O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi maktabgacha va boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi qarshi davlat universiteti tabiatshunoslik va uni o'qitish metodikasi fani bo'yicha m a ' ruzalarmatn I



Download 3,34 Mb.
bet63/99
Sana19.02.2022
Hajmi3,34 Mb.
#457282
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   99
Bog'liq
Tabiat. Metodika

Mashg'ulotdan maqsad: Talabalarning tabiatshunoslik to'g'risdagi bilimlarini kengaytirish, tabiiy fanlar rivojlanishiga hissa qo'shgan olimlar haqida ma'lumot berish va ularning qilgan ishlari to'g'risidagi tasawurlarini rivoj lantirish.
Kerakli jihozlar: Metodistlarning kitoblari va ular simosi tasvirlangan rangli plakatlar, videofilm.
Talaba bilishi kerak:
- metodistlarning hayoti va ijodi to’g’risidagi ma‘lumotlarni;
- Tabiatshunoslikni fan sifatida rivojlantirishga doir ma‘lumotlarni.
Talaba bajarishi kerak:
- mutaffakkir allomalarning faoliyatdagi darsliklarda kiritilgan fikir-mulohazalarini tahlil qilish.
Ishni bajarish tartibi:
- talabalar tabiatshunoslikni rivojlanishiga oid metodestlarning adabiyotlardan ma‘lumotlar yig’adilar;
- talabalar darsliklarga yangi ma’lumotlarni qo’shib о‘quvchilarga bilimlar berish;


Foydalaniladigan adabfyotlar:
1. Baratov P. Yer bilimi va o'lkashunoslik. Toshkent, 1990 y.
2. Bahromov A. va boshqalar. Tabiiyot. 5 sinf uchun darslik. Toshkent 1998 y.
3. Hamdamov I.H. Tabiat ilmining zamonaviy konsepsiyasi. Ma'ruza matni. Samarqand, 2000 y.
4. Mamatazimov M. Astronomiyadan o'qish kitobi. Toshkent, 1992 y.
5. Solopov Ye.F. Konsepsii sovremennogo yestestvoznaniY. Moskva, 1999 y.


3-mashg'ulot
3-mavzu: Chet el olimlarining tabiatshunoslikni o‘qitish fanining shakllanishi va rivojlanishiga qo‘shgan hissalari


Reja

    1. Tabiatshunoslik o’qitish metodikasining rivojlanish tarixi

    2. Kuzatishlar, tajribalar va ekskursiyalarga asoslanib tabiiyot o’qitish tizimiga A.Ya. Gerd ning qo`shgan hissasi

    3. M.N.Skatkin o’z tadqiqotlarida tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishdagi o`rni



Tabiatshunoslik o’qitish metodikasining rivojlanish tarixi. Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi tabiatshunoslikning o’quv fani sifatida rivojlanishi bilan bog’liq holda o’zining tarixiga ega. Birinchi metodist deb, F. Zuyevni (1754-1794) hisoblash mumkin, u xalq bilim yurtlarida tabiatshunoslik darslarini olib bordi, o’kituvchilar seminarida ma’ruzalar o’qidi. 1786 yili F. Zuyev “Tabiiyot tarixining ko’rgazmalari” nomli darslikni nashr qildi, unda tabiiyotni o’rganish izchilligi; qazilmalar dunyosi (jonsiz tabiat), o’simliklar dunyosi (botanika), hayvonlar dunyosi (zoologiya) ko’rsatilgan. Bu darslik o’quv predmeti sifatida tabiiyotga asos soldi. 

XIX asr o’rtalarida ilg’or pedagogik fikrlarni ifodalovchilardan biri K. D. Ushinskiy (1824-1870) bo’ldi. U kuzatish metodini tabiatni bilib olishda eng samarali metod sifatida ajratdi. K.D. Ushinskiy bolalarni tabiat bilan tanishtirishni o’z joyi, o’z o’lkasini o’rganish bilan boshlashni taklif qildi, bunda kitobni o’qish yoki o’qituvchi axborotidan olingan taassurotlarni bola kuzatishlari yordamida tekshira olsin. K.D. Ushinskiy ta‘kidladiki, o’z joyi tabiatini o’rganishning bosh metodlaridan biri kuzatishdir, chunki ular kuzatuvchanlikni vujudga keltirishga yordam beradi. “Bolalar dunyosi” kitobida bolalarni nutq rivojlanishining asosida yotuvchi oddiy mantiqiy ishlarga o’rgatish uchun tabiatni qanday kuzatish zarurligini ko’rsatib berdi. 
Kuzatishlar, tajribalar va ekskursiyalarga asoslanib tabiiyot o’qitish tizimini birinchi bo’lib A.Ya. Gerd (1841 - 1888) taklif qildi. U ta‘kidladiki, ko’rgazmali o’qitish bola idrokining aniq holatiga muvofiq bo’lishi kerak. Gerd shunday tizimni bunyodga keltirdiki, unda tabiiyotni o’rganish jonsiz tabiatdan boshlanadi, u boshlang’ich sinflarda jonsiz tabiat kursini o’qitish metodikasini ishlab chiqdi. U “Tabiiyot qisqa kursi” nomli darslik, shuningdek “Yer, havo, suv” nomli o’quv qo’llanma va ularni o’qitishga oid “Boshlang’ich maktabda predmetli darslar” nomli metodik qo’llanma (1883) yozdi. Bu kitob uzoq vaqtlargacha jonsiz tabiat kursi bo’yicha asosiy qo’llanma bo’lib keldi. 
1917 yildayoq A.Ya.Gerdning “Boshlang’ich maktab kursida alohida predmet sifatida tabiiyot” nomli kitobi nashr etildi, unda muallif tabiiyotni boshlang’ich maktabda maxsus fan sifatida o’qitish zarurligini isbot qildi. Masalani bunday qo’yilishi tabiiyot bo’yicha tezda yangi dastur tuzishni talab qildi. 1919 yili tabiiyot bo’yicha taxminiy dastur tuzildi va tasdiqlandi. Unda ekskursiya va amaliy ishlarga katta e‘tibor berildi. 
M.N.Skatkin o’z tadqiqotlarida tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari ishlar tashkil qilish metodikasi hamda tabiatni o’rganish bo’yicha mashg’ulotlarda bolalarning bilish faoliyatini faollashtirish masalalariga katta e‘tibor berdi. 
1959 yildan boshlab, har yili 1-4 sinf o’quvchilari uchun “Kuzatish kundaliklari” nashr qilingan, uning muallifi V.A.Valerianova o’quvchilarning ob-havoni, o’simlik va hayvonlar hayotidagi o’zgarishlarni, qishloq xo’jaligida odamning mehnat faoliyatini muntazam ravishda kuzatishlarini tashkil qilishda o’qituvchiga yordam berish vazifasini qo’yadi. 
Tabiiyot haqidagi bilimlarni o’rganishda mashhur metodist S.A.Pavlovich (1884-1976) katta hissa qo’shdi, uning ishlari boshlang’ich maktabda tabiiyot darslarini metodik jihatdan to’g’ri tashkil qilishga yordam berdi. Uning “Boshlang’ich maktabda tabiiyot o’qitish amaliyoti” (1939), “Jonsiz tabiat to’g’risidagi tushunchani qanday o’qitish kerak” (1948), “Tabiatshunoslik bo’yicha kitob. Tabiatning asoslari va metodikasi” (1969) nomli ishlari ancha mashhurdir. S.A.Pavlovichning tabiiyot va tabiatshunoslik darslarini o’quv qurollari bilan jihozlash to’g’risidagi kitoblari hozirgi vaqtda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. 

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish