O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/165
Sana05.06.2022
Hajmi7,61 Mb.
#638904
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   165
Bog'liq
Компьютер тармоқлари хавфсизлиги уқув кулланма 2020 uzb18 03 22

2.5-rasm. Aktiv yulduz topologiyasi 
Amaliyotda «Passiv yulduz» topologiyasi «Aktiv yulduz» topologiyasiga 
nisbatan ko‘p tarqalgan. «Passiv yulduz» topologiyasidan foydalaniladigan tarmoq 
markazida kompyuter emas, balki tarmoq konsentratori o‘rnatiladi. Tarmoq 
konsentratori signallarni qayta tiklamaydi, balki o‘ziga maʼlum bir kabel orqali 
kelgan signallarni qolgan barcha kabellarga uzatadi. Kabellarning ulanishi aktiv 
yulduzsimon bo‘lsa ham, haqiqatda esa shina topologiyasi. Chunki axborot har bir 
kompyuterdan bir vaqtning o‘zida barcha qolgan kompyuterlarga uzatiladi, lekin 
markaziy abonent mavjud emas. Shuning uchun bunday ulanishli topologiyani 
“shina-yulduz” topologiyasi deb ham aytishadi. Tabiiyki, «Passiv yulduz» oddiy 
shinadan qimmatga tushadi, chunki bu holda, konsentratordan foydalanish shart.
«Yulduz» topologiyasida hamma ulanish nuqtalari bir joyda jamlangan. Bu 
esa tarmoq ish faoliyatini oson nazorat qilish, nosoz abonentni tarmoqdan oddiy uzib 
qo‘yib tuzatish kabi qulayliklarni taqdim etadi.
«Yulduz» topologiyada boshqa turdagi topologiyalarga nisbatan kabel ko‘p 
sarflanadi. Bu holat tarmoq tannarxiga sezilarli darajada taʼsir qilishi mumkin. 
Shuni taʼkidlash kerakki, konsentratorlar o‘rniga yanada mukammalroq 
bo‘lgan kommutator, marshrutizator kabi qurilmalar qo‘llanilsa, unda aktiv va 
passiv topologiya o‘rtasidagi topologiya hosil bo‘ladi. 


24 
2.1.3. «Halqa» topologiyasi 
«Halqa» topologiyasida har bir kompyuter faqat 2 ta boshqa kompyuter bilan 
ulanib, biridan faqat axborot oladi, ikkinchisiga esa faqat axborot uzatadi. Har bir 
aloqa yo‘llarida «Yulduz» topologiyasi kabi faqat bitta axborot uzatuvchi va bitta 
axborot qabul qiluvchi bo‘ladi. Bu holat terminatorlardan voz kechish imkonini 
beradi. «Halqa» topologiyasining muhim xususiyati shundan iboratki, har bir 
kompyuter o‘ziga kelgan signallarni tiklaydi, yaʼni repiter vazifasini bajaradi. 
Shuning uchun butun halqa bo‘ylab signalning so‘nish muammosi bo‘lmaydi, faqat 
halqadagi ketma-ket ulangan ikki kompyuter o‘rtasidagi signalning so‘nishi ehtimoli 
mavjud. Bu topologiyada oldindan belgilab qo‘yilgan markaziy boshqaruvchi yo‘q, 
yaʼni oldin tarmoqdagi hamma kompyuterlar bir xil mavqega ega bo‘ladi. Tarmoq 
ishga tushgandan keyin odatda halqada maxsus abonent ajratilib, u axborot 
almashinuvini boshqaradi yoki nazorat qiladi.
«Halqa» ga yangi abonentni ulash odatda oddiy, lekin ulash vaqtida butun 
tarmoqni ishdan to‘xtatish lozim bo‘ladi. «Shina» topologiyasidan farqli ravishda 
halqada abonentlarning tarmoqdagi maksimal soni katta (aniq soni qo‘llanilayotgan 
tarmoq texnologiyasiga bog‘liq). «Halqa» topologiyasi odatda yuklamalarga 
chidamli hisoblanadi, u tarmoq orqali eng ko‘p axborot oqimini ishonchli qo‘llab-
quvvatlaydi, chunki unda konflikt holati yo‘q («Shina» topologiyasida mavjud), 
shuningdek, markaziy boshqaruvchi ham yo‘q («Yulduz» topologiyasida mavjud).
Signal “halqa”dagi hamma kompyuterlaridan birin-ketin o‘tgani uchun, 
tarmoqdagi kompyuterlarning birontasi (yoki tarmoq qurilmalaridan biri) ishdan 
chiqsa, butun tarmoqning ish faoliyati to‘xtaydi. Xuddi shuningdek, tarmoq 
kabellarining biron joyiga shikast yеtkazilsa yoki qisqa tutashuv ro‘y bersa, butun 
tarmoq ish faoliyati to‘xtaydi.
“Halqa” topologiyasi kabellari uzilishiga chidamsiz bo‘lgani uchun ushbu 
topologiyada odatda 2 ta yoki undan ortiq parallel kabellar o‘tkaziladi, ulardan biri 
asosiy, qolganlari zaxira aloqa yo‘li uchun xizmat qiladi. «Halqa» topologiyasida 
abonentlarning signalni qayta tiklashi qobiliyati butun tarmoq uzunligini keskin 
oshirish imkonini beradi.


25 
Asosiy tarmoq topologiyalarining qiyosiy xarakteristikasi 2.1-jadvalda 
keltirilgan. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish