O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Dj.Kellining shaxs konstruktlari nazariyasi



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   227
Bog'liq
Rasulov

 
Dj.Kellining shaxs konstruktlari nazariyasi 
Djordj Kelli (1905-1966 yy.) - amerikalik psixolog, Ogayo universiteti 
professori. 1955 yilda nashr etilgan, o‘zining asosiy ishi bo‘lgan “SHaxs 
konstruktlari psixologiyasi” ustida Kelli 20 yil ishlagan. Uning nazariy 
konsepsiyasi E.Erikson, A.Maslou va boshqalar psixologlarniki singari boy amaliy 
va psixoterapevtik tajribaga tayanadi. Eng asosiysi, ularni bir fikr birlashtiradi. 
Unga ko‘ra, shaxsga alohida elementlarga bo‘lib bo‘lmaydigan, bir butun sistema 
sifatida qarash kerak. SHunga qaramasdan, Kellining nazariyasi psixoanaliz va 
gumanistik psixologiya doirasida ishlab chiqilgan klassik ishlardan ajralib qoldi
92

Har bir shaxs nazariyasi o‘zining konkret tushuntirish prinsipiga asoslangan 
markaziy nuqtasiga ega. Misol uchun, psixoanalizda markaziy tushuncha – bu 
“ongsizlik ta’siri” hisoblanib, shaxs modeli ikki asosga ko‘ra quriladi. Bular 
ongsizlik holati va jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalardir. Z.Freyd instinktiv 
kuchlar (ong osti, ong oldi va ong) shakllanish darajasiga e’tibor qaratib, shaxs 
podsistemasini uchga bo‘ladi (Id, Ego, Super-Ego). SHaxs dinamikasi ong osti 
faoliyat natijasi hisoblanadi. K.Rodjers nazariyasining asosini shaxs o‘zi haqida 
tasavvurga ega bo‘lishi va o‘z-o‘ziga baho berishi tashkil etsa, K.Levinda esa 
maydon tushunchasi etakchi o‘rinda turadi. Ko‘pchilik zamonaviy psixologlar 
92
Boeree C. G. GeorgeKelly/Personality Theories. PsychologyDepartment Shippensburg University. 
1997. – Р.3 


262 
uchun shaxs tahlilining asosiy ob’ekti – shaxsning motivatsion sohasi, uning 
yo‘nalganligi, prinsipi esa psixik determinatsiya hisoblanadi. 
Ba’zi bir ishlarda shaxsning individual xususiyati sifatida barqaror kognitiv 
strukturalari qabul qilingan. Bu – shaxs bilish jarayonining tarkibiy eleenti 
hisoblanadi. 
Odatda, an’anaviy shaxs kotsepsiyalarida kognitiv (ong oldi) xarakteristika 
boshqa tushunchalar yordamida ifodalangan. Bir necha o‘n yillar avval Amerika, 
shuning bilan birga jahon psixologiyasining bir qismini bixeviorizm maktabiga 
tegishli deb hisoblashgan. XX asrning 50-yillaridan chet el psixologiyasida psixika 
tuzilishining asosi ong deb qaralgan. SHu bilan birga, G‘arbda eksperimental 
psixologiya sohasida yangi yo‘nalish – kognitiv psixologiya vujudga kelishi bilan 
bog‘liq o‘ziga xos revolyusiya sodir. Bilish jarayonlari – idrok, tafakkur, diqqat va 
xotira bilan bog‘liq tadqiqot ishlari soni ko‘paydi. 
Psixologiyaning predmet va metodlari yangicha talqin etila boshladi. 
Kognitivistlarning fikricha, shaxsning xulq-atvorini uning bilimlari boshqarardi. 
Bilimlar rolini ajratish tadqiqotchilarning umumiy yo‘nalishini belgilab berdi. Endi 
tashqi shart-sharoitlar va stimullarni tasniflash birdan bir maqsad bo‘lmay, bilimlar 
tizimini, 
ya’ni 
ob’ektlar, 
holatlar 
va 
boshqa 
insonlarning 
ichki 
reprezentativlari(tasavvurlari)ni namoyon qiluvchi vosita sifatida chiqdi. 
SHunday qilib, kognitiv psixologiya, zamonaviy psixologiyaning etakchi 
yo‘nalishlaridan biriga aylanib, bixevioristlar tomonidan psixologik jarayonlar 
shakllanishining ichki strukturasini rad etilishi va psixoanaliz tomonidan shaxs 
faoliyatida bilimning rolini pasaytirilishiga qarshi reaksiya sifatida vujudga keldi. 
Kognitiv psixologiya psixik jarayonlar kechishidagi va shaxs xulq-atvoridagi 
bilimlar, kognitiv strukturalar va sxemalarning hal qiluvchi roliga asoslangan holda 
shakllanadi. Kognitiv psixologiya rivojlanishining birinchi bosqichi D.Brodbent, 
U.Naysser, R.Atkinson va boshqa olimlar tadqiqotlari bilan bog‘liqdir. Dj.Bruner, 
S.SHexterlar emotsiyaning kognitiv nazariyasi asoschilari hisoblanadi. M.Ayzenk 
esa individual farqlarning kognitiv nazariyasini taklif etgan bo‘lsa, Dj.Kelli, 
M.Makoni va Tomslar shaxs muammolari bilan shug‘ullanishgan. 


263 
Biz faqat Dj.Kellining shaxs kognitiv nazariyasiga to‘xtalib o‘tamiz. U erda 
shaxs konstruktlar sistemasi sifatida talqin etiladi. 
“Ong” kategoriyasi ichidagi xulq-atvor ko‘rsatkichlari sifatida yo bizning 
tasavvurlarimiz tarkibi (o‘z-o‘zini baholash, sotsial tarkib), yoki bo‘lmasam 
ongning formal xarakteristikasi (kognitiv maydon strukturasi, kognitiv balansning 
mavjudligi yoki dissonans) qabul qilinadi. Ongning formal xarakteristikasi 
(masalan, kognitiv dissonans, konsonans) bilan Leon Festinger shug‘ullangan. U 
ishlab chiqqan maxsus nazariyaga ko‘ra, individning ongida biron-bir ob’ekt yoki 
hodisa haqida qarama-qarshi ma’lumotlarga duch kelinsa, unda noqulaylik hissi 
vujudga keladi. Sub’ekt bu noqulaylikdan qutilish uchun ushbu ob’ekt haqidagi 
bilimlarini qaytadan yangilashga, yoki bo‘lmasam o‘zining sotsial ustanovkalarini 
o‘zgartirishga intiladi. Qarama-qarshilikdan qutilish konsonans holatiga olib 
keladi. 
Kellining konsepsiyasi kognitiv deb nomlanishiga, unda insonning unga ta’sir 
qiluvchi stimullarni idrok etishi, ushbu stimullarni o‘z xulq-atvorida talqin qilish 
va o‘zgartirish yo‘llari e’tiborga olinishi sabab bo‘lgan. L.Festingerdan farqli 
o‘laroq, Dj.Kelli ongning nafaqat formal, balki mazmuniy xarakteristikasini tadqiq 
qilishga harakat qilgan
93

U o‘zining tadqiqot metodi va nazariyasini ishlab chiqishga 20 yildan ko‘proq 
vaqt sarflagan. 1955 yilda uning “SHaxs konstruktlari psixologiyasi” nomli kitobi 
nashrdan chiqqanida unchalik muvaffaqiyatga erisholmagan. CHunki, o‘sha paytda 
faqat kamdan-kam nazariyalardagina psixika analizi birligi sifatida “kategoriya” 
tushunchasi ishlatilgan (ularning ichida I.Tolmen va Dj.Brunerlar bo‘lgan). Hozir 
esa shaxs konstruktlari nazariyasi psixologiyadagi asosiy fundamental 
nazariyalardan biri hisoblanadi. 
Kellining fikricha, insonning bilish bilan bog‘liq faoliyati real faktlarning 
klassifikatsiyasi hamda interpretatsiyasi bilan boshlanadi. oxirgisi o‘z holicha 
93
Boeree C. G. GeorgeKelly/Personality Theories. PsychologyDepartment Shippensburg University. 
1997. – Р.4-5 


264 
emas, balki faoliyat sub’ektiga bo‘lgan munosabatidagi reallik sifatida o‘rganiladi. 
Interpretatsiya tushunchasining o‘rniga, u “konstruktlash” so‘zini ishlatadi. Inson 
faktlar ma’noga ega bo‘lgan konstruktlar sistemasidan foydalangan holda reallikni 
konstruktlaydi (uni tushuntiradi, talqin qiladi). Allaqachon qurib bo‘lingan 
konstruktlar sistemasiga asoslanib, inson voqea va hodisalarni prognoz qilishga 
harakat qiladi. SHaxs psixikasining asosiy funksiyasi – kelajakni prognoz qilish 
hamda xulq-atvorni boshqarish maqsadida realikni tadqiq etishdir. Dj.Kelli 
nazariyasining asosiy postulati ham aynan shunda. 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish