida 
foydalanuvchilarni autentifikatsiyasi qilishni taʼminlash; 


103 

hujumlarni aniqlash va veb mazmunning yaxlitligini tekshirish uchun 
xostga asoslangan hujumni aniqlash va fayllarning yaxlitligini tekshirish 
tizimlaridan foydalanish. 
Kriptografiyaga asoslangan autentifikatsiyadan maxfiy maʼlumotlarni yеtarli 
darajada himoya qilishni taʼminlash uchun foydalanish kerak. 
Ochiq veb serverlar odatda foydalanuvchilarni identifikatsiya va 
autentifikatsiya qilish, maʼlumotlardan foydalanishga turli imtiyozlarni belgilash 
uchun turli xil texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu texnologiyalarning 
baʼzilari veb brauzer va veb server o‘rtasida shifrlangan kanalni taqdim etadigan 
kriptografik funksiyalarga tayanadi. Veb serverlar turli darajadagi xavfsizlikni 
taʼminlash uchun turli xil kriptografik algoritmlardan foydalanishga sozlanishi 
mumkin. 
Foydalanuvchi autentifikatsiyasiz maʼlumotlarga kirishini cheklashning 
imkoni mavjud emas. Autentifikatsiya mexanizmlarisiz, serverning veb maydonida 
joylashgan barcha maʼlumotlar begonalarga oshkor bo‘lishi mumkin.

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish