Bozor konyunkturasi – ma’lum davrda shakllangan bozor holati (baho darajasi, talab hajmi, xaridorlarning mavjudligi va h.k.lar).
Bozor konyunkturasi – ayrim bozorlarda muayyan holatlarning mavjudligi. Bozor konyunkturasi muayyan davrdagi bozor holati, bozorda muvozanat(talab va taklifning bir-biriga nisbati)ning mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarakterlanadi. Shunga ko‘ra bozor konyunkturasi ijobiy yoki salbiy, qulay yoki noqulay bo‘lishi mumkin. Uning yechimi bo‘yicha tanqidiy fikrlarning berilishi ham ma’qullanadi.
Bozor konyunkturasi – bu aniq vaqt davomida bozorda yuzaga keladigan iqtisodiy vaziyat bo‘lib, u talab va taklif orasidagi nisbatni, narxlar darajasini, tovar zaxiralari va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tavsiflaydi.
Marketingda esa bozor konyunkturasi, deganda belgilangan vaqtda maqsadli bozorda vujudga keladigan iqtisodiy shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. Bozor konyunkturasini o‘rganish zarurati quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:
odatda, bozorning sig‘imi, segmentlanishi va talab qayishqoqligi o‘zgarib boradi, shu sababli ularning monitoringini amalga oshirish lozim;
bozordagi omillar kompleks ravishda ta’sir o‘tkazishi sababli ularni alohida o‘rganish tegishli samara bermaydi;
bozor to‘g‘risidagi ma’lumotlar odatda, retrospektiv xarakterga ega, shu sababli rejalashtirish uchun maxsus usullar talab qilinadi.
Bozorni har tomonlama o‘rganishda quyidagilarga asoslaniladi: Tovarni o‘rganish. Raqiblar tovarlariga qaraganda tovarning
sifatliligi, raqobatbardoshligi, yangiligi, hozirgi va bo‘lajak xaridorlar ehtiyojlarini qondira olish qobiliyati, xaridorlar talabi, uning mahalliy qonunchilik tartib va qoidalar talabiga to‘g‘ri kelishi, davlat hujjatlari asosida modifikatsiyalash va hokazo.
Xaridorlarni o‘rganish. Tovarning asosiy xaridorlari va uni ishlatish usullari, tovarning qaysi belgilari uni sotib olishga majbur qilmoqda va h.k.
152
Raqiblarni o‘rganish. Raqiblarning savdo belgilari, bozorda katta ulushga erishgan raqiblar tovarlarining muhim sifatlari, sotuvni rag‘batlantirish usullari, narx siyosati, tovar o‘ramasi, ITTKI, sotish usullari, foyda va zarar sabablari va h.k.lar o‘rganiladi.
Bozorning umumiy holatini o‘rganishda tovarlar va firmalar tarkibi, raqobat ustunligi, uning hajmi, geografik joylashuvi va h.k.larga etibor beriladi.
Bozorda kim yetakchilik qilishiga qarab bozorlar «sotuvchi bozori» va «xaridor bozori»ga bo‘linadi.
«Sotuvchi bozori» - talab taklifdan ko‘p bo‘lgan holatda kuzatiladi. Bunday bozorda sotuvchi hukmronlik qiladi, xaridorning esa faol ishtirokchi bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Bunday holatda «pul tovar orqasidan yuguradi». Sotuvchi bozori –bunday sharoitda albatta firma o‘z tovarini sotish uchun ko‘p kuch sarflamasligi, o‘z ishlab chiqarish hajmlarini o‘zgartirmasligi, mahsulot sifat ko‘rsatkichlariga, dizayniga e’tibor qaratmasligi mumkin. Taklifning talabdan orqada qolishi bozorda raqobatning sustligini ko‘rsatadi.
«Xaridor bozori» –bunday bozorda taklif talabdan ko‘p, shuning uchun xaridorlar (iste’molchilar) taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar orasidan xohlaganini tanlash imkoniyatiga ega. Bunday bozorda xaridorlar ustunlikka ega bo‘lib (xaridortovar narxiga, uning sifatiga, dizayni, foydaliligiga alohida talablar qo‘yadi), ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar bozorning eng faol ishtirokchilariga aylanadilar. Bunday holatda «tovar pul orqasidan yuguradi, ya’ni raqobatning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Bunday vaziyatda firma iste’molchilarni chuqur o‘rganishi, marketing vosita (instrument)laridan keng foydalanib bozorning ichki muhitini, tovarlar assortimentini, narx-navoni o‘rganib raqobat muhitida yangi tovarlar va xizmat turlarini ishlab chiqishlari, sotuvni rag‘batlantiruvchi choralar qo‘llanishi zarur.
Talab va taklifning miqdori va tarkibi jihatidan bir-biriga muvofiq kelishini «muvozanatli bozor» deb yuritiladi. Muvozanatli bozorni ta’minlashning asosiy yo‘llari quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarishni talab darajasiga yetkazish orqali bozorni to‘yintirish, yetarli darajada mahsulotlar zaxirasini barpo etish, xaridorgir mahsulotlar narxini oshirish va aksincha, talab uncha mavjud bo‘lmagan mahsulotlar narxini pasaytirish va boshqalar. Talab va taklifning har doim mos bo‘lishi, ya’ni bozor muvozanti holati bu real emas. Bozor muvozanati ro‘y berganda firma o‘z mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlarini ushlab turishi, mahsulotning raqobatbardoshligini o‘rganishi va shular asosida
153
o‘z strategiyasini ishlab chiqishi, muntazam ravishda innovatsion siyosat bilan shug‘ullanishi lozim.
Bozor konyunkturasi talab oshishi bilan xarakterlansa, u sotuvchi uchun qulay, chunki u tovarni qimmatga sotib, ortiqcha daromad ko‘radi. Agar bozorda taklif ortiqlik qiladigan bo‘lsa, konyunktura xaridor uchun qulay bo‘ladi, tovarni arzonga olib, bundan naf ko‘radi. Bozor konyunkturasi ayrim tovarlarga nisbatan ham sodir bo‘lishi mumkin. Bozor konyunkturasi ayrim tovar ishlab chiqarilishiga va sotib oluvchilarning xarid qobiliyatiga, narx-navoga, modaning o‘zgarishiga qarab har xil bo‘ladi.
Butun yig‘ilgan axborotlar uch qismga bo‘linadi. Birinchisiga konyunkturaning oldingi davrda tasvirlangan ma’lumotlari kirib, hozir ularning hech qanday aloqasi yo‘q. Ikkinchisi konyunkturaning hozirgi ahvolini bildiradi, ammo u istiqbolga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Uchinchisi konyunkturaning kelajakdagi o‘zgarishini aniqlaydi. Konyunkturaning tahlili bozorning ayrim tomonini ifodalovchi ko‘rsatkichlarigina emas, balki uning kompleks holatini tasvirlovchi barcha axborotlar va statistika ma’lumotlariga asoslanishi kerak.
Bozor konyunkturasini o‘rganish mazmuni va tartibi firma tomonidan ko‘zlangan maqsadga bog‘liq bo‘ladi va uch turga bo‘linadi: konyunktura axborotnomasi, konyunktura tahlili va konyunktura prognozi.
Konyunktura axborotnomasi – konyunkturaning tahliliy shakli hisoblanadi. Bu hujjat bozorning holatiga ta’sir etuvchi barcha omillar to‘g‘risidagi, ularning o‘zaro aloqalari hamda konyunkturaning umumiy o‘zgarishini ifodalovchi qonuniyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Konyunktura tahlili - konyunkturani mavjud holatga keltirgan omillarning tahlilini o‘z ichiga oladigan hujjat hisoblanadi. Amalda tahlil bozor konyunkturasinig maxsus izlanishlarini aks ettiradi va omillarning ta’sir doirasini aniqlashga xizmat qiladi.
Umuman istiqbolni aniqlash - ma’lum obyektning bo‘lajak holatini ilmiy asosda obrazini yaratish demakdir. Har qanday mamlakat ichki iqtisodiy holatini va ishlab chiqarish istiqbolini belgilashda jahon bozoridagi o‘zgarishlarni aniq tassavur qilish va baholay olish, uning progressiv tendensiyalariga mos ilmiy ishlab chiqarish omillarini ishga solish obyektiv zaruriyat hisoblanadi.
Bozor istiqbolini aniqlashda quyidagi talablar e’tiborga olinishi shart:
kelajakda bozor konyunkturasiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olishda ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish;
154
istiqbolni aniqlashning bir nechta usullaridan foydalanish zarur, ularning natijalari bir xil yoki yaqin bo‘lishi lozim;
ishlatilgan uslublarning ilmiy asosi yetarli bo‘lishi;
xulosalarning aniq va ravon tilda, ayniqsa, qaror qabul qiluvchilarga tushunarli ishlanganligi;
– bozor konyunkturasi istiqboli o‘z vaqtida aniqlanishi hamda korxona, assotsiatsiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda qo‘llanilishi.
Bozorni o‘rganish tovar turlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Agar har bir iste’mol tovarlari bo‘yicha tovarlarning sotilish vaqti, aholining tabaqalanishi o‘rganilsa, kundalik va ma’lum davrlarda foydalanadigan yoki iste’mol qilinadigan tovarlar turlariga qarab, shuningdek, shu tovarlarni saqlash bilan bog‘liq masalalarni hal etish asosiy vazifa hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari bozorida ularning sotilishi bilan bog‘liq barcha shart-sharoitlarni chuqur o‘rganish zaruriyati yotadi. Bu shartlar jumlasiga ishlab chiqarish vositalarning birdaniga ko‘p iste’mol qilinishi, xaridorning nisbatan kam bo‘lishi, asosan bir manzilga ko‘p tovar yetkazib berilishi, sotishda ulgurji shaklning ko‘p qo‘llanilishi, tovar yetkazib berishda transport aloqasi va turlarining ahamiyati kattaligi va boshqalar kiradi. Shartlarni to‘g‘ri baholash esa bozor sharoitini o‘rganishda qo‘llaniladigan uslublar turkumining mukam-maligiga bog‘liq.
Bozorni o‘rganish shu bozorda faoliyat yurgizish bilan bog‘liq shart-sharoitlarni o‘rganishni nazarda tutadi. Bu o‘rganish bozorning asosiy talablari: sifat, narx-navo va servis xizmati ko‘rsatish bo‘yicha imkoniyatlarni baholashni taqozo etadi. Bozor sharoiti bozorda tovar-pul munosabatlari va oldi-sotdi jarayoni holatidir, tovar-pul munosabatlari tovar turlari, ularning miqdori, raqobatchi korxonalarning bozordagi mavqeyi, ularning imkoniyatlari, tovarlar ayirboshlash yo‘llari kabi jarayonlarni chuqur o‘rganishni nazarda tutadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, muayyan bozorda iqtisodiy aloqalarning mavjudligi, ularning rivojlanish yo‘nalishlari hamda shunday aloqalar o‘rnatish uchun shart-sharoitlar yaratish tovar-pul munosabatlari negizini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |