Diqqatning tabiati. Diqqat insonning nerv tizimiga har daqiqada taʼ-sir etuvchi qoʻzgʻatuvchilar oqimidan bir yoki bir nechtasini ajratib olgan holda unga butun diqqat-eʼtiborini qaratish koʻnikmasida namoyon boʻladi. Bunday aj-ratilgan qoʻzgʻatuvchi inson miya qobigʻida nerv qoʻzgʻalishining juda kuchli may-donini hosil qilgan holda asosiy oʻrin egallab turadi. Bunda barcha qolgan qoʻz-gʻatuvchilar (ham tashqi va ham ichki) faoliyati toʻxtatiladi . Ular inson ongigacha yetib bormaydi, ong ularni hatto sezmaydi. Lekin bir qancha vaqt oʻtgandan soʻng nerv qoʻzgʻalishining asosiy markazi soʻnadi va uning diqqat yoʻnalishi buziladi. Shunda u oʻz ishidan chalgʻiy boshlaydi va yana bir yangi qoʻzgʻatuvchi yangi kuch taʼsi-rida dominantning oʻrnini egallaydi.
Bolalar uchun uzoq muddat diqqatni bir joyga jamlash juda qiyin ekanli-gini tushunish uchun bolalar va oʻsmirlar uchun xarakterli boʻlgan nerv fao-liyati xususiyatlarini esga olish yetarli. Bola qanchalik yosh boʻlsa, shunchalik qoʻz-gʻalish jarayonining soʻnishi murakkab boʻladi. Diqqatning neyrofiziologiya-sini oʻrganish boʻyicha olib borilgan soʻnggi izlanishlarda tormozlanish jara-yonining yoʻqligi va qoʻzgʻalish jarayonining soʻnish imkoniyati mavjudligi is-botlangan. Soʻnish jarayonisiz dominantning qoʻzgʻalishi na paydo boʻpadi, na saqlanadi. Bola miyasining poʻstlogʻida nerv qoʻzgʻalishini soʻnish jarayonining oʻzi nerv xujayralarining maxsus poʻstloq qismida yetilganligini taʼminlay-di va hujayrani himoya qilish vazifasi emas, balki kelayotgan taʼsirlarning oʻxshashligidan iborat boʻladi.
Inson 18 yoshga yetganda diqqatning neyrofiziologik asosining shakllanishi yakunlanadi. Shuning uchun bolalarda nerv qoʻzgʻalishining kuchli va qatʼiy marka-%1ning vujudga kelishi maʼlum bir qiyinchiliklar bilan bogʻliq, bu esa bolalar bilish faoliyatining amalga oshishiga toʻsqinlik qiladi.
Shunday qilib, diqqat bu oʻzi uchun muhim boʻlgan narsani tanlay olish va unga butun diqqat-eʼtibori, idroki, tafakkuri, xotirasi va xayolini qarata olish qobiliyatidir. Diqqatning uchta turi mavjud. Ularning ichida nisbatan soddasi bu ixtiyorsiz diqqat. U biz tomondan xech qanday qiyinchiliksiz paydo boʻladi. Ixtiyoriy diqqat esa inson oʻz oldiga aniq maqsad qoʻyganda hamda unga eri-shish yoʻlida bor kuchini sarf qilganda paydo boʻladi. Biror bir narsaga butun diqqat-eʼtiborni qaratish insonning xohishi orqali amalga oshadi. Bu esa in-sonning diqqat-eʼtiborli boʻlish uchun maʼlum bir qiyinchiliklarni yengishi (ichki yoki tashqi) natijasida paydo boʻladi. Bunday diqqatni ixtiyoriy diqqatyoki oʻz xohishiga koʻra diqqat deb ataydilar.
Diqqatning uchinchi manbasi bu qiziqish boʻlib, bunda insonning qaid.shdir predmet yoki faoliyatga oid yangiliklarni bilishga nisbatan xohishida koʻ| >i! I. mn 1 Bolaning operatsional-texnik imkoniyatlarining rivojlanish dlr.11 faoliyatiga nisbatan qiziqishning oʻsish darajasiga qarab ixtiyoriydan soʻngi diqqat namoyon boʻladi (N.F. Dobrinin). Bunda maxsus aqliy harakatlarga hojat yoʻq. Ixtiyoriy diqqat organizm charchaganda yoki kuchsizlanganda chegaralanishi mumkin.
Shu yerda haqli savol tugʻiladi. Bolalar bilan kundalik ish olib borishda yuqorida sanab oʻtilgan diqqatning uchta turining qay biridan foydalanish, qay biriga asoslanish kerak? Maʼlumki, ixtiyorsiz diqqat xususiyatlaridan bolalar bilan oʻtkaziladigan mashgʻulotlarda oʻzlashtirishni yengillashtirishga xizmat qiluvchi yorqin va oʻziga xos materiallar sifatida foydalaniladi. Oʻquv materiallarini oʻzlashtirishga qaratilgan kundalik faoliyatda bolalarning irodaviy ixtiyoriy diqqatining koʻnikma va bilimlarni oʻqishning birinchi bosqichlarida tahlil qilish mumkin emas.
U juda katta asab tarangligini talab etadi va nafaqat yosh oʻqoʻvchilar, balki kattalar uchun ham qiyinlik qiladi. Pedagog oʻz ish faoliyatida diqqatning uchinchi turiga eʼtibor qaratish kerak. Qaysiki, ixtiyoriy diqqatning qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlashiga tayanish mumkin. Agarda bola faoliyati qiziqarli va unum-li boʻlsa, u bolalar diqqatini “ushlab turadi”, ulardan asabiy zoʻriqishni ta-lab etmaydi. Bolalarda sekin-astalik bilan irodaviy maqsadga intilish xususiyatini shakllantirish kerak. Zero, oʻquv faoliyatining hamma jihatlari ham qiziqarli emas.