O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


Yuridik shaxslarning turlari va aksiyadorlik



Download 454,06 Kb.
bet5/7
Sana30.03.2022
Hajmi454,06 Kb.
#519439
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Gavhar kurs ishi fuqarolik

Yuridik shaxslarning turlari va aksiyadorlik.


Yuridik shaxslar albatda aksiyadorlikka o’z tasirini ko’rsatadi. Shunday ekan bu ikkalasini munosabatlarini tartibga solish uchun
O’zbekiston Respublikasi o’z qonunchiligida alohida bo’lim ajratib qo’ygan.
Fuqarolik huquqi nazariyasida yuridik shaxslar bir necha asoslarga ko’ra turlarga bo’linadi. Jumladan, mulk shakliga ko’ra xususiy (xususiy mulkka asoslangan) va ommaviy (davlat mulkiga asoslangan), faoliyat maqsadiga qarab tijoratchi va notijorat, ta’sischilarning ishtirokiga ko’ra ta’sischilar faqat yuridik shaxslar bo’lgan (uyushma va assotsiatsiyalar), muassis faqat davlat bo’lgan (unitar korxonalar) hamda har qanday subyekt muassis bo’lishi mumkin bo’lgan korxonalar kabi t urlari mavjud.
Ayrim hollarda yuridik shaxslar ommaviy, xususiy va ommaviy yuridik shaxsga o’xshash korxonalar tarzida turkumlanadi. FKda yuridik shaxslar faoliyatining maqsadiga qarab (tijoratchi tashkilot va tijoratchi bo’lmagan tashkilot) tasniflanadi (FKning 40-moddasi).
Qonun hujjatlariga muvofiq tijoratchi yuridik shaxslar ham tijoratchi bo’lmagan yuridik shaxslar ham tadbirkorlik (foyda olishga qaratilgan faoliyat) faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin, lekin bunda, tijoratchi yuridik shaxslardan farq qilib tijoratchi bo’lmagan yuridik shaxslar o’z tadbirkorlik faoliyatlaridan olgan foydani faqat a’zolarining ehtiyojini qondirish yoki o’zga mushtarak maqsadni amalga oshirish uchun ishlatadilar. Olingan foydani boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yo ʻl qo’yilmaydi. Shu munosabat bilan tijoratchi bo’lmagan yuridik shaxslarga nisbatan FK “foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan” degan ibora emas, balki, “foyda olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib qo’ymagan” iborasi belgilangan. Bu esa, tijoratchi bo’lmagan tashkiloti tadbirkorlik bilan shug’ullanishi muayyan foyda ko’rishi mumkinligini belgilaydi.
Faqatgina tijoratchi bo’lmagan yuridik shaxslarning asosiy maqsadi (yordamchi yoki boshqa maqsadlar bundan mustasno) foyda olish bo’lmaydi, xolos. Tijoratchi bo’lgan yuridik shaxslar jumlasiga xususiy korxonalar, oilaviy korxonalar, xo’jalik shirkatlari va jamiyatlari, ishlab chiqarish kooperativlari hamda unitar korxonalar kiradi. Tijoratchi bo’lmagan yuridik shaxslar jumlasiga matlubot kooperativlari, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari va mulkdorlar tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasalar kiradi. Tijoratchi bo’lmagan tashkilotlar o’z ustavida belgilangan maqsadlarga mos keladigan doirada tadbirkorlik faoliyati bilan ham shug’ullana oladi. Nodavlat notijorat tashkilotlarning huquqiy maqomi umumiy asoslarda
O’zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlar to’g’risida”gi Qonunida o’z aksini topgan. FKning 77-moddasiga ko’ra yuridik shaxslar o’zlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, mushtarak manfaatlarini ifoda etish hamda himoya etish maqsadida uyushmalar (ittifoq) shaklida birlashmalar tuzishlari mumkin. Uyushma yuridik shaxs hisoblanib, uning a’zolari o’z mustaqilligini va yuridik shaxs huquqlarini saqlab qo ladilar.
Uyushma o’z a’zolarining majburiyatlari bo’yicha uyushmaning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda subsidiar javobgar bo’ladi.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari ham yuridik shaxs huquqlaridan foydalangan holda fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qatnashadi (FK, 78-modda). Mazkur tashkilot kvaziyuridik shaxs hisoblanadi. Chunki unda ham yuridik shaxs ham ommaviy huquq subyekti (boshqaruv) belgilari mavjud. Umuman, yuridik shaxslar o’z faoliyatlarida Fuqarolik kodeksi normalariga, soha qonunlariga, shuningdek, ustavlari va boshqa ta’sis hujjatlariga asoslangan holda ish olib boradilar.
Aksiyadorlik jamiyatlarining huquqiy maqomi Fukarolik kodeksining, 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi.
Aksiyadorlik jamiyatlari o‘z majburiyatlari Yuzasidan o‘ziga tegishli barcha mol-mulki bilan javobgar bo‘ladi. Aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari Yuzasidan javobgar bo‘lmaydilar va uning faoliyati bilan bogliq ziyonlarni o‘zlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida to‘laydilar.
Aksiyalar haqining hammasini to‘lamagan aksiyadorlar jamiyat majburiyatlari Yuzasidan o‘zlariga tegishli aksiyalar qiymatining to‘lanmagan qismi doirasida solidar javobgar bo‘ladilar. Jamiyat o‘z aksiyadorlarining majburiyatlari Yuzasidan javobgar bo‘lmaydi.
Agar jamiyatning nochorligi (bankrotligi) jamiyat uchun majburiy ko‘rsatmalarni berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyador sifatidagi shaxsning gayriqonuniy xatti-harakatlari tufayli vujudga keltirilgan bo‘lsa, mazkur aksiyador zimmasiga jamiyatning mol-mulki etarli bo‘lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik Yuklatilishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatining ustavida tegishli huquq nazarda tutilgan taqdirdagina, aksiyador majburiy ko‘rsatma berish huquqiga ega bo‘ladi
Aksiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Ochiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi, yopiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi.
Ochiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi. YOpiq aksiyadorlik jamiyatlarining muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi. Aynan muassislarining belgilangan miqdori turli davlatlarda turlicha belgilangan. Masalan, Italiyada - 2, SHveysariyada -3, Germaniyada -5, Angliya, Fransiya, YAponiyada -7, Estoniya, Rossiya, Niderlandiya, SHvetsiya,
Finlandiya va AQSHning ko‘pgina shtatlarida -1 kishi.
Qatnashchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. OAJ o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazishga va qonun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda ularni erkin sotishga haqlidir. OAJ aksiyadorlarining soni chegaralanmaydi. 6
Ochiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha ellik ming AQSH dollariga teng bo‘lgan summadan kam bo‘lmasligi kerak. Belgilangan chegaradan ortib ketgan taqdirda u yopiq aksiyadorlik jamiyatlari uchun miqdori aksiyadorlarning chegaralangan limitidan ortib ketgan shaxslar aksiyadorlar reestrida ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran olti oy ichida ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi, bu muddat tugagach, sud tartibida tugatilishi lozim.


Download 454,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish