3.
Behustun qoyalari qaysi shahar yaqinida joylashgan?
A.
Kirmonshoh
B.
Hamadon
C.
Tehron
D.
Ray
4.
Markaziy Osiyo geografiyasi bo‘yicha ma'lumot qoldirgan olimni
aniqlang?
A.
Arrian
B.
Gerodot
C.
Gomer
D.
Demokrit
5.
“Iskandarning harbiy yurishlari” asari muallifi kim?
A.
Arrian
B.
K.K.Ruf
C.
Ktesiy
D.
Ksenofont
6.
“Tarixiy yilnomalar” asari muallifini aniqlang?
A.
Sima Szyan
B.
Chjan Szyan
C.
U Di
D.
Ben Fu
179
7.
So‘g‘d yozuvi qachon shakllangan?
A.
mil avv. III-II asrlar
B.
mil avv. 1-ming yillikda
C.
mil avv. IV-III asrlar
D.
mil avv. II-I asrlar
8.
Qadimgi Xorazm yozuvi qachon yaratila boshlangan edi?
A.
mil avv. V-IV asrlar
B.
mil avv. VI-V asrlar
C.
mil avv. IV-III asrlar
D.
mil avv. III-II asrlar
9.
Ibtidoiy
jamiyat
tuzumining
to‘da
davri
arxeologik
davrlashtirishning qaysi bosqichiga to‘g‘ri keladi?
A.
Qadimgi tosh asrining ilk va o‘rta bosqichlariga.
B.
So‘nggi paleolitga bosqichiga.
C.
Neolit davriga.
D.
Eneolit davriga.
10.
“Zanjirband Prometey” nomli tragediya kimning qalamiga
mansub?
A.
Esxil.
B.
Gerodot.
C.
Beros.
D.
Demokrit.
Bob bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Roger Lewin and Robert A. Evolution the human story, Principles of
Human Evolution. Great Britain, 2011, oley, 2nd ed., Blackwell, 2004. r
10-46
180
2.
Roger Lewin. Human evolution: an illustrated introduction / 5th ed.
Blackwell, 2005. R 14-102
3.
Вишняцкий Л.Б. Введение в преисторию. Проблемы антропогенеза и
становления культуры: - Кишинев: “Высшая антропологическая
школа”, 2005. Стр. 10-55.
4.
Алексеев В.П. Перщиц А.И. История первобытного общесво. -М.
“Наука”, 2012. Стр. 3-10.
5.
Кабиров А. Ибтидоий жамият тарихи. (Маърузалар матни). –Т..,
2005.
181
5-bob. Ibtidoiy to‘da
5.1. Dastlabki odamlar jamoasi (to‘da)
Insoniyat hayvonot olamidan ajralib chiqib antropogenez jarayonini bosib
o‘tdi. Bu, shubhasiz juda katta davrni o‘z ichiga olgan jarayon edi. O‘z-o‘zidan
savol tug‘iladiki, mazkur davr ichida odamlar kollektivi qanday edi? Ma'lumki,
eng qadimgi odamlarning ajdodlari-qazilma maymunlar, avstrolopiteklar poda
yoki gala bo‘lib yashaganlar. Ikkinchi tomondan, odamning shuning bilan birga
qurollar ishlashning faqat kollektiv ichidagina paydo bo‘lganini e'tirof qilish
zarur.
Kishi organizmining, xususan qo‘lning tarqqiy qilishi natijasida, mehnat
natijasida tabiat ustidan boshlangan xukmronlik ilgariga qarab bosilgan xar bir
qadam borgan sayin odamning bilim darajasini kengaytirib bordi. Mehnatning
rivojlanishi zaruriyati orqasida, jamiyat a'zolarining yanada yaqinroq
jipslashuvicha yordam berdi, chunki shuning orqasidan bir-birlarga yordam
qilish, birgalashib ishlash tez-tez uchraydigan xodisa bo‘lib qoldi. Birgalashib
ishlashning foydasini anglash esa jamiyatning har bir a'zosi uchun ravshan
bo‘lib qoldi. Dastlabki odamlar kollektivi shunday guruh ediki, undagi aloqa
birgalikda ovqat topish va tashqi xavfdan birgalikda saqlanishga asoslangan edi.
Lekin, inson o‘z hayotining u ilk davrida turmush vositalari bilan juda kam
ta'minlangan edi. Tirikchilik vositalarini qo‘lga kiritish ijodiy xarakterga ega
edi. Odamlar orasida ongli ravishda uyushgan mustahkam va doimiy guruhlar
yo‘q va bo‘lishi mumkin emas edi.
Odamlar kollektivi turli joylardagi mahalliy shart-sharoitga va turmush
kechirish imkoniyati, mavsum va boshqa sabablarga bog‘liq holda katta yoki
kichik bo‘lgan, uning tartibi doimo o‘zgarib borgan, ularning tarqalib ketishi va
yana qaytadan qo‘shilishi mumkin edi. Demak shunday ekan, kishilikning bu
kollektivni nima deb atamoq kerak. Biz ularni qanday atamaylik baribir o‘sha
davrning odami «haqiqiy» odam edi, odamlar kollektivi hali odamlarning bir-
biri bilan aloqa qilishining ilk tabiy shaklidan iborat bo‘lgan «haqiqiy» odamlar
182
kollektivi edi. O‘sha darvdagi kishilik ijtimoiy ahvolining yana bir xususiyati
shundan iboratki, bu davrda kishilari guruhi o‘rtasida doimiy aloqa bo‘lmagan.
Ular bir-birlaridan ajralgan xolda yashagan bo‘lishlari mumkin. Demak,
kishilikning boshlang‘ich ijtimoiy ahvolidagi bu xususiyatlar ishlab chiqarish
kuchlarining juda past darajada ekanligidan darak beradi.
Lekin dastlabki kishilik guruhlarining o‘zaro munosabatlari to‘g‘risida
aniq bir fikr aytish qiyin albatta. Ehtimol har bir kollektiv yoki guruhlarning o‘z
yo‘lboshchisi, yetakchisi bo‘lgandir. Mazkur gruppaning yetakchisi erkak
bo‘lganmi, yoki ayolmi, bu bizga ma'lum emas.
Bu shak-shudhasiz uydurma bo‘lib, ular yuqori tabaqaga mnsub kishilar
manfaatini ximiya qilishga qaratilgandir.
Ishlab chiqarish kuchlari o‘sa bordi. Kuchlarning rivojlana borishi
natijasida ijtimoiy hayotda ham katta o‘zgarishlar sodir bo‘laboshladi. Bu
o‘zgarishlar ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi ishlabchiqarish kuchlarining
rivojlanishida xususan mehnat qurollarining takomilashuvida ko‘zga tashlanadi.
Qadimgi paleolit davrida qurollarning xili juda oz bo‘lib, ular juda ham sodda
ishlangan edi.
Lekin, qadimgi paleolitning oxiri va so‘nggi tosh asrning boshlariga
kelganda manzara butunlay o‘zgarib, toshdan tarashlag‘ich, qirg‘ich teshgich va
nayza uchlari, yer kavlag‘ich qurollari vujudga keldi. Undan tashqari suyakdan
va yog‘ochdan bigiz, igna, so‘yil, nayza uchlari va boshqa murakkabroq,
asboblar uchun moslamalar yasashga erishildi. Baliq ovlashning rivojlanishi
munosabati bilan teskari tipli garnun kashf qilinishi ham ana shu davri
mansubdir.
Mehnat va ov qurollarning mukammalashuvi oqibatida ovchilik xo‘jaligi
va termachilik ham rivojlana bordi.
Bu xol jamiyatda chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Tirikchilik hayot-mamot uchun bo‘lgan kurash, xo‘jalikni uzluksiz
ta'minlay oladigan doimiy va birlashgan ishlab chiqarish uyushmasini zarur
183
ekanligini taqazo etdi va uni vujudga keltirdi. Bunday birlashgan uyushmani
ibtidoiy kishilarning tasodifiy, yig‘indisi vujudga keltira olmas edi.
Bu birlashma negizida tabiiy qon-qarindoshlik yotar, bu eng dastlabki
urug‘ yoki urug‘chilik jamoasi edi. Ibtidoiy poda davrida ham odamlar gala-
gala, guruh-guruh bo‘lib yashaganlar. Lekin u guruhlarning soni 20-30 kishidan
oshmas, ular ancha beqaror va mustaxkam emas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |