O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Алексеев В.П. Перщиц А.И. История первобытного общесво. - М. “Наука”, 2012



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/95
Sana19.04.2022
Hajmi3 Mb.
#564547
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   95
Bog'liq
Inson evolyusiyasi o\'quv qo\'llanma

 
4.
Алексеев В.П. Перщиц А.И. История первобытного общесво. -
М. “Наука”, 2012.
 
5.
Кабиров А. Ибтидоий жамият тарихи. (Маърузалар матни). –
Т.., 2005.
 
 
 


189 
6-bob. Ilk ibtidoiy urug‘ jamoasi davri. 
6.1.
 
Ilk ibtidoiy jamoa haqida umumiy tushuncha. 
Ishlab chiqarish kuchlari o‘sa bordi. Ishlab chiqarish kuchlarining 
rivojlana borishi natijasida ijtimoiy hayotda ham katta o‘zgarishlar sodir 
bo‘laboshladi. Bu o‘zgarishlar ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi ishlabchiqarish 
kuchlarining rivojlanishida xususan mehnat qurollarining takomilashuvida 
ko‘zga tashlanadi. Qadimgi paleolit davrida qurollarning xili juda oz bo‘lib, ular 
juda ham sodda ishlangan edi.
Lekin, qadimgi paleolitning oxiri va so‘nggi tosh asrning boshlariga 
kelganda manzara butunlay o‘zgarib, toshdan tarashlag‘ich, qirg‘ich teshgich va 
nayza uchlari, yer kavlagich qurollari vujudga keldi. Undan tashqari suyakdan 
va yog‘ochdan bigiz, igna, so‘yil, nayza uchlari va boshqa murakkabroq, 
asboblar uchun moslamalar yasashga erishildi. Baliq ovlashning rivojlanishi 
munosabati bilan teskari tishli garpun kashf qilinishi ham ana shu davri 
mansubdir.
Urug‘chilik tuzumi davriga kelib esa har bir urug‘dagi kishilar uyushmasi 
4-5 barobar oshib, urug‘ ichidagi odamlar o‘zaro mustahkam birlikga ega 
bo‘lganlar. Urug‘ va urug‘chilik tuzumining kelib chiqishi tarixchilikning eng 
muxim va eng qiyin masalalaridan biri xisoblanadi. Urug‘ jamoasi ibtidoiy 
to‘daga nisbatan ancha progressiv ijtimoiy tashkilot xisoblanardi. Ibtidoiy 
to‘daning urug‘ jamoasiga aylanish jarayoni uzoq, tarixiy davrni bosib o‘tadi. 
Urug‘ bir-biriga qon-qarindosh ancha mustaxkam birlikka ega bo‘lgan kishilar 
majmuasidan iboratdir.
Hayot taqazosi bilan vujudga kelgan urug‘lar keyinchalik qabilani tashkil 
etgan. Dastlabki qabilalar ikki va undan ortiq, urug‘dan tashkil topishi mumkin 
edi. Bir Avstraliya qabilasining ikki «pallaga» yoki ikki nikoh sinfi»-kroki va 
kumetiga bo‘linishi buning yaqqol misolidir.
Urug‘chilik jamiyatining bu dastlabki tuzilishini dual tashkilot deb atash 
rasm bo‘lgan. Bu dual tashkilot turli mamlakatlardagi ko‘pgina qabilalarda 


190 
so‘nggi vaqtlargacha ham saqlanib sodda yoki murakkab tarzda ko‘zga 
tashlanadi. Dual tashkilotining navbatdagi murakkabroq shakli boshqacharoq 
bo‘lib, bunda qabila har qaysi to‘rt uruqdan iborat ikkita «pallaga» bo‘linadi.
Ilk qabila tuzilishining bu ikki shakli fratriy-birodarlik sistemasi deb 
ataladi.
Shimoliy Amerikadagi tub-joylik seneka irokezlar qabilasi fratriya 
tashkilotining klassik namunasi hisoblanadi.
Seneka-irokezlar qabilasi to‘rt urug‘dan iborat bo‘lgan ikki fratriyaga 
bo‘lingan. Mazkur fratriya va urug‘lar alohida nomlar bilan atalgan. 
Rivoyatlarga ko‘ra ularda ayiq va qayiqdan iborat ikkita boshlang‘ich urug‘ 
bo‘lgan, bo‘ri, qunduz, toshbaqa (ayiq fratriyasi) loyho‘rak, qo‘tos, lochin (kiyik 
fratriyasi ) kabi urug‘lar, ularning bo‘linishi natijasida shakillangan. Bunday 
misollarni yer yuzining boshqa halqlarida ham kuzatish mumkin.
Urug‘chilik tuzumining bunday dual tashkiloti shaklida paydo bo‘lishi 
erkak va ayollar orasidagi munosabat-nikoh rivojlanishining yangi bosqichi 
bilan chambarchas bog‘liqdir.
Kishilikning poda davrlarda nikoh munosabatlari o‘zining betartibligi va 
umumiyligi bilan xarakterlidir. Nikox va oila munosabatlarining bu shakli 
promiskuitet deb ataladi.
Urug‘chilik tuzumi davriga kelib esa nikoh va oila munosabatlari o‘zgara 
bordi.
Promiskuitetda dastlabki cheklanish sodir bo‘ldi, bu ham bo‘lsa katta 
avlod bilan kichik avlod o‘rtasidagi nikoh munosabatlarining bekor qilinishidir

Mazkur davrdagi dual tashkilotining eng muxim xususiyati shundan iborat 
ediki, bu bir «pallaga» mansub odamlarning o‘zaro nikohlana olmasligi edi. 
Endi er va xotin qabilaning turli «palla» sidan bo‘lishi shart edi. Birmuncha 
rivoj topgan fratrial fromdagi dual tashkilotining nikox tartibi bir fratriyadagi va 
undagi urug‘ning odamlari o‘zaro nikohlanishi mumkin emas. Yigit boshqa 
fratriyaga mansub bo‘lgan qiz yoki ayol nokohlana olishi mumkin edi. Natijada 


191 
bir fratriya boshqa fratriyaga nisbatan «ona fratriyasi» ona urug‘i boshqasi esa 
ota fratriyasi toa urug‘i vujudga kelar edi.
Shu tariqa ekzogamiya nikoh tartibi vujudga kelgan. Shunday qilib, doimo 
qabilaning ikki pallasi, fratriyalar va fratriyadagi ikki urug‘ o‘rtasida tuziladigan 
nikoh tartibining xususiyati bu tartibni dual ekzogamiya deb atashga asos bo‘ldi. 
Ikkinchidan esa doimo bir urug‘, bir fratriya, ichida shubxasiz ekzogamiya 
shakillanayotgan vaqtda nikoh tartibi bir yigit va bir qizning qovushishidan 
iborat bo‘lmagan ekzogamiyali nikohga muvofiq butun bir urug‘ning hamma 
erkaklari boshqa urug‘ yoki pallaning ayollariga er bo‘lishi xuquqiga ega bo‘lga. 
Nikohning bu tarixiy shakli guruxli nikoh deb atalgan.
Guruhli nikohning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bundan 
tug‘ilgan bolaning otasi aniq bo‘lmay, faqatgina onasi ma'lum bo‘lgan xolos.
Bunday sharoitda butun dual sistema-urug‘lar, pallalar va fratriya ayollar 
atrofida to‘planadi. Demak har bir shunday guruh, ayollar avlodidan tashkil 
topadi va qon-qarindoshlik onalar avlodidan hisoblanadi. Shu tariqa urug‘ ona 
urug‘i sifatida vujudga kelib, urug‘chilik tuzumi rivojlanishida matriarxat,deb 
ataladigan davr boshlangan.
Urug‘chilik tuzumining bu dastlabki bosqichidayoq erkak va ayollar 
o‘rtasida idjtimoiy mehnat taqsimotining harakteri va jamiyat rivojlanishining 
bu bosqichida ayollarning o‘ynagan xo‘jalik roli urug‘chilik tuzumining ota 
avlodidan emas balki ona avlodlarida boshlanishining asosiy sababalaridan biri 
deb xisoblanadi.
Lekin, ayrim g‘arb tadqiqotchilari fikricha, ibtidoiy davrda kishilikning 
rivojlanishi ikki yo‘ldan borib, faqat dexqonchilik bilan shug‘ullangan bir xil 
qabila va xalqlar matriarxat bosqichini bosib o‘tib, qoloq bo‘lib qolganlar, 
chorvachilik bilan shug‘ullangan boshqa qabilalar («oariylar») madriarxatni 
bilmay patriarxat bosqichini bosib o‘tib, davlat va xokimiyat yaratganlar deb 
hisob qiladilar. Olimlarning ayrimlari oriy bo‘lmagan (“matriarxat nazariyasi”) 
ibtidoiy qabilalar dastlab dexqon va chorvador kishilarga bo‘lingan edi, degan 


192 
fikrlari arxeologiya, etnografiya va boshqa fanlar qo‘lga kiritilgan dalillarga 
ziddir. 
Lekin insoniyatning barchasi o‘z boshidan matriarxatni boshidan 
o‘tkazgan emas. Matriarxat paleolitdan neolit oxirgacha bo‘lgan uzoq tarixiy 
davrni o‘z ichiga oladi. Lekin kishilikning matriarxat bosqichi yer sharining 
xamma yerida bir vaqtning o‘zida boshlanib, bir vaqtning o‘zida nihoyasiga 
yetgan xalos. Uning rivojlanish darajasi ham turlicha bo‘lgan. Bu shubxasiz 
ishlabchiqarish kuchlarining qay darajada rivojlanishiga bog‘liq edi.
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlana borishi oqibatida matriarxatdan 
patriarxatga o‘tish sodir bo‘ladiki, endilikda erkaklar ishlab chiqarishda asosiy 
rolni o‘ynay boshladilar. Bu o‘tish avvalo xo‘jalikning yuksalishida motiga 
asosdagi dexqonchilikdan omoch asosidagi dexqonchilikka o‘tishda uy 
xayvonlarini urchitib ko‘paytirib boqishdan chorvachilikka o‘tishda namoyon 
bo‘ldi. Natijada erkaklar xo‘jalikda yetakchi o‘rniga chiqib oldilar, ayollar esa 
uy xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ulllanib ikkinchi uringa tushib qoldilar.
Endilikda urug‘ ota urug‘i nomi oldi.
Lekin yer yuzining turli yerlarida ona urug‘i va ota urug‘i tartibda xayot 
kechirayotgan etnik gruppalar, qabilalar va xalqlar xamon mavjud. Ammo ota 
urug‘i tarkibidagi qabila elat va xalqlar asosiy ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Mazkur ijtimoiy tashkilot qon-qarindoshlikdan iborat xo‘jalik tashkiloti 
bo‘lib, unda birgalikda ishlab chiqarish mavjud bo‘lgan. Ishlab chiqarish 
vositaplari va iste'mol mahsulotlari va urug‘ a'zolari uchun umumiy bo‘lgan. 
Urug‘ va urug‘chilik tuzumi ibtidoiy to‘daga nisbatan olg‘a tashlangan 
katta qadam bo‘lib, yuqori paleolitda aql idrokli kishilar kroman'onlarda xozirgi 
jismoniy tipdagi kishilar vujudga kelgan vaqtda paydo bo‘lgan va asta-sekin 
rivojlana borgan. Urug‘ va urug‘chilik ibtidoiy tashkilotning bundan keyingi 
rivojlanishga juda katta ta'sir etganligi shak-shubhasizdir. 
Urug‘ va urug‘chilik tuzumiga o‘tilar ekan, erkak va ayollar orasidagi 
nikoh munosabatlarida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.


193 
Ibtidoiy to‘da davrida aloqalar betartib va umumiy bo‘lgan bo‘lsa, 
urug‘chilik tuzumi davriga kelib bu soxada boshqacha tartib joriy qilingan. 
Bu vaqitga kelib muayyan urug‘ va palla ichidagi ayollar bilan 
erkaklarning qovushishi bekor qilingan. Endilikda bir urug‘ning yoki pallaning 
bir gurux erkaklari boshqa bir urug‘ yoki pallaning ayollariga er bo‘lishgan. 
Nikohning bu tarixiy tartibini yoki uning qoldiqlarini o‘z boshidan 
kechirayotgan qabilalar mavjud.


194 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish