Elektroenergetika
1.8-jadval.
Nomi:
|
2010
|
2011
|
2012
|
2013
|
Mahsulot hajmi mlrd.so’m
|
2795.4
|
3323.3
|
3954.5
|
4594.4
|
Maxsulot hajmining o’sish sur’ati, o’tgan yilga nisbatan foizda
|
102.7
|
101.1
|
103.0
|
101.3
|
Ro’yxatdagi xodimlarning o’rtacha soni, ming kishi,
|
45.5
|
46.5
|
46.5
|
47.5
|
o’tgan yilga nisbatan foizda
|
101.7
|
102.2
|
99.8
|
102.2
|
Asosiy turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish, jami mlrd. kVt.soat
|
52.0
|
52.8
|
53.0
|
54.6
|
O’tgan yilga nisbatan foizda
|
103.7
|
101.6
|
100.4
|
103.1
|
Shu jumladan ishlab chiqarilgan:
|
Issiqlik elektrostansiyalari tomonidan, mlrd.kVt.soat
|
43.8
|
47.1
|
46.3
|
48.9
|
O’tgan yilga nisbatan foizda
|
100.4
|
107.6
|
98.4
|
105.5
|
Gidro elektrostansiyalar, mlrd.kVt.soat
|
8.2
|
5.7
|
6.7
|
5.7
|
O’tgan yilga nisbatan foizda
|
126.4
|
69.6
|
116.7
|
85.7
|
Qaysi manbadan foydalanishga qarab elektr stansiyalar asosan ikki katta guruhga bo‘linadi– issiqlik va suv elektr stansiyalari. Issiqlik elektr stansiyalari (IES) ko‘proq ko‘mir, torf, yonuvchi slanets asosida ishlab chiqarish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq hisoblanadi. Yoqilg‘ining boshqa turlari, jumladan neft yoki tabiiy gazdan foydalanish uncha maqbul emas, sababi ular kimyo sanoti uchun muhim xom ashyo bazasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.[7.150-156.b.b.]
O’zbekistondagi quvvati 1000 MW dan katta bo’lga IESlar quyidagilar: Toshkent, Yangi Angren, Sirdaryo, Navoiy, Tallimarjon.Quvvat 1000MW dan kichik IESlar esa quyidagilar: Angren, Farg’ona, Muborak, Taxiatosh. Respublikada ko’pchilik IESlar eletr energiya bilan bir vaqtda issiqlik energiyasi ham ishlab chiqaradi. Bir vaqtda issiqlik energiyasi ham ishlab chiqaradigan elektr stansiyasi issiqlik eletr markazi (IEM) deb ataladi. Ularda elektr energiya ishlab chiqarish jarayonida hosil bo’lgan issiq suvdan issiqxonalarni , binolarni isitishda va boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlarida foydalaniladi. Ammo issiq suv 20 km dan olis masofada sovib qoladi. Shuning uchun IEMlar yirik korxonalar yaqinida va yirik shaharlardagina qurilgan. O’zbekistonda Farg’ona, Muborak, va Toshkeny IEM lari mavjud. So`nggi 20-25 yilda respublikada elektr energiyasini ishlab chiqarish turli sabablarga ko`ra birmuncha qisqargan. Taqqoslash uchun: 1990 yilda jami 56,3 mlrd kVt/s elektr energiya olingan, uning 11,8 foizi GESga to`g`ri kelgan. Tahlillar shuni ko`rsatadiki, bu davrdagi pasayish asosan IES hisobidan sodir bo`lgan. 1990 yilda SESda 66,5 mlrd kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqilgan bo`lsa, 2013 yilda bu ko`rsatkich 52,0 mlrd kVt/s-ni tashkil etgan. Ushbu sanoat tarmog`ining nisbatan tezroq rivojlanishi 1999-2000 yillarda qayd etiladi. Keyingi yillarda Toshkent viloyatida respublikaning yaqin 2/5 qism elektr energiyasi ishlab chiqarilgan; ikkinchi o`rinda Sirdaryo viloyati turadi. Navoiy va Qashqadaryo viloyatida ham ushbu ko`rsatkich sezilarli darajada; jami 4 ta viloyat O`zbekistonning 91,0 foiz elektr energiyasini ta’minlaydi. Yana 1990 yil bilan taqqoslamoqchi bo`lsak, bunda eng avvalo elektr energetika sanoati geografiyasining kengayganligini ko`rishimiz mumkin. Mustaqillikdan oldin Qashqadaryo viloyatida ushbu sanoat tarmog`i deyarli yo`q darajada edi. Elektr energiyasi ishlab chiqarishning qisqarish jarayoni barcha viloyatlarda ko`zga tashlanadi. Ko`rilayotgan davrda Toshkent viloyatining ko`rsatkichi 24,9 mlrd kVt/soatdan 17,8 ga, Sirdaryo viloyatida 8,6 dan 6,7 ga, Qoraqalpog`iston Respublikasida 3,4 dan 2,6 ga, Farg`ona viloyatida 2,0 mlrd kVt/soatdan 0,6 mlrd kVt/soatga tushib qolgan. Umumiy qisqarishni hatto Qashqadaryo viloyatida yangi barpo etilgan Tolimarjon IES ham qoplay olmagan. Demak, asosiy o`zgarishlar IES hisobidan bo`lib, ular ushbu tipdagi elektr stantsiyalarning belgilangan quvvatidan to`la foydalanmaslikka bog`liq.Elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmining qisqarishi esa turli sabablarga, jumladan, ishlab chiqarishda energiya sarfining pasaytirish, qo`ng`ir ko`mir qazib olinishining kamayishi kabilar oqibatida yuz bergan. Hozirgi vaqtda respublikamizning eng yirik IES Sirdaryo, Toshkent, Navoiy, YAngi Angren, Tolimarjon stantsiyalari hisoblanadi. Gidroelektrostansiyalar (GES) da energiya ishlab chiqarish tabiiy suv oqimiga asoslanadi. GESlarda ishlab chiqargan eletr energiyaning tannarxi arzon bo’ladi. Bunda ishlab chiqarilgan elektr energiya quvvati teng bo’lgan IESlardagidan 4 barobar arzon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |