biogen moddalar
deb
ataladi.
Erigan gazlarga atmosfera tarkibida mavjud bo‘lgan kislorod (O
2
), azot (N
2
),
karbonat angidrid (CO
2
), metan (CH
4
), vodorod (H
2
) va boshqalar kiradi. Ular
orasida suvda erigan kislorod o‘ta muhim bo‘lib, u ko‘llar faunasi va florasi
rivojlanishini ta’minlaydi.
Uchinchi guruh, ya’ni organik moddalar esa kolloidlar
(parchalanish
mahsulotlari-aminokislotalar, kislotalar, spirtlar, uglevodlar) va
suspenziyalar
(tirik, o‘lik organizmlar, ularning qoldiqlari) ko‘rinishida bo‘ladi.
O‘rta Osiyoning ko‘pchilik ko‘llarida minerallashuv darajasi suv balansi
elementlarining o‘zgarishiga bog‘liq holda yil davomida o‘zgarib turadi. SHu bilan
birga, o‘lkamizning tog‘li hududidagi ko‘llarning ko‘pchiligi oqar ko‘llar bo‘lgani
uchun, ularda erigan tuzlar miqdori juda kichik bo‘ladi. Aksincha, tekislikdagi
ko‘llarda sarflanish asosan bug‘lanish hisobiga bo‘ladi va natijada ularda
minerallashuv darajasi yuqori bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |