O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Ongning rivojlanishi va ijtimoiy-tarixiy tajribalarni o‘zlashtirilishi



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   227
Bog'liq
Rasulov

Ongning rivojlanishi va ijtimoiy-tarixiy tajribalarni o‘zlashtirilishi 
Endilikda psixologik va xulq-atvor shakllanishida yangi pog‘onaga 
ko‘tarilish uchun organizm ichki tuzilishi va unda kechadigan jarayonlarni, irsiy 
axborotni o‘zgartirish shart emas.
«Oliy psixik funksiyalar» tushunchasi fanga L.S.Vigotskiy tomonidan 
kiritilgan bo‘lib, bunday funksiyalar sirasiga L.S.Vigotskiy tushunchali tafakkur, 
mantiqiy xotira, ixtiyoriy diqqatni kiritgan edi. L.S.Vigotskiy shunday deb yozgan 
edi: «Oliy psixik funksiyalar» tushunchasi va tadqiqotlarimiz predmeti 
hodisalarning ikki guruhini o‘z ichiga oladi… Bular, birinchidan, madaniy 
rivojlanish va tafakkurning tashqi vositalari – til, yozuv, hisob, rasm chizishni 
egallash jarayonlari; ikkinchidan, chegaralanmagan va aniq belgilanmagan va 
an’anaviy psixologiyada ixtiyoriy diqqat, mantiqiy tafakkur, tushunchalarning 
hosil bo‘lishi deb ataluvchi maxsus oliy psixik funksiyalarning rivojlanish 
jarayonlari. Ularning ikkalasi ham birgalikda biz shartli ravishda bola xulq-atvori 
oliy shakllarining rivojlanish jarayoni deb ataydigan jarayonni hosil qiladi».
49
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 188 


103 
Mehnat qurollari, belgili tizimlarning kashf etilishi, takomillashtirilishi va 
keng qo‘llanilishi yordamida insoniyat o‘z tajribasini turli matnlar, ijodiy mehnat 
mahsuli ko‘rinishida to‘plash va saqlab qolish, ta’lim-tarbiya tizimi orqali uni 
avloddan-avlodga o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Keyingi avlod vakillari 
avvalgilari tomonidan ishlab chiqilgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni 
o‘zlashtirgan holda o‘z taraqqiyotlarini davom ettirdilar.
SHu tarzda, asta-sekin asrdan asrga o‘tgan sayin odamlarning ijodiy 
layoqatlari takomillashib bordi, borliq haqidagi bilimlari kengayib va chuqurlashib, 
insonni hayvonot dunyosi uzra yuksak pog‘onalarga olib chiqdi. Vaqt o‘tishi bilan 
inson tabiatda o‘xshashi bo‘lmagan ko‘plab jismlarni yaratdi va ularni 
takomillashtirdi. Bu jismlar insonga moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish 
uchun xizmat qilish bilan birga, inson qobiliyatlarini rivojlantirish uchun manba 
funksiyasini o‘tadilar.
Lekin insoniyat kashf etgan belgili tizimlar odamlar rivojlanishiga juda 
kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Ularning yuzaga kelishi matematika, muhandislik, fan, 
san’at, inson faoliyatining boshqa sohalari rivojiga turtki bo‘ldi. Harfli ramzlarning 
paydo bo‘lishi axborotni yozib olish, saqlash va qayta ishlash imkoniyatini yaratdi.
Axborotni yozib olish, saqlash va qayta ishlash usullarini takomillashtirishda 
erishilgan alohida muhim yutuqlar yangi ilmiy-texnikaviy inqilobga sabab bo‘ldi. 
Bular – axborotni yozib olishning magnitli, lazerli va boshqa shakllari.
50
Belgili 
tizimlar, 
ayniqsa, 
nutq 
odamlar 
tomonidan 
qo‘llanilishi 
bilanoqinsonning o‘ziga ta’sir ko‘rsatishning, o‘zini qabul etishi, diqqati, xotirasi, 
boshqa bilish jarayonlarini boshqarishning samarali vositasi bo‘lib qoldi. Insonga 
tabiat tomonidan ato etilgan sezgi organlaridan iborat birlamchi signaltizimi bilan 
bir qatorda (I.P.Pavlov), so‘zlashuv layoqatidan iborat ikkilamchi signal tizimiga 
ham egadir. Odamlarga tanish bo‘lgan ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar insonlar 
psixologiyasi va xulq-atvoriga ularning o‘rnini bosa oladigan jismlar kabi, ba’zida 
esa tasavvur qilish qiyin bo‘lgan hodisa va jismlarni bildirish (abstrakt 
tushunchalar) orqali ulardan ham kuchliroq ta’sir ko‘rsata boshladilar. Ikkilamchi 
50
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 176 


104 
signal tizimi insonning o‘zini boshqarishi va muvofiqlashtirishining kuchli vositasi 
bo‘lib qoldi. Idrok jismlilik, o‘zgaruvchanlik, anglanganlik; diqqat ixtiyoriy, xotira 
– mantiqiy; tafakkur – so‘zlashuv va mavhumlik sifatlariga ega bo‘ldi.
So‘z inson xatti-harakatlarining asosiy boshqaruvchisi, axloqiy va madaniy 
qadriyatlar elchisi, inson tamaddunihamdauning idrokli va axloqiy barkamolligi 
manbai va vositasi bo‘lib qoldi. Uning o‘zi ta’lim va tarbiya berishning bosh omili 
sifatida namoyon bo‘ldi. So‘z yordamida individ insonga – shaxsga aylandi. 
Odamlarning shakllanishida nutq muloqot vositasi sifatida alohida ahamiyat kasb 
etdi. Uning rivojlanishi dunyoning turli burchaklarida istiqomat qiluvchi va turli 
tillarda so‘zlashuvchi odamlarning o‘zaro aqlan va madaniy boyishiga ko‘mak 
berdi.
Taxminan 17 asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davrda ko‘pchilik inson va 
hayvonlar o‘rtasida tanasining ichki tuzilishi va xulq-atvorida, shuningdek, kelib 
chiqishida ham hech qanday umumiylik bo‘lishi mumkin emasligi haqida fikr 
yuritgan edi. So‘ngra tana mexanikasining umumiyligi tan olinib, inson psixikasi 
va xulq-atvori o‘rtasidagi tafovutlar saqlanib qoldi (17-18 asr). 1872 yilda CH. 
Darvin o‘zining «Odam va hayvonlar hissiyotlarining ifodalanishi» kitobini chop 
ettirdi, bu kitob biologik va psixologik hodisalar o‘rtasidagi aloqani tushunib 
etishda burilish yasadi. O‘zining bu asarida Darvin evolyusiya tamoyilining 
hayvonlarning 
faqat 
biologik 
rivojlanishiga 
emas, 
balki 
ularning 
psixologikhamdaxulq-atvor 
rivojlanishiga 
ham 
qo‘llanilishi mumkinligini 
isbotladi. Uning fikriga ko‘ra, hayvon va odam xulq-atvori o‘rtasida umumiylik 
ko‘pchilikni tashkil etadi. O‘zining bunday nuqtai nazarini u hayvonlar va 
odamlarda turli emotsional holatlarning tashqi ifodalanishi ustida olib borgan 
kuzatishlaridan kelib chiqqan holda asoslab berdi. SHu davrdan boshlab, inson va 
hayvonlar psixikasini tadqiq etish ishlari jadallik bilan boshlab yuborildi. 
Boshlang‘ich davrda Darvinning ta’siri ostida bu ishlar hissiyotlar va tashqi 
reaksiyalar ustida olib borilgan bo‘lsa, keyinchalik amaliy fikrlash sohasiga ham 
yoyildi. XX asrda hayvonlar o‘rtasidagi temperamentning alohida tafovutlari 
tadqiqotchilarda qiziqish uyg‘otdi (I.P.Pavlov), so‘ngra odam va hayvonlar 


105 
kommunikatsiyasida, 
xulq-atvorning 
guruhli 
shakllarida 
va 
bilish 
mexanizmlaridagi o‘xshashliklarni izlash ishlari boshlab yuborildi.
Inson va hayvonlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan tafovutlarni aniqlashdan avval 
shunga o‘xshash tadqiqotlarning natijalarini bilish pedagog uchun qanchalik 
ahamiyatga ega ekanligi haqidagi savolga javob topish zarur. Hayvon 
psixologiyasi va xulq-atvoriga tegishli barcha mavjud bo‘lganlar egallanishi 
mumkin bo‘lgan ikki usuldan biri orqali: irsiyat tomonidan berilishi yoki tabiiy 
bilish jarayonida o‘zlashtirilishi mumkin. Irsiyat tomonidan o‘tkaziladigan belgi va 
xususiyatlar ta’lim-tarbiyaga bo‘ysunmaydi; hayvonda o‘z-o‘zidan paydo 
bo‘ladigan xususiyat odamda ham maxsus ta’lim-tarbiya jarayonisiz yuzaga kelishi 
mumkin. Insonni o‘rganishda uni hayvonlar bilan solishtirish orqali bir xilda 
anatomik va fiziologik kurtaklarning mavjudligida inson o‘z psixologiyasi va xulq-
atvorida hayvonga nisbatan yuksakroq rivojlanish darajasiga erishgan ekan
51
, u 
holda bu yutuq ta’lim va tarbiya orqali ongli ravishda boshqarish mumkin bo‘lgan 
bilishning natijasidir.
SHunday qilib, inson va hayvonlarni qiyosiy psixologik, xulq-atvor jihatdan 
tadqiq etish bolalarga ta’lim-tarbiya berish mazmuni va metodlarini to‘g‘ri, ilmiy 
asoslangan holda aniqlash imkonini beradi. Insonkabihayvonlarham bilish 
xususiyatiga ega, ularda olamni oddiy hissiyotlar ko‘rinishida idrok qilib, 
axborotni eslab qolish imkonini yaratuvchi tug‘ma boshlang‘ich layoqatlar 
mavjud.
Barcha asosiy bo‘lgan his-tuyg‘ular, idrok, ko‘rish, eshitish, sezish, hid va 
ta’m bilish, teri sezuvchanligi va boshqalar odam va hayvonlarda dunyoga 
kelishlari bilan tarkib topgan bo‘ladi. Lekin taraqqiy etgan insonning idrok qilishi 
va xotirasi hayvonlar va chaqaloqlarning shunga o‘xshash funksiyalaridan farq 
qiladi. Bu farqlarni bir necha sohalar bo‘yicha ko‘rsatib o‘tish mumkin:
1. Odamda hayvonlardan farqli ravishda muvofiqlashgan bilish jarayonlari 
alohida sifatlarga ega: 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish