O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi marketing



Download 2,79 Mb.
bet19/187
Sana23.03.2022
Hajmi2,79 Mb.
#506126
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   187
Bog'liq
Marketing maruza

2.2 - jadval




Marketing funksiyasi tarkibi













Ichki va tashqi muhit tahlili, xalqaro bozorlar tahlili, sotuv bozorlari,




kapital bozorlari, moddiy va mehnat resurslari bozorlari tahlili, sanoat




Marketing

tarmoqlari tahlili, sotuvlar tahlili, iste’molchilar talablarini o‘rganish,




tovar tarqatish kanallari tahlili, reklama faoliyatining tahlili, tovar va




tadqiqotlari

uning qadog‘i tahlili, axborot to‘plash va tahlil qilish, marketing







operatsiyalarini o‘rganish, marketing–miks kompleksi tadqiqoti,







raqobatchilarni o‘rganish, benchmarking, talab va sotuv hajmining







istiqbolini belgilash va h.k.







Mahsulot

Tovar siyosatini ishlab chiqish, ishlab chiqarishning mahsulotlar




assortimentini

assortimentini ishlab chiqarish va aniqlash, mahsulot sifati va uning




rejalashtirish

raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlarini kuchaytirish, yangi mahsulot




siyosati

ishlab chiqarish va boshqalar.










Tovarlarni sotish va taqsimlash siyosatini ishlab chiqish, samarali




Sotishva

sotuv kanallarini

tashkil etish, sotuv kanalarini tanlash, yuklarni




saqlash,

tashish,

transportirovka qilishni

tashkil qilish, savdo




taqsimlash




aylanmasi va budjetini aniqlash, sotuv hajmi va tovarlar oqimini tahlil













qilish.
















Reklama va sotuvni rag‘batlantirish siyosatini ishlab chiqish, sotuvni




Reklama va

rag‘batlantirish mexanizmlari samarasini asoslash, savdo agentlari




harakatlarini muvofiqlashtirish, tovar harakati jarayonida yangi




sotuvni

internet texnologiyalar va elektron savdo samarasini asoslash,




rag‘batlantirish

xaridorlar va iste’molchilar xaridini rag‘batlantirish, firmaning ichki







reklamasini tashkil qilish, sotish bilan shug‘ullanuvchi ishchi







xodimlarni rag‘batlantirish, omma bilan aloqalarni rivojlantirish.







Narx shakllanishining taktika va strategiyasini ishlab chiqish, tovar




Narx

hayotiylik

davrining turli bosqichlarida turli

bozorlar uchun narx




matritsasini ishlab chiqish, joriy narxlarning o‘zgarish mexanizmini




shakllantirish




ishlab chiqish, raqobatchilar narxi tahlili, yangi tovarlar narxini













belgilash va h.k.










Marketing-

Marketingni boshqarishni tashkil etish, kontrolling, marketing xizmati




tarkibiy qismini ishlab chiqish, marketing faoliyatidagi qarorlarni




menejment

optimallashtirish, audit-marketing, marketing xizmati faoliyatining







samarasini baholash.







Marketing faoliyati funksiyasi esa keng qamrovli bo‘lib, u quyidagi funksiya osti vazifalarini o‘z ichiga oladi.


43


  1. Tashqi muhit tahlili.




  1. Ishlab chiqarish dasturlarini muvofiqlashtirish va firmaning ishlab chiqarish salohiyatini tahlil qilish.

  2. Bozor va iste’molchilarni o‘rganish.




  1. Tovar siyosatini o‘rganish.




  1. Tovar harakati va sotuvni shakllantirish.




  1. Bozorda firma maqsadlari va strategiyasini asoslash.




  1. Marketing faoliyatini boshqarish.




  1. Marketing faoliyati vazifalari samarasini baholash.




  1. Firma mahsulotlari va xizmatlarini ekologik sof va ijtimoiy-etik normalarga mos kelishini ta’minlash.

Marketing faoliyati funksiyalarining keng qamrovligi va ulardan qaysi vaqtda foydalanish kerakligi juda ko‘p omillarga bog‘liq. Jumladan, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, ishchilar soni, asosiy fondlar tarkibi, tashkiliy boshqaruv strukturasining takomillashganligi, moliyaviy ta’minlanganlik va hokazo. Amaliyotda marketing faoliyati-ning funksiyalari ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib, firmaning konkret davr ichidagi texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlariga qarab u yoki bu vazifani bajarish maqsad qilib qo‘yiladi. Korxona marketing xizmatida ko‘proq quyidagi funksiyalar bajariladi: 1-marketingni tashkil qilinganlik darajasini baholash; 2-marketingni rejalashtirish; 3-marketingni tashkil qilish; 4- sotuv; 5- reklama; 6-yangi tovarni ishlab chiqish.


Hozirgi sharoitda marketing funksiyasi tobora kengayib, uning integrallashgan, ya’ni firmaning barcha bo‘limlari bilan muvofiqlashgan funksiyasi shakllanmoqda. Buning tub ma’nosi shundan iboratki, firmadagi barcha funksiyalar asosiy maqsadga erishish uchun yo‘naltirilgan va bir — biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi kerak. Marketingning integrallashgan funksiyasi firma barcha bo‘limlari funksiyalari bilan muvofiqlashgan va firmaning samaradorligini ta’minlashga yo‘naltirilgandir.




2.3. Bozor faoliyati strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish bo‘yicha marketingning vazifalari

Firmaning maqsadiga mos ravishda turli marketing konsepsiyalari ishlab chiqiladi. Istiqboldagi rivojlanish strategiyasi belgilanadi. Korxo-naning tashkiliy strukturasi mukammallashtiriladi. Tovarni samarali sotish kanallari aniqlanadi va tanlanadi. Korxonaning atrof-muhit bilan


44
bog‘liq bo‘lgan vazifalariga quyidagilar kiradi: ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotlari bilan iste’molchiga zarar yetkazmasligi, atrof-muhitni ifloslantirmasligi, ekologik sharoitga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi shart.


Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalar bilan birga marketing axborot bazasini shakllantirish, ulardan to‘g‘ri foydalanish va maqsadga erishish muhim hisoblanadi.


Shunday qilib, marketingning bosh vazifasi firmaning potensial imkoniyatlarini miqdoriy jihatdan to‘g‘ri baholab bozordagi talabga taklifni moslashtirishga harakat qilishdir. Bozor faoliyati strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish bo‘yicha marketingning uchta o‘zaro bog‘liq vazifalari mavjud (1986-y. Meffert tomonidan tavsiya qilingan):



  1. Bozor bilan bog‘liq bo‘lgan talabni tartibga solish vazifalari.




  1. Firma va korxona faoliyatiga bog‘liq vazifa.




  1. Tashqi muhit va ijtimoiy tashkilotlar bilan bog‘liq vazifalari. Marketing vazifalari ma’lum ketma-ketlikda firmaning maqsadlari-

ga muvofiq ravishda shakllanadi.
2.3 - jadval



Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish