O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/165
Sana05.06.2022
Hajmi7,61 Mb.
#638904
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   165
Bog'liq
Компьютер тармоқлари хавфсизлиги уқув кулланма 2020 uzb18 03 22

Nazorat savollari 
1.
Elektron pochta xatlarini yuborish va qabul qilish jarayoni ketma-ketlikini 
yoritib bering. 
2.
SMTP protokoliga ko‘ra elektron xatlarni yuborish jarayonini tushuntirib 
bering. 
3.
POP3 protokolini tushuntirib bering. 
4.
IMAP protokolini tushuntirib bering. 
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar 
1-topshiriq.
Elektron pochta xizmatidan foydalangan xolda biror 
do‘stingizga elektron xat jo‘nating. 
2-topshiriq.
Thunderbird elektron pochta mijoz dasturi orqali SMTP POP va 
IMAP pochta protokollari orqali sozlamalarni amalga oshiring. POP pochta 
protokolidan SMTP protokoliga ushbu mijoz dasturi orqali 3 ta xat jo‘nating. 
 
 
 
 


99 
X BOB. Veb server va DNS xavfsizligi 
Umuman olganda veb dasturlar bilan ishlaydigan dasturlarni ikkita asosiy 
guruhga ajratish mumkin: veb serverlar va veb brauzerlar.
10.1.
 
Veb serverlarga xos bo‘lgan xavfsizlik tahdidlari 
Afsuski, veb serverlar ko‘pincha hujumlarning nishoni hisoblanadi. Shuning 
uchun veb serverlarning xavfsizligini va ularni qo‘llab-quvvatlaydigan tarmoq 
infratuzilmasini taʼminlash muhimdir. Veb serverlarga xos bo‘lgan xavfsizlik 
tahdidlarini odatda quyidagi toifalarga bo‘lish mumkin: 

Adovatli Internet foydalanuvchilari veb serverga ruxsatsiz kirish uchun 
dinamik veb sahifalarni yaratadigan veb server va OT zaifliklaridan foydalanishlari 
mumkin. 

Bu ochiq foydalanish uchun mo‘ljallanmagan fayllar va kataloglarga 
kirishga, imtiyozli buyruqlarni bajarishga, veb serverga begona xavfli dasturiy 
taʼminotni o‘rnatishga olib keladi. 

Veb serverdagi maʼlumot adovat maqsadida ataylab o‘zgartirilishi 
mumkin. Bunday tahdidning eng keng tarqalgan namunasi veb sayt mazmuni 
(veb kontent, fayllar, maʼlumotlar bazasi)ni ruxsatsiz o‘zgartirishdir. 

Xizmatdan voz kechish (bosh tortish) (DoS) hujumlari veb serverga 
yo‘naltirilgan bo‘lib, ushbu hujum natijasida veb server o‘zining real 
foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsata olmay qoladi. 

Veb server va brauzer o‘rtasida ochiq matn ko‘rinishida uzatiladigan 
maʼlumotni o‘qib olish mumkin. 

Begonalar veb serverga muvaffaqiyatli hujumdan foydalanib, tashkilotning 
boshqa tarmog‘ida joylashgan manbalarga ruxsatsiz kirish imkoniga ega bo‘lishlari 
mumkin. 

Boshqa tarmoqlar va serverlarga hujum qilinishi mumkin, bunda buzilgan 
veb serverdan foydalanilishi mumkin, natijada hujumning haqiqiy initsiatori 
yashiringan bo‘ladi, baʼzida hujumning oqibatlari uchun javobgarlik hujum amalga 
oshirilayotgan veb server maʼmuriga yuklanadi. 


100 

Server dasturiy taʼminot va hujum vositalarining noqonuniy tarqatish 
punkti sifatida ishlatilishi mumkin, bu esa server maʼmuri hujum oqibatlari uchun 
javobgar bo‘lishiga olib kelishi mumkin. 
Veb serverlarni o‘rnatish, sozlash va texnik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq 
xavfsizlik muammolarini ko‘rib chiqamiz: 

OT-ni xavfsiz o‘rnatish va sozlash. 

Veb server dasturini xavfsiz o‘rnatish va sozlash. 

Tarmoqni himoya qilishning tegishli mexanizmlarini qo‘llash: 

Tarmoqlararo ekran; 

Hujumlarni aniqlash tizimi (IDS); 

DNS. 

Xavfsiz konfiguratsiyani sozlash, tegishli patch va dastur yangilanishlarni 
(update) o‘z vaqtida tadbiq etish, xavfsizlikni tekshirish, monitoring jurnallarni 
ko‘rish, maʼlumotlar va OT-ning zaxira nusxalarini yaratish. 

Axborotni uning xususiyatidan kelib chiqib himoya qilishni taʼminlash. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish