- terrasalar
- yonbag‘irlardagi gorizontal yoki bir oz qiyalikka ega bo‘lgan
maydonchalar;
- yonbag‘irlar
- vodiy tubini ikki yondan chegaralab turuvchi va daryoga
qarab qiya joylashgan maydonlar;
- vodiy qoshi
- vodiy uzunligi bo‘yicha yonbag‘irlarning eng yuqori
nuqtalarini tutashtiruvchi chiziq.
Daryo vodiysining tuzilishi, shakli va o‘lchamlari daryoning suv rejimiga
katta ta’sir ko‘rsatadi.
10.1.3. Daryolarning ko‘ndalang va bo‘ylama qirqimlari
Quyida daryoning, aniqrog‘i daryo o‘zanining ko‘ndalang qirqimi, uning
elementlari, daryolarning bo‘ylama qirqimlari, ularning turlari haqida to‘xtalib
o‘tamiz.
Daryo o‘zani va uning ko‘ndalang qirqimi.
Daryo o‘zanining shakli
vodiyning tuzilishi, daryoning suvlilik darajasi, o‘zanni tashkil etgan jinslarning
geologik turiga bog‘liq holda daryo uzunligi bo‘yicha o‘zgaruvchan bo‘ladi. Daryo
o‘zanining shakli planda
Do'stlaringiz bilan baham: |