O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/95
Sana19.04.2022
Hajmi3 Mb.
#564547
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   95
Bog'liq
Inson evolyusiyasi o\'quv qo\'llanma

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


248 
10.2. Dastlabki tabaqalar va davlatning vujudga kelishi 
Ijtimoiy tabaqalar va davlatning vujudga kelishi masalasi tarix fani oldida 
turgan eng muxim masalalardan biri xisoblanadi.
Mehnatning birinchi , ikkinchi va uchinchi yirik ijtimoiy bo‘linishi 
talonchilik urushlari, urug‘ qabila va qabilalar orasidagi tashqi va ichki 
munosabatlar ijtimoiy tabkaqalar va ilk davlatlarning vujudga kelishi uchun 
shart-sharoit yaratdi. Natijada uzoq davom etgan ibtidoiy jamoa tuzumi o‘rnida 
dastlabki quldorlik davlatlari vujudga keldi.
Lekin ibtidoiy jamoa tuzumining buzilishi va dastlabki davlatlarning 
vujudga kelishier sharining odam yashaydigan joylarida ayni bir vaqtda emas 
balki turli sharoitdpa shu bilan birga turli davrlarda vujudga keldi.
Jamiyat yerdor, mulkdor, yirik chorvador, katta boylikka ega bo‘lgan 
guruxlar va qullar, kambag‘al ozod kishilarga bo‘linib ketar ekan, ular orasida 
kelishtirib bo‘lmaydigan ziddiyatlar ham vujudga keldi.
Endi ibtidoiy davrdagi xalqchil boshqaruv tashktlotlari-urug‘ qabila va 
xalq kengashlari o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Tabaqaviy jamiyatni boshqarish 
tashkilotlari vujudga keldi. Ibtidoiy davrdagi urug‘ qabila oq soqollari ayniqsa 
harbiy boshliqlar va ularning homiylari o‘z davrining nufuzli aslzoda 
zadogonlari-zukumron doiralariga aylanaboshladilar.
Endilikda qabilaning nufuzli kishilari xarbiy o‘ljalarning asosiy qismini 
o‘zlariniki qilib olish bilan bir qatorda o‘z qabiladoshlaridan ham sovg‘a o‘lpon 
va qurbonliklar tarzida ko‘p boylik to‘play boshladilar.
Urug‘-qabila zadogonlari asta-sekin xalq ommasidan uzoqlashib, ularni 
ezuvchi guruxlarga aylanadilar.
Nufuzli, badavlat kishilar atrofida jangchi, ruhoniy va boshqalardan iborat 
sodiq kishilar guruxi to‘planadi. Bu dastlabki tizimning apparatining ko‘rinishi 
edi.
Davlat va ijtimoiy tabaqalarning kelib chiqishi masalasida turli xil 
qarashlar mavjud bo‘lib, ba'zi olimlar va din xomiylari uni azaldan mavjud deb 


249 
talqin qiladilar.
Olimlarning ba'zi namoyondalari bu masalada zo‘rlik nazariyasi bilan 
maydonga chiqdilar.
Zo‘rlik nazariyasining tarafdorlari ijtimoiy tabaqalar va davlat faqat 
istilolar natijasida vujudga kelgan, deb sharxlaydilar. Ularning fikricha istilochi-
talonchilar nufuzli xukmron tabaqani tashkil etib, istelo natijasida asir olinib 
quoga aylantirilgan kishilarni o‘z qo‘l ostilarida saqlab turish uchun davlat barpo 
etgan emishlar. Bu nazariyaga ko‘ra xukm chiqarilsa davlat u yoki bu xalq 
turmushiga, qabilalar ittifoqiga tashqaridan kirib kelgan bo‘ladi.
Istilolar va zo‘rlik ijtimoiy tabaqa va davlatning vujudga kelishi uchun 
hyech qachon asosiy omil bo‘lmagan emas. Shuning uchun ham zo‘rlik 
nazariyasi ham amaliy ham mantiqiy jihatdan noto‘g‘ridir.
Demak tabaqalar va davlat ibtidoiy jamoa tuzumining buzilishi natijasida 
uning xarobalarida vujudga keldi. Dastlabki davlatlar quldorlik davlatlari bo‘lib 
dastlab kichik, kuchsiz edi, bora-bora ular kengayib qudratli quldorlik 
davlatlariga aylandi.
Davlat paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda xukumron toifalarning 
manfaatlarini ximoya qiluvchi qoida-qonunlar vujudga kelib, shunga muvofiq 
idora tashkilotlari ham joriy qilindi.
Ishlabchiqarish kuchlari, geografik muxit, ichki, tashqi va boshqa qator 
sabablarga muvofiq davlat yer yuzining hamma joylarida bir vaqtda emas, balki 
turli davrlarda vujudga kelgan.
Dastlabki tabaqaviy jamiyat-ya'ni ilk davlatlar Mesopotomiya va Misrda 
miloddan avv. IV mingyillikning ikkinchi yarmi boshlarida vujudga kelgan.
III ming yillikning oxirlariga kelib Xindistonda ham eng dastlabki 
davlatlar vujudga kelganini kuzatish mumkin. Miloddan avvalgi II mingyillikda 
esa Kichik Osiyo, Janubiy Arabiston, Urartu va Egey dengizi xavzasidagi 
o‘lkalarda qator ktta kichik davlatlar tashkil topadi. Xuddi shu davrda Xitoyning 
Xuanxe daryosi va unga tutash bo‘lgan o‘lkalarda dastlabki davlatlarning 


250 
vujudga kelgan. Eron, O‘rta Osiyo, Kavkaz yevrosiyo, Janubiy Sibir yerlarida 
ilk tabaqaviy jamiyatning vujudga kelishi. Miladdan avvalgi II ming yilning 
oxiri va I ming yillikning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. yevropaning ba'zi 
joylarida tabaqaviy jamiyatning vujudga kelishi mil. avv. I ming yillikning 
ikkinchi yarmiga to‘g‘ri kelsa, ba'zi joylarida esa miloddning boshlariga to‘g‘ri 
keladi.
Yangi Dunyo-ya'ni Amerikaning ko‘pgina qabilalari ham bu jarayoni o‘z 
boshlaridan kechirganlar.
Lekin Amerikada tabaqaviy jamiyatning vujudga kelishi Osiyo, shimoli-
sharqiy Afrika,Janubiy yevropa o‘lkalaridan birmuncha keyinroq sodir bo‘ldi.
Shuni ham unitmaslik kerakki, Amerika, Afrika, Okeaniya va boshqa 
joylarda ijtimoiy tabaqa nima ekanligini, davlat nima ekanligini bilmaydigan 
qabilalar ham xozirgacha uchraydi.
Shunday qilib beshta tarixiy davrning eng dastlabkisi-ibtidoiy jamoa 
tuzumi kishilik jamiyati tarixining juda katta davrni tashkil etib, u ba'zi joylarda 
mil. avv. ekan, joylarda esa mil.avvalgi II-I ming yilliklargacha davom etdi. 
Ammo yer yuzining ba'zi joylarida bu jarayon XV-XVI asrlargacha davom etib 
keldi.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish