O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/192
Sana18.02.2022
Hajmi1,95 Mb.
#453343
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   192
terminologiya 
deyiladi. Bunday so'z-terminlar 
nutqda ko'pincha ekspressiv bo'yoqqa ega bo'lmaydi. Ekspressiv bo'yoqqa ega 
bo'lishi va bo'lmasligiga ko'ra so'zlar tasnif qilinadi. Ekepressiv bo'yoqqa ega 
bo'lmagan so'zlar neytral so'zlar deyiladi. Bunday so'zlarga kelmoq, istamoq, 
kitob, qalam kabi kundalik hayotda qo'llanuvchi so'zlar kiradi. Ekspressiv 
bo'yoqda ega bo'lgan so'zlar stilistik ma'noda qo'llangan so'zlar deb ham ataladi. 
Bunday so'zlarga oy, kun, chashma, qosh, yer, nazar tashlamoq, chehra kabi 
so'zlar kiradi. 
Tilning lug'at tarkibidagi so'zlar, asosan, to'rt guruhga bo'linadi:
1) umumso'zlashuv nutqiga xos leksika;
2) mahalliy so'zlashuv nutqi leksikasi (dialektizmlar);
3) adabiy-kitobiy leksika;
4) umumadabiy til leksikasi (og'zaki va yozma nutqda ishlatiluvchi 
so'zlar).
1
Reshetov V.V.,. Shoabdurahmonov SH. O'zbek dialektologiyasi. "O'qituvchi" , 
Toshkent, 1978, 165-bet. 


- 95 - 
Albatta, bu guruhlarga oid so'zlarni ishlatilishi aniq chegaraga ega emas. 
Umumso'zlashuv nutqiga xos so'zlar barcha stillarda ishlatiladi. 
Odatda, adabiy tillarda quyidagi stillar farqlanadi:
1) badiiy stil;
2) publitsistik stil;
3) ilmiy stil;
4) rasmiy ish qog'ozlari stili;
5) so'zlashuv stili.
So'zlar ham bu stillarda ishlatilishiga ko'ra tasnif qilinadi. Neytral so'zlar 
barcha stillarda qo'llanaveradi. Terminlar esa fan va texnikaga oid ilmiy as-
arlarda ishlatiladi. Terminlar badiiy uslubda ham ba'zan uslub talabiga ko'ra 
qo'llaniladi. Masalan, urush mavzusida yozilgan asarlarda harbiy terminlar 
qo'llaniladi. Asqad Muxtorning "Daryolar tutashgan joyda" asarida sanoat va 
ishlab chiqarishga oid terminlarning keng qo'llanilganligi kuzatiladi. Dialektiz-
mlar ilmiy va rasmiy nutqda, badiiy (muallif nutqida) va publitsistik asarlarda 
qo'llanmaydi. So'zlashuv uslubida, badiiy asar qahramonlari nutqini aynan ber-
ishda dialektizmlardan foydalaniladi: Eshitdigu moro bo'singa kelaverdik (Rah-
mat Fayziy). Eskirgan so'zlar ham, asosan, badiiy nutqda shu maqsadda 
qo'llanadi: 
Ey bizning birinchi rais jumhur,
Ismingdan o'zbekning sha'niga g'urur. 
(
G'afur G'ulom

Umumso'zlashuv stilida ishlatiluvchi so'zlar barcha kishilar nutqida 
qo'llanuvchi odatiy so'zlardir: daraxt, tog', o'rmon, suv, kiyim, ovqat kabilar. 
Umumso'zlashuv stilida ishlatiluvchi so'zlar ba'zan poeziyada ham qo'llanadi. 


- 96 - 
Masalan, O'zbekiston vatanim manim (A.Oripov). Bu o'rinda mening so'zi jonli 
so'zlashuv nutqi shaklida (manim) ishlatilgan. 
Ekspressiv bo'yoqqa ega bo'lgan so'zlar ko'proq badiiy va publitsistik stil-
larda ishlatiladi. Bunda badiiy tasvirlar o'xshatish, jonlantirish, sifatlash, mubo-
lag'a, ko'chma ma'nodagi so'zlar yordamida voqea-hodisalarga stilistik bo'yoq 
berib, o'quvchida estetik zavq uyg'otadi. Har bir tilning lug'at tarkibi nutq 
madaniyati xazinasini tashkil etadi va turli stillarga xos bo'lgan ifoda vositalarini 
boyitishga xizmat qiladi. 

Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish