O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Bob bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/95
Sana19.04.2022
Hajmi3 Mb.
#564547
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   95
Bog'liq
Inson evolyusiyasi o\'quv qo\'llanma

Bob bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati 
1.
Roger Lewin and Robert A. Evolution the human story, Principles 
of Human Evolution. Great Britain, 2011, oley, 2nd ed., Blackwell, 2004. р 10-
46 
2.
Roger Lewin. Human evolution: an illustrated introduction / 5th ed. 
Blackwell, 2005. Р 14-102 
3.
Вишняцкий Л.Б. Введение в преисторию. Проблемы 
антропогенеза и становления культуры: - Кишинев: “Высшая 
антропологическая школа”, 2005. Стр. 10-55.
 
4.
Алексеев В.П. Перщиц А.И. История первобытного общесво. -
М. “Наука”, 2012. Стр. 3-10.
 
5.
Introduction to Sociocultural Anthropology
.
Zerihun Doda .
Debub University. 2005
 
6.
Encyclopedia Of Social And Cultural Anthropology. Edited by 
Alan Barnard Jonathan Spencer. - London & New York, 2002. 
7.
Антропология. Алексеева Т.И. Богатенков Д.В., 
Дробышевский С.В. Учебно-методический комплекс - 2004. 
8.
Small Places, Large Issues An Introduction to Social and Cultural 
Anthropology. Thomas Eriksen 2001 
9.
Method In Social Anthropology Selected Essays by K. R. 
Radcliffe-Brown 
10.
Edited by M. N. Srinivas. The University Of Chicago Press 1998 


114 
II - Bo‘lim. Old tarix
1-BOB. Old tarix fanining predmeti va uning boshqa fanlar 
tizimidagi o‘rni. 
1.1.
 
Old tarix fanining predmeti va boshqa fanlar bilan aloqasi.

Tarix arabcha so‘z bo‘lib, tabiat va jamiyatdagi o‘tmish voqyealar, 
voqyeylik degan ma'nolarni anglatadi. Uning ulug‘ligi shundaki, bizga ma'lum 
bo‘lgan fanlarning hammasi tabiat va jamiyat qo‘ynida tug‘ilgan va tug‘iladi. 
Tarix tabiat va jamiyat tarixidan iborat bo‘lib, ular bir-birlari bilan uzviy 
ravishda bog‘langan. Tabiat tarixi yer va koinotdagi barcha naosalar haqida, 
jamiyat tarixi esa bashariyat-inson faoliyati haqida bahs yuritadi. Jamiyat tarixi 
tabiat tarixining davomidir. Shuni ta'kidlamoq joizki, koinot tarixi cheksiz, 
chegarasizdir. yer tarixi esa 5,5-5 milliard yilga teng. yerdagi tirik mavjudodlar 
tarixi esa 3,3-3 milliard yillik qadimiylikka ega. Boshqa tirik mavjudodlar kabi 
inson ona yer farzandi hisoblanadi. 
Olimlarning fikricha bashariyat tarixining ilk bosqichi 4-4,5 million yilga 
borib taqaladi. Ammo bashariyat tarixi yer va boshqa tuban mavjudodlar 
tarixiga nisbatan juda qisqa davrni o‘z ichiga oladi. Olimlar bashariyat tarixini 
bir-biridan farqlanuvchi turli davr va bosqichlarga bo‘lib o‘rganadilar. 
Bir guruh olimlar uni ibtidoiy, quldorlik, feodal, kapitalizm, sotsiolizm va 
uning so‘nggi bosqichi hisoblangan kommunistik deb atalmish ijtimoiy iqtisodiy 
tuzumlarga bo‘lganlar. 
Olimlarning boshqa guruhlari esa bashariy tarixini ibtidoiy, qadimgi, o‘rta 
asrlar, yangi va eng yangi kabi tarixiy davrlarga ajratiladi. 
Ayrim tadqiqotchilar esa o‘tmishni yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya 
kabi tarixiy davrlarga bo‘lganlar. 
Bashariyat tarixi qanday davrlarga bo‘linishidan qat'iy nazar ularning eng 
qadimgisi va boshqa davrlarga nisbatan uzoq davom etgani ibtidoiy tarix, ya'ni 
insoniyatning old tarixidir. Yangi dalillarga ko‘ra kishilikning old tarixi 
davrimizdan 4-4,5 million yil ilgari boshlangan, uning yakunlovchi bosqichi 


115 
miloddan avalgi IV mingyillikning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Ammo ibtidoiy 
davrning so‘nggi bosqichlarida ishlab-chiqarishning notekis rivojlanishi tufayli 
yer yuzining muayyan joylarida ibtidoiy jamoa va uning qoldiqlari uzoq 
vaqtgacha saqlanib qoladi. Shuni takidlash lozimki, Braziliya changalzorlari, 
Afrika o‘rmonlari, Filippin va Avstraliyaning ba'zi joylarida ibtidoiy jamoa 
tuzumining so‘nggi bosqichi darajasida hayot kechirayotgan qabilalar, etnik 
guruhlar va kishilar jamoasi hamon yashab kelmoqdalar. 
Old tarix fani, yerda odamzodning paydo bo‘lishidan tabaqalar va ilk 
davlatlarning qaror topishigacha bo‘lgan 4-4,5 millionlik katta tarixiy davrni 
qamrab oladi. Birinchi ijtimoiy tuzum ibtidoiy jamiyatning shakillanishi, 
rivojlanishi va tabaqaviy jamiyatga o‘sib o‘tish jarayonlarini o‘rganadi va tadqiq 
etadi. 
Kishilikning shu ilk bosqichi old tarix fanining asosiy mavzusi 
hisoblanadi. Jahon fanshunosligida ibtidoiy old tarix yagona tarix fanining 
alohida bo‘limini tashkil etadi. Kishilik jamiyati tarixining boshqa davrlari 
ko‘priq yozma manbalarga asoslanib o‘rganiladi. Ibtidoiy tarix arxeologik, 
antropologik, etnografik, lingvistik, arxeozoologik, arxeobotanik va boshqa 
manbalarga tayanib o‘rganiladi. Chunki ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yozuv 
ham yozma manbalar ham bo‘lmagan. 
Xorijiy mamlakatlardaga ayrim olimlar old tarixni antropologiya-odam 
haqidagi umumiy qan qatoriga qo‘shadilar. Shuni unitmaslik kerakki, 
antropologiya tabiiy fan bo‘lsa, tarix shuningdek, old tarix siyosiy, ijtimoiy 
fanlar qatoriga kiradi. 
Old tarixning nomi masalasida ham olimlar orasida turli qarashlar 
mavjud. Ibtidoiy davr tarixi bilan shug‘ullangan ko‘pgina olimlar, g‘arbdagi 
adabiyotlarda qo‘llangan va qo‘llanib kelinayotgan “tarixgacha” degan atama 
ibtidoiy jamoa tuzumiga muvofiq emasligini ta'kidlab o‘tadilar.
Ba'zi olimlar kishilikning bu eng qadimga davrini “tabaqaviy 
jamiyatgacha bo‘lgan tarix”, “yozuvgacha bo‘lgan tarix” kabi, mazkur 


116 
jamiyatning mohiyatiga unga muvofiq kelmaydigan nomlar bilan ataydilar. 
Mavzu va mantiq jihatidan “Ibtidoiy yoxud old tarix” degan atama 
kishilikning bu keksa, mo‘ysafid davriga ancha to‘g‘ri keladi. 
Yana shuni ta'kidlab o‘tish kerakki qator g‘arb tillarida “old”, “ibtidoiy”, 
“oddiy”, “sodda” so‘zlari sinonim sifatida qo‘llanilar ekan. Ammo rus tilida 
“ibtidoiy” bilan “oddiy, sodda” so‘zlar sinonim emas ekanlar. 
Xulosa shuki, kishilikning bu eng qadimgi davrini “old tarix” deyish 
maqsadga muvofiqdir, chunki u bizga ma'lum bo‘lgan beshta ijtimoiy-iqtisodiy 
tuzumning ilk bosqichidir. 


117 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish