O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/95
Sana19.04.2022
Hajmi3 Mb.
#564547
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   95
Bog'liq
Inson evolyusiyasi o\'quv qo\'llanma

Modjokertodan
to‘rta katta yoshdagi va bitta yoshgina 
pitekantropning bosh miya qopqog‘i, oltita son suyagi, uchta jag‘ suyagi 
topildai.
1961-1972 yillarda esa Indoneziya mutahassislari Yavadan yana 
pitekantropning to‘rta bosh suyagi va ikkita pastki jag‘ suyagini topiganlar. 
Yavadan topilgan pitekantrop suyaklari oraisda Mojolertodan topilgan bola 
suyagining sanasi eng qadimiy bo‘lib, uni kaliy-argon usuli bilan aniqlanishiga 1 
million 500 ming-1 million 900 ming yil deb hisoblanadi. Qolganlarining sanasi 


64 
esa 0,5-1 mln yilga borib taqaladi. Har holda ular Olduvay darasidagi homo 
habilis-«ishbilarmon odam»dan ancha keyin yashagan. Lekmn olduvay 
pitekantroplari bilan zamondosh bo‘lishlari ham mumkin. Buni ularning 
jismoniy tuzilishi, «homo habilis» ga nisbatan rivojlanganligi ham tasdiqlaydi. 
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, pitekantroplar topilgan joylarning 
birontasidan tosh qurollar, ko‘mir, gulxan o‘rni, hayvonlarning sindirilgan 
suyaklari topilgan emas. 
Pitekantroplarning jismoniy tuzilishiga qarab ular muntazam ravishda 
qurollar yasay olganlar, deb faraz qilish mumkin. Shuni aytish kerakki, 
Kenigsvald Janubiy Yavaning Patjitan qishlog‘i atrofida qazish ishlari olib 
borib, to‘rtlamchi geologik qatlamdan juda qo‘pol ishlangan oddiy tosh qurollar 
topilgan. Bu qurollarni pitekantroplar yoki ularning uncha uzoq bo‘lmagan 
avlodlari tayyorlagan bo‘lishi mumkin. 
Pitekantroplar va ularning uncha uzoq bo‘lmagan ajdod va avlodlari 
faqatgina Yava orolida yashabgina qolmay Janubiy, Sharqiy Osiyo, yevropaning 
janubiy va Afrika qit'asida keng tarqalganlar. 
Shunday qilib, mitekantrop qazilma odamning eng qadimgi vakillaridan 
biri hisoblangan afrikalik ishilarmon odamlardan biroz keyinroq yashagan. 
Sinantrop-Xitoy odami ham eng qadimgi qazilma odamlar vakili 
hisoblanadi. 
1918-1923 yillarda Shved geologi G. Anderson Pekindan 45-50 km 
janubiy-g‘arbdagi Chmoukautyan degan joyida kuzatish ishlari olib borayotib, 
avval tosh qurol, so‘ngra hayvonlar suyagi bilan birga odam tishini topadi. 
Qazilma ishlariga kanada olimi D. Blek ham jalb qilinadi. 1927 yili Blekning 
assistenti Pen Ven-chjun mazkur joydagi Kotsetong g‘oridan eng qadimgi xitoy 
odamining kalla suyagini topishga muyassar bo‘lidi. Qazish ishlari xitoy 
olimlari tomonidan davom ettirilib, natijada mazkur joydan yana 60 yaqin odam 
suyagi topilib, shundan 15 tasi yosh bolalarniki ekanligi aniqlandi. 
Shu narsa muhimki g‘ordan sinantrop qoldiqlari bilan bir qatlamda tosh 


65 
qurollar, gulxan qolddiqlari yirik va mayda hayvonlarning sindirilgan hamda 
kuygan suyaklari topilgan. Bu hol sinatroplarning pitekantrop va olduvaydagi 
«ishbilarmon odamga» nisbatan ancha taraqqiy etganligini ko‘rsaiadi.
Sinatroplarning bo‘yi 144-156 sm bo‘lib, peshonasi past qiya bo‘lgan. 
Pitekantrop miya qutisining hajmi 850-950 sm
3
bo‘lsa, sinatropning esa 1050-
1200sm
3
ga teng. Demak sinantrop miyasining hajmi pitekantrop miyasining 
hajmidan katta, lekin hozirga zamon odami miya qutisini hajmidan esa 
kichikroqdir.
Shunday qilib sipontronlar bundan 400-500 ming yil ilgari yashab o‘tgan 
bo‘lib, mindel muzligi davrining ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi va u eng 
qadimgi qazilma odam vakili hisoblanadi. 1963-1964 yillarda xitoy arxeologlari 
Pekindan 900 km janubi-g‘arbiydagi Lantyan degan joydan lantyan sinantropi, 
deb atalgan qazilma odam qoldig‘ini topganlar.
Lantyan sinantropi ko‘p jihatdan chjoukautyandan topilgan sinantroplarga 
yaqin bo‘lib, xitoy odamlarining faraziga ko‘ra ular bundan 500-600 ming yil 
ilgari yashagan ekanlar. Xitoyning janubiy va Markaziy Vetnamning shimoliy 
qismida sinantrop singari ibtidoiy odamning suyaklari topilgan. Shunday qilib 
Xitoy Osiyodagi eng qadimgi odamlar paydo bo‘lgan mamlakatlardan biri ekan.
Qazilma odamlar va ularning ajdodlarining faqatgina Osiyo va Afrikada 
yashabgina qolmay yevrorpaning ba'zi joylarida ham tarqalganligi aniqlangan. 
yevropa turli tabiiy sharoitga ega bo‘lgan yevrosiyo quruqligining g‘arbiy 
qismini tashkil etadi. 
Janubiy va Markaziy yevropa har turli hayvonat olami va odamzodning 
yashashi uchun ancha qulayliklarga egadir. Lekin shunga qaramay yevropa ilk 
odamlar paydo joy emas ekan. Ko‘pchilik olimlarning fikrlariga ko‘ra qit'aga 
eng qadimgi odamlar ilk tosh asrida - bundan 1800 ming yillar ilgari Afrikadan 
kirib kelgan ekan. 
yevropada qadimgi odamlar yashayboshlaganiga 2 million yil bo‘lgan 
bo‘lsa, shuning 3 ming yili yozma manbalar asosida yoritilgan xolos Yozma 


66 
tarixgacha bo‘lgan uzoq va murakkab tarixiy davrni g‘arb olimlari tarixgacha 
bo‘lgan deb ataydilar. Bu davr yozma manbalr tarixigacha nisbatan 600 marta 
uzoqlikka qadimiylikka ega ekan. yevropa insoniyat paydo bo‘lgan beshlikka 
kirmas ekan. Olimlardan ba'zilarining fikricha ilk odamlar paydo bo‘lgan 
markazlardan biri Hindiston bo‘lib, ilk odamzod yevropagacha Hindiston 
tomondan kirib kelgan ekan. Ammo olimlarning katta bir guruhi insoniyatning 
ilk vatani Afrika deb hisoblaydilar. Ularning ta'kidlashicha ilk odamlar-
arxantroplar yevropaga Hindistondan emas Afrikadan kirib kelganlar,- degan 
fikrni ilgari suradilar. 
Keyingi vaqtda Fransiyadagi San Vals degan joydan qadimiyligi 2,3-2,5 
million yilliklarga mansub makon va tosh qurollari topilgan. 
Fransiyaning Li Rosh Lamber degan joyidan esa 1,5 million yil qadimilik 
maydalangan hayvon suyaklari, kvars va chaqmoq tosh parchalari topilgan. 
Yana Fransiyaning Shiyyak1 degan joyidan daryoning qarog‘ toshlaridan 
yasalgan g‘urol va hayvon suyaklari topilgan. Shiyyak 1 ning sanasi bundan 1 
million 800 ming yil qadimiylikka ega ekan.
Sobiq Yugaslaviyaning Shandalya 1 degan g‘or makonidan 1 million 600 
ming yil qadimiylikka mansub qayroq toshdan yasalgan ikkita oddiy qurol, eng 
qadimgi odamning tishi, sut emizuvchi hayvonlarning, ko‘proq miqdorda 
yovvoyi karkidon, to‘ng‘iz va boshqa hayvonlarning suyaklari topilgan bo‘lib, 
suyaklar o‘tda kuygan.
G‘ordan yog‘och ko‘mirlari ham topilgan. Olimlarning fikricha g‘orda 
olov bilan tanish va undan foydalangan eng qadimgi odamlar-arxentroplar 
istiqomot qilganlar. Hayvon suyaklaresa g‘orda yashagan eng qadimgi odam 
o‘ljasi ov mahsulotlarining chiqindisi bo‘lsa kerak. 
yevropada quyi pleystonsentning ikkinchi yarmida 1,5 million bilan 700 
ming yil ilgari yashagan eng qadimgi odam yashaganligi haqida ma'lumot 
beruvchi ashyolar topilgan. Xususan Fransiyaning Sindel degan joyidan 
villafrank darvriga mansub hayvon suyaklari topilgan. Sinzeldan topilgan 


67 
buyumlar 1 million yillik qadimiylikka ega ekan. Fransiyaning Le Vallon 
g‘oridan ham 700 ming yillik qadimiylikka ega bo‘lgan tosh qurollar va so‘ngi 
villafrank davriga mansub hayvon qolidiqlari topilgan. Xuddi shu yoki undan 
ham qadimiyroq davrga mansub buyumlar Chexoslavakiyaning Prjezletitsa 
degan joyidan ham topilgan va uning sanasi 890-750- ming yilliklar bilan 
belgilangan. Prjezletitsa tosh asri yodgorligi qadimgi ko‘l qatlami bo‘lib, 
qatlamlardan eng qadimgi odam makoni bo‘lgan ekan. Undan mehnat qurollari, 
tosh, qadimgi o‘choqdan ega ko‘mir va hayvonlarning kuygan suyaklari 
topilgan. Hayvon suyaklari orasida mamont, ot, eshak, bizon va asl bug‘ularni 
ko‘pchiligi tashkil etadi. 
Madaniy qatlamlardan chopper, sindirilgan suyakdan qiligan pichoq va boshqa 
mehnat qurollari topilgan. Keyingi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, arxantroplarga 
mansub eng qadimgi odamlarning makonlari Italiya, Ispaniya, Germaniya, 
Vengriya va boshqa mamlakatlardan ham topilgan bo‘lib, ular 600-150 minglar 
bilan belgilanadi. 
yevropada pitekantrop sinantrop va lentyan sinantropiga yaqin bo‘lgan 
arxantroplar eng qadimgi odamlar qoldig‘i 1907 yilda GFR ning uchta doyidan 
Geydelberg shahri va Mouer qishog‘idan topilgan. 
Bular orasida geydelberglik odam jag‘ suyaklari alohida qimmaga egadir. 
Bu suyak 24 metr chuqurlikdan topilgan.
Geydelberg odami ko‘p jahatdan pitekantrop va sinantropga yaqin turadi. 
Ba'zi olimlar uni gyuns-mindel davrida ya'ni 600-900 ming yil ilgari yashagan 
deb faraz qilmoqdalar. Lekin Geydelberg odami topilgan joydan hyech qanday 
madaniy qatlam boriligi aniqlagan emas. Garchi geydelberg odamining jag‘ 
suyagi chiqqan joydan sun'iy tarzda tayyorlangan mehnat qurollari topilmagan 
bo‘lsa ham, u shubhasiz eng qadimgi odamning tipik vakili edi, chunki 
geydelberg odamida odamga xos xususiyatlar ko‘p bo‘lib, u qurol yasash 
qobiliyatiga ega bo‘lgan. 
1958 yili Fransiyaning janubiy-sharqiy Vallon g‘oridan 1 million yillik 


68 
qadimiylikka mansub bo‘lgan ko‘pgina hayvon qolidiqlari tosh buyumlar, 
odamning mehnat faoliyati natijasida vujudga kelgan uchirindilar topib 
o‘rganilgan. 
Bu jihatdan Vengriyaning poytaxti Budapesht shahridan 50 km g‘arbda 
joylashgan Verteshsyollesh manzilgohidan L. Vertesh tomonidan 1963-1965 
yillarda arxantrop bosh miyasining bo‘lakchasi qadimgi odamlar tomonidan 
yoyilgan hayvon suyaklari, hilma-xil tosh qurollari va gulxan qoldiqlarining 
topilishi diqqatga sazovardir. 
Verteshsellosh manzilgoxidan topilgan odam bosh miya qopqog‘ining 
bo‘lakchasi ko‘p jixatdan sinantropga yaqin turadi, uning sanasi esa 500 ming 
yil bilan belgilangan. 
Geydelberg 
va 
Verteshselleshberg 
bilan 
zamondosh 
bo‘lgan 
arxantropning tishi qazilma hayvonlar qolidig‘i va oddiy tosh qurollar 
Chexoslavakiyaning poytaxti Praga shahri yaqinidagi Prjezlyatitsadan ham 
topilgan. 
Shuni ham qayd qilib o‘tish kerakki, qadimgi odamlarning suyak 
qoldiqlari Shimoliy Sharqiy Afrika territoriyalaridan ham ko‘plab topilgan. 
Jazoirdagi Ternifin, Marakash yaqinidagi Kasablankadagi topilgan 
ashyolar shular jumlasidandir. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish