O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 136,16 Kb.
bet3/6
Sana05.04.2017
Hajmi136,16 Kb.
#6104
1   2   3   4   5   6

Yordamchi so‘zlar so‘zlarni bog‘lovchi vositalar sintaktik vazifalari fonida



So‘zlarni bog‘lovchi vositalar

Tobe bog‘lovchilar

Teng bog‘lovchilar

Kelishik

Egalik

Ko‘makchi

Sifatdosh

Ravishdosh

FNSH

Ohang va so‘z tartibi

Bog‘lovchi

Yuklama




Tobe va hokim qismlarni bog‘laydi

Tobe va hokim qismlarni bog‘laydi

Tobe va hokim qismlarni bog‘laydi

Tobe va hokim qismlarni bog‘laydi

Tobe va hokim qismlarni bog‘laydi

Tobe va hokim qismlarni bog‘laydi

Tobe va hokim qismlarni bog‘laydi

Teng qismlarni bog‘laydi

Teng qismlarni bog‘laydi

Teng qismlarni bog‘laydi

Tobe qismda o‘rinlashadi

Tobe qismda o‘rinlashadi

Tobe qismda o‘rinlashadi

Tobe qismda o‘rinlashadi

Tobe qismda o‘rinlashadi

Tobe qismda o‘rinlashadi

Tobe qismda o‘rinlashadi

Teng qismlar orasida o‘rinlashadi

Teng qismlar orasida o‘rinlashadi

Teng qismlar orasida o‘rinlashadi

Kelishiklarning gap bo‘laklarida SBV sifatida gradual o‘rinlashuvi




























BK

JK

O‘-P K



CHK

TK

QK






























Ega

Hol, to‘ldiruvchi

Hol, to‘ldiruvchi

Hol, to‘ldiruvchi

To‘ldiruvchi

Aniqlovchi






























Ism+ism; ism+fe’l































II bob bo‘yicha xulosalar

O‘zbek tilida so‘zlarni bog‘lovchi vositalar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, grammatik ma’no ifodalash, so‘zlarni o‘zaro teng yoki tobe holda bog‘lash, nutqqa kiritish, gap bo‘laklari mavqeini ta’minlash, tobe-hokimlik munosabatini saqlab turish, til uslublari uchun imkoniyat yaratish, nutqiy tejamkorlikni ta’minlash, tilning ontolik xususiyatlarini ko‘rsatishda katta ahamiyatga ega. So‘zlarni bog‘lovchilar sintaktik vositalar hisoblanib, ular so‘z birikmasi va gap tuzish jarayonida tayanch vazifa bajaradi. Kelishik shakllari, egalik shakllari, ko‘makchilar, bog‘lovchilar, yuklamalar (nokategorial shakllar) va boshqalar so‘zlarni bog‘lovchi vositalar hisoblanib, nutqda o‘rni bilan vazifadosh til birliklari sifatida namoyon bo‘ladi.

Bunday so‘z-shakllar turli lisoniy sathlarga tegishli bo‘lib, so‘zlarni bog‘lash vazifasi yuzasidan o‘z lisoniy sathida ichida ichki, o‘z lisoniy sathidan tashqarida (so‘zlarni bog‘lovchi vositalar bilan birgalikda) tashqi paradigmalarda gradual munosabatda ishtirok etadi. Bu esa tilning yaxlit tizim ekani, undagi birliklar esa doimo gradual munosabatda yashashini ko‘rsatadi.

Til eng muhim aloqa vositasi hisoblanadi, aloqa esa keng ma’noga ega. Jamiyat a’zolari o‘zlari uchun doimo tilga ehtiyoj sezishadi. Tilsiz jamiyat a’zolari hayotini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Biroq yozuv, imo-ishora kabi bir necha aloqa vositalari bo‘lsa-da, ular tiling vazifasini to‘liq bajara olmaydi. Shunday ekan, til jamiyatda aloqa vositasini bajarishi jihatidan ham ahamiyat kasb etadi. So‘zlarni bog‘lovchi vositalarlarning so‘z birikmasi va gap tuzish jarayonida aloqa vazifasini bajarishi yuqoridagi fikrga qiyoslanganda ular orasida aloqadorlik mavjudligi ravshanlashadi. Zeroki, so‘zlarni bog‘lovchi vositalarlarsiz so‘zlar tizimining fikr ifodalashini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Ma’lum bo‘ladiki, so‘zlarni bog‘lovchi vositalar tilda o‘ta muhim ahamiyatga ega vazifani bajaradi. Aloqa vositasi vazifasini bajarishda muhim vosita hisoblangan til va so‘zlarni bog‘lovchi vositalarning oraliq bo‘g‘inlari aniqlanib, to‘ldirilsa, aytish mumkinki, bunda ham til tizimining yana bir gradual munosabati tiklanadi.

Ko‘makchilar ham ko‘makchi fe’llar kabi leksik sathning mustaqil so‘zlar va yordamchi so‘zlar guruhida “ma’noviy nomustaqillik” oppozitsiya belgisi ostida privativ ziddiyatda bo‘ladi. Belgili a’zo sifatida yordamchi so‘zlar guruhi ajralsa, belgisiz a’zo mavqeini esa mustaqil so‘zlar egallaydi. Ko‘makchi so‘zlarning ko‘makchi fe’llardan farqli xususiyati shundaki, ularning bir qismida siljish jarayoni hanuz davom etayotgan bo‘lsa-da, tilda bu jarayonni to‘la bosib o‘tib, o‘zining istiqbolli yo‘liga tushib olgan birliklardir. Mustaqil so‘zlarning ko‘makchilashish jarayoni esa til qonuniyati sifati bardavom bo‘laveradi.

Ko‘makchilarning so‘zlarni bog‘lovchi vositalar bilan birgalikda hosil qiladigan paradigmasi sintaktik vazifaga xoslangani bilan farqlanadi.

Ko‘makchilar predmetni predmetga yoki predmetni harakatga bo‘lgan sintaktik munosabatini shakllantiradi. Gap bo‘lagi jihatidan ular ikki bog‘lanuvchi so‘zning tobelanuvchi a’zosi tarkibida o‘rinlashib, to‘ldiruvchi va hol vazifasida kelishga xoslaydi. Ko‘makchi bilan shakllangan ism-kesimning ishlatilish o‘rni nutqning tejamkorligi va so‘zlashuv uslubi jarayoni bilan bog‘liq hodisalardir.

Bog‘lovchilar “teng va tobe munosabatni ifodalash” umumiy ma’nosi ostida birlashadigan shakllar sirasida “leksik˗grammatik vosita” tarkibiy unsuri bilan yordamchi so‘zlar va grammatik qo‘shimchalar sirasida oraliq o‘rinni egallaydi. Bu umumiy grammatik ma’no “tobelash”, “tenglash” oraliq grammatik ma’nolariga bo‘linadi.

Yuklamalar o‘z “bog‘lash” ma’nosining susayganligi va buning evaziga “subyektiv munosabat” ma’nosi kuchayganligi bilan xarakterlanadi. Yuklamalarning umumiy grammatik ma’nosi, ya’ni substansial qiymati “qisman bog‘lash”, “asosan subyektiv munosabat ifodalash” oraliq grammatik ma’nolariga parchalanadi.
III BOB

YORDAMCHI SO‘ZLAR UMUMIY MA’NOSINING NUTQIY VOQELANISHI
Til murakkab qurilishli yaxlitlik bo‘lib, shu bois bu butunlik tarkibiy uzvlarning oddiy yig‘indisidan iborat emasligi, balki «hajman» ular yig‘indisidan kattaroq ekanligi sistem tekshirish jarayonida qator muammolarni yuzaga chiqaradi. Ma’lumki, lisoniy substansiya hech qachon bus-butun holda namoyon bo‘la olmaganligi sababli har bir nutqiy zuhurotda u ma’lum bir qirrasini namoyon qiladi. Shu boisdan lison va nutqning ushbu murakkab munosabati tufayli tadqiqotlarda tilning sistem tabiati bot-bot eslatib turilsa-da, muayyan tekshirishlarda sistemaviylikni asoslash muayyan sath doirasidan tashqariga chiqa olmaydi.

Lisoniy substansiya nutqda voqelanar ekan, bunda til tarkibiy uzvlarining dialektik munosabati yaqqol namoyon bo‘ladi. Aniqrog‘i, muayyan sath birligining mohiyati shu sistema doirasida tiklansa, va, shunga muvofiq, uni voqelantirishda ishtirok etgan boshqa sath tajallilari chetlatilsa, mohiyatning yuzaga chiqishida, oraliq holatlar orqali hodisalar sifatida zohir bo‘lishi va farqlanishida boshqa sathlar tajallilarining roli va funksional qiymati masalasini aniqlash tilning yaxlit substansiyaligini ochishdagi muhim bosqichdir. Zero, til nutqda yaxlit sistema sifatida voqelanadi.

Til murakkab butunlik bo‘lib, uning tarkibiy qismlari sifatida fonologik, leksik (semantik), morfologik, sintaktik va uslubiy (funksional) sathlar ajratiladi. Til sistemaviy (butunlik) tabiatga ega ekanligi bois uning tarkibiy qismlari ham sistem xarakterdadir. Tilning har bir tarkibiy qismi, ya’ni sathining izchil sistemaviyligi, shuningdek, bu sistemaning butunlik sifatida o‘z tarkibiy qismlarining oddiy, arifmetik yig‘indisidan iborat emas, balki ular yig‘indisidan kattaroq alohidalik ekanligi uning sistemaviy tadqiqi jarayonida qator qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Zero, lisoniy substansiya hech qachon to‘la-to‘kis voqelanmaydi, lekin voqelangan har bir nutq parchasida uning turli zarralari qorishgan holatda bo‘ladi. Nutqiy parchalar esa lisoniy paradigmatik sistemaviylikka ega bo‘lmagan, o‘z butunligidan uzilgan hodisalardir. Lison va nutqning mana shu murakkab munosabati tufayli ko‘p hollarda tilning sistemaviyligi deklarativ ravishda e’tirof etiladi-yu, tadqiq jarayonida bu umumlisoniy sistema yaxlitlikda qamrab olinmaydi. Shu bois uzoq yillar davomida, asosan, nutqiy hodisalar bilan shug‘ullanib kelgan tilshunoslar uchun tilning sistemaviy tabiatini ilg’ash imkoniyati vujudga kelmagan edi. Chunki nutqiy parchalarda turli sath birliklari o‘zaro qorishgan holatda voqelanadi va borliqqa obyektiv yondashuvchi tilshunos fahmiy-tavsifiy usul bilan o‘z obyektini tadqiq qilar ekan, shu qorishiq holatni o‘z tadqiqotida aks ettirishga majbur bo‘ladi.

Tilni sistema sifatida tadqiq etish kurtaklari aslida til sathlarini ajratish bilan bog‘liq. Biroq hozirgina qo‘llangan “tilni sistema sifatida o‘rganish” birikmasini “til sathlarini sistema sifatida o‘rganish” tarzida tushunmoq lozim. Zero, tilni sistema sifatida o‘rganish bilan lisoniy sathlarni sistema sifatida o‘rganish bir narsa emas. To‘g‘ri chiziqlarning xossalari va ularning tadqiqi uchburchaknikidan farq qilganligi kabi til ham sistema sifatida o‘z sathlari qonuniyatlaridan farq qiluvchi butunlik bo‘lib, uning qonuniyatlari va tadqiq usullari alohida sistemalar sifatida olingan fonologik, leksik, morfologik, sintaktik va uslubiy sathlar xossalari hamda o‘rganish qonuniyatlaridan ajralib turadi. Shuning uchun tilni yaxlit sistema sifatida o‘rganish insonshunoslik, jamiyatshunoslik kabi fanning alohida yo‘nalishini tashkil etsa, lisoniy sathlarni sistema sifatida o‘rganish tilshunoslikning maxsus bo‘limlariga xos vazifalardir. Tilning rivojlanish xususiyatlari, yashash sharoiti, o‘zining asosiy funksiyasi – fikrni shakllantirish va uni ifodalash vazifasini bajarishdek lisoniy sistemaning yaxlitlikda ado etadigan funksiyasini tadqiq qilish sotsiologiya bilan tilshunoslik oralig‘idagi alohida bir fan – XX asrning 2-yarmida Yevropa mamlakatlarida jadal rivojlangan, bizda esa endigina shakllanayotgan sotsiolingvistika yo‘nalishining tadqiq manbaidir.



3.1. Ko‘makchilar umumiy ma’nosining nutqiy voqelanishi

O‘zbek tilidagi ko‘makchilarning substansial qiymati lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligida nutqiy xoslanadi ˗ umumiy grammatik ma’nolari xususiy grammatik ma’nolarga aylanadi.



Ko‘makchilar nutqiy qo‘llanishining umumiy masalalari. Ko‘makchilarning nutqiy qo‘llanishlari leksik, morfologik va sintaktik omillar vositasida yuzaga chiqadi. Quyida ulardan asosiylarini ko‘rib o‘tamiz.

Orqali. Bu ko‘makchi bosh kelishikdagi otlar bilan birikadi ˗ “bosh kelishik+ko‘makchi” murakkab morfologik qolipining xususiy ko‘rinishidir. Bu ko‘makchili shaklning substansial ma’nosi “tobelash” bo‘lib, quyidagi oraliq grammatik ma’nolar (OGM) ni ifodalaydi:

a) “ish-harakat sodir bo‘lishida vosita bo‘lgan predmet yoki harakat” OGMsi: Xatni pochta orqali jo‘natdim. U bu yutuqlarga hayotni real ifodalash orqali erishdi. U sarpolarning ovozasi kecha ko‘rib ketgan xotinlar orqali... shaharning yarmiga tarqaldi (Oybek);

b) “ish-harakat sodir bo‘lishida vosita bo‘lgan o‘rin” OGMsi: Solijon uyiga paxtazor orqali qaytdi. Bunday hollarda orqali ko‘makchisi bilan ko‘makchisiga yoki chiqish kelishigi qo‘shimchasidan o‘rin-payt kelishigining affiksi -da ga sinonim bo‘ladi.

Ko‘makchi birikib kelayotgan ot qurol-yarog‘ ma’nosini bildirganda bilan o‘rnida orqali ko‘makchisi ishlatilsa, uslubiy g‘alizlikka olib keladi։ Qo‘yni pichoq bilan so‘ydi. Dushmanni qilich bilan chopib tashladi.



Yarasha. Bu ko‘makchi jo‘nalish kelishigidagi otlarga birikadi ˗ “jo‘nalish kelishigi+ko‘makchi” murakkab morfologik qolipining xususiy ko‘rinishi hisoblanadi. Bu ko‘makchili shaklning substansial ma’nosi “tobelash” bo‘lib, quyidagi oraliq grammatik ma’nolar (OGM) ni ifodalaydi:

а) “jo‘nalish kelishidagi ot ifodalagan shaxs/predmetga teng, mos, loyiq, monand” OGM: O‘zimizga yarasha to‘ycha qilamiz (G‘.G‘ulom).

б) “jo‘nalish kelishidagi ot ifodalagan shaxs/predmetga asos, miqdor, o‘lchov” OGMsi։ Har kimdan qobiliyatiga yarasha mehnat talab qilinadi.



Doir. Bu ko‘makchi bosh kelishikdagi otlar bilan birikadi ˗ “jo‘nalish kelishigi+ko‘makchi” murakkab morfologik qolipining xususiy ko‘rinishidir. Bu ko‘makchili shaklning substansial ma’nosi “tobelash” bo‘lib, quyidagi oraliq grammatik ma’no (OGM) ni ifodalaydi: “jo‘nalish kelishidagi ot ifodalagan shaxs/predmetga taalluqli, alohidalik”: O‘ktamning paxta, g‘alla, ipak va hokazoga doir savollariga Nasimjon... javob berdi (Oybek). Bu kimyoga doir gap (P.Tursun).

Asosan. Bu ko‘makchi jo‘nalish kelishigidagi otlarga birikadi ˗ “jo‘nalish kelishigi+ko‘makchi” murakkab morfologik qolipining xususiy ko‘rinishi hisoblanadi. Bu ko‘makchili shaklning substansial ma’nosi “tobelash” bo‘lib, quyidagi oraliq grammatik ma’no (OGM) ni ifodalaydi: “jo‘nalish kelishidagi ot ifodalagan shaxs/predmetga asos, tayanch, manba bo‘lgan obyekt”: U xalq sudi ajrimiga asosan begunoh deb topildi.

Muvofiq. Bu ko‘makchi jo‘nalish kelishigidagi otlarga birikadi ˗ “jo‘nalish kelishigi+ko‘makchi” murakkab morfologik qolipining xususiy ko‘rinishi hisoblanadi. Bu ko‘makchili shaklning substansial ma’nosi “tobelash” bo‘lib, quyidagi oraliq grammatik ma’no (OGM) ni ifodalaydi: “jo‘nalish kelishidagi ot ifodalagan shaxs/predmetga muvofiq obyekt”: Ularning o‘zaro pisandalariga muvofiq yangi yerlar, chiqarilgan suvlar Teshaboyga tekin o‘tadi (M.Ismoiliy).

Qarata. Ish-harakat yo‘nalgan predmet, shaxs, joy, tomon ma’nosini, obyektni, ish-harakat kimga taalluqliligini bildiradi. Bu ko‘makchi jo‘nalish kelishigidagi otlarga birikadi ˗ “jo‘nalish kelishigi+ko‘makchi” murakkab morfologik qolipining xususiy ko‘rinishi hisoblanadi. Bu ko‘makchili shaklning substansial ma’nosi “tobelash” bo‘lib, quyidagi oraliq grammatik ma’no (OGM) ni ifodalaydi: Abdurahmon adolatsizlik oldida boy, mulla, eshon-u to‘ralarga qarata otilgan xalq toshi edi (Y.Shukurov). Olimlarga qarata, jumladan, fiziklarga qarata qilgan mening da’vatim, hech shubhasiz, ingliz fiziklariga ham qaratilgan da’vatdir.

Dovur. Bu ko‘makchi jo‘nalish kelishigidagi otlarga birikadi ˗ “jo‘nalish kelishigi+ko‘makchi” murakkab morfologik qolipining xususiy ko‘rinishi hisoblanadi. Bu ko‘makchili shaklning substansial ma’nosi “tobelash” bo‘lib, “orin”, “payt” oraliq grammatik ma’no (OGM) ni ifodalaydi: Bo‘lmasa, kechga dovur o‘sha yoqdaman deng (M.Ismoiliy).

Baravarida. Bu ko‘makchi bosh kelishikdagi otlar bilan birikadi ˗ “bosh kelishik+ko‘makchi” murakkab morfologik qolipining xususiy ko‘rinishidir. Bu ko‘makchili shaklning substansial ma’nosi “tobelash” bo‘lib, quyidagi oraliq grammatik ma’nolar (OGM) ni ifodalaydi։

а) “Vosita” OGMsini: (bilan/birga/bilan barobar kabi birikmali ko‘makchilarga teng keladi): Shu maqola baravarida ma’lum qilamanki, sud Ibrohimov mendan pora so‘ragani yolg‘on (A.Qahhor);

б) “Hajm birligi” OGMsi: (bunday holatda balandligida, tengligida so‘zlariga ma’no tomondan yaqinlashadi): O‘raning chuqurligi ketmon bo‘yi barobarida. Agar suvni qaytarishga to‘g‘ri kelsa, ungurni suv barobarida yuqoridan chopib tushirish kerak bo‘ladi (M.Ismoiliy);

в) Chog‘ishtirish” OGMsi (predmetlarning bir qiymatga ega ekanini, bir-biriga o‘xshashligini ifodalaydi): Bizning yerlarda suv oltin baravarida yuradi.

Ko‘makchilar substansial qiymatining pragmatik xoslanishi. O‘zbek tilshunosligida ko‘makchili qurilmalarning ayrim pragmatik ma’nolari borasida bir necha maqola e’lon qilingan20, maxsus monografik tadqiqot yaratilgan.21 Bu tadqiqotlarning yuzaga kelishiga sabab ko‘makchilarning nutqiy vaziyatda turli-tuman pragmatik vazifalarni bajarishidir. Ko‘makchilar o‘zlari ishtirok etgan sodda gaplar semantik tuzilishni murakkablashtiradi va pragmatik mo‘ljallarga ishora qiladi. U.Rahimov ham ko‘makchilarni pragmatik maqsadga yo‘l ochuvchi lingvistik vositalar qatorida beradi: “Yordamchi so‘zlar ichida yuklama va ko‘makchilar pragmatik botiniy ma’no ifodalashda eng sermahsul vositalardan hisoblanadi. Chunki yuklama va ko‘makchilar nutqning mazmun va formal jihatdan shakllanishida juda muhim vazifalar bajaradi. Shuning uchun gapning semantik strukturasida o‘zi sintaktik bog‘lanib kelgan so‘z bilan birgalikda alohida pragmatik botiniy ma’no anglatib implitsit pragmatik botiniy ma’noga vosita bo‘la oladi”.22

O‘zbek tilshunosligida ko‘makchilarning pragmatik xususiyatlari, ularning gap tarkibida tagma’no va maqsadlarga ishora qilishi masalasi Z.Burhonov tomonidan maxsus o‘rganilgan, u ko‘makchilarning pragmatik vazifalarini ular bilan bir umumiy sistemani hosil qiluvchi vazifadosh kelishiklar bilan qiyoslagan. Z.Burhonov tadqiqotida ko‘makchilar va ularga vazifadosh kelishiklar ishtirok etgan sodda gaplarning mazmuniy murakkablashuvi qonuniyatlari ochib berilgan. Ko‘makchilar va ularga vazifadosh kelishiklarning pragmatik xususiyatlarini tekshirish asosida ular ishtirokida tuzilgan gaplarda yashirin ifodalanuvchi propozitsiyalar aniqlanib, nutqda amal qilishining substansial sabablari ko‘rsatilgan.

Ko‘makchi ishora qiladigan pragmatik ifodalanadigan tagma’no – uning yashirin ifoda xususiyatidir. Ya’ni u o‘zi ishtirok etgan gap strukturasida grammatik ma’nosiga bog‘liq holda pragmatik tagma’noni shakllantiradi. Bu o‘rinda pragmatik tagma’noga oid mazmunni uning qaysi kelishikdagi so‘zga birikishi emas, balki ko‘makchili konstruksiya, yana ham aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, ko‘makchining o‘zi yuzaga keltiradi. Shu nuqtai nazardan, ko‘makchining gap semantik strukturasidagi implitsit va eksplitsit axborot ifodalashi xususida yoki soddaroq qilib aytganda, aynan ko‘makchilar pragmatik botiniy ma’nosi sifatida baholash joiz. Ko‘makchili qurilmalar anglatadigan pragmatik botiniy ma’no sintaktik strukturada namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, ko‘plab ilmiy adabiyotlarda, darsliklarda ko‘makchilar morfologik talabga ko‘ra ikkiga: sof va vazifadosh ko‘makchilarga ajratilgan holda o‘rganilib kelinmoqda. Ammo bu bo‘linish pragmatik botiniy ma’no hodisasini aniqlashda hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. E’tibor qaratadigan bo‘lsak, Z.Burxonov ham bir nechta sof ko‘makchilarning pragmatik tagma’noga oid holatini tahlil qilish bilan birga pragmatik botiniy ma’no ifodalashda faol bo‘lgan (ba’zi sof ko‘makchilardan ham) ko‘ra, tortib, qarab, qaraganda, boshlab, o‘rniga, o‘rnida, keyin, avval, ilgari, oldin, burun kabi vazifadosh ko‘makchilarni tahlil doirasiga tortgan.

Tilimizda pragmatik botiniy ma’noga ishora qilib, gapda pragmatik vazifa bajaruvchilar sifatida Z.Burhonov quyidagi ko‘makchilarni ko‘rsatgan: bilan, uchun, kabi (singari, yanglig‘, o‘xshab), orqali, sababli (tufayli), boshqa (tashqari, o‘zga, bo‘lak), qadar dovur, misli (misoli, misol), o‘rniga, o‘rnida, qarshi, binoan, yarasha, muvofiq, bo‘yicha (bo‘yincha), asosan, nari (nariga), keyin (so‘ng), avval (ilgari, oldin, burun), beri (buyon), qarab, qaraganda, boshlab, ko‘ra, nisbatan, tortib.23 U mazkur ko‘makchilarning o‘zi birikib kelgan uzv bilan birgalikda pragmatik botiniy ma’no shakllantirishini keng aspektda tahlil qilgan. Tadqiqotchi ko‘makchili qurilmalar qatnashgan gaplarning qurilish qolipini ifodalashda R.Sayfullayeva va M.Abuzalovaning qarashlariga tayangan.

Umuman, bu boradagi tadqiqotlarni kuzatishlarimizga tayangan holda ayta olamizki, ko‘makchilar turli mazmundagi pragmatik botiniy ma’nolarni shakllantirishiga ko‘ra ikkiga ajraladi:


  1. Pragmatik botiniy ma’no ifodalashda faol bo‘lgan ko‘makchilar

  2. Pragmatik botiniy ma’no ifodalashda passiv bo‘lgan ko‘makchilar.

Z.Burhonov tahlil doirasiga tortgan barcha ko‘makchilar (qadar, qarab ko‘makchilaridan tashqari) faol pragmatik botiniy ma’no ifodalovchi ko‘makchilar sanaladi. Demak, pragmatik botiniy ma’no ifodalashda ko‘makchi sof bo‘ladimi, vazifadosh bo‘ladimi, uning ahamiyati yo‘q. Muhimi, o‘zi qatnashgan gap semantik strukturasini murakkablashtirib, turli mazmundagi pragmatik botiniy ma’noni yuzaga keltirishi inobatga olinadi. Garchi Z.Burhonov mazkur tadqiqot ishida o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishgan bo‘lsa-da, ko‘makchilar pragmatik botiniy ma’nosi masalasini oxiriga yetgan deb hisoblamaymiz. Zero, Z.Burhonovning tadqiqoti bu boradagi ishlarning boshlanishi uchun dastlabki dadil qadamdir. Chunki kelgusida har bir ko‘makchi qatnashgan konstruksiyadan anglashilgan pragmatik tagma’noga oid holatlar muayyan tadqiqotlar uchun asos bo‘lishi mumkin. Biz bu o‘rinda ko‘makchilarning kommunikativ samaradorligini, nutq jarayonidagi o‘ziga xos xususiyatlarini sun’iy ravishda bo‘rttirayotganimiz yo‘q, balki bu turkum so‘zlarning qo‘llanilish sohalarini kuzatishimiz natijasida shunday xulosaga keldik. Kuzatishlarimiz davomida amin bo‘ldikki, ko‘makchilar o‘zlari ishtirok etgan gapni semantik jihatdan murakkablashtirib, o‘zi ifodalayotgan grammatik ma’no asosida hokim uzv semantikasiga daxldor pragmatik botiniy ma’noga ishora qiladi. Shuning uchun ko‘makchilarni pragmatik botiniy ma’no signalizatori sifatida, uni yuzaga keltiruvchi ishora vositasi sifatida baholaymiz. Ko‘makchilar nutqiy vaziyat va matn bilan bog‘liq holda turli pragmatik xususiyatlarini namoyon qilib, gapning semantik strukturasidan anglashiluvchi yashirin hukmni yuzaga chiqaruvchi vosita hisoblanadi.

Tilimizda ko‘makchilarning ham aksariyatida pragmatik botiniy ma’noga ishora bor. Bizningcha, ko‘plab tilshunoslarning har qanday gapda yashirin yoki oshkora hukmlar mavjud bo‘lishi haqidagi g‘oyalariga tayangan holda qolgan ko‘makchilarda ham pragmatik botiniy ma’noga ishora mavjud yoki mavjud emasligini ko‘rib chiqish istagi tug‘ilsa-da, ishimizning hajmi chegaralanganligi sababli ko‘makchilar pragmatik botiniy ma’nosiga oid tahlillar va misollarni keyingi ishlarimizda keltirishni lozim ko‘rdik.



Download 136,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish