MS DOS OPERASION TIZIMI
Mustaqil ravishda ham, WINDOWS operasion tizimi tarkibida ham
qо‘llaniladi.
MS DOS ning asosiy tarkibiy qismlari:
• Kiritish-chiqarish bazaviy tazini (BIOS — Basic Input Output System);
• Operasion tizimning yuklovchisi (boshlang‘ich yuklash dasturi Boot Record);
• Kengaytma bloki BIOS (IBMBIO. COM fayli yoki unga о‘xshashlar);
• DOS bazaviy bloki (IBMDOS. COM fayli yoki unga о‘xshashlar), uni kо‘pincha
uzulishlarni qayta ishlash bloki deb ataladi;
• Tо‘g‘rilangan ichki makrobuyruqlarni о‘z ichiga olgan buyruqli processor
(COMMAND. COM dasturi) (servis va xizmat kо‘rsatish
qims dasturlari, fayllarga xizmat kо‘rsatiladigan kо‘p qims dasturlar);
• Tizim konfiguraciyasi fayli (CONFIG. SYS buyruqlar tо‘plani);
• Jarayonlarni avtoyuklash fayli (AUTOEXEC. BAT buyruqlar tо‘plani).
146
MS DOS bilan birgalikda DOS ga rasniy kirmaydigan, tizimning resurslari bilan
ishlashni engillashtiradigan Tashqi makrobuyruqlar va servisli utilitalar va Tashqi
qurilmalarning drayverlarini yuklaydigan fayl ham etkazib beriladi.
OT dasturlarining bir qismi mashinaning doimiy xotirasida, qolgan qismi esa
(kо‘prog‘i) magnit diskda saqlanadi.
Masalan, BIOS DEQQda tizimli platada, OT ning qolgan komponentlari esa
disklarning birida (qattiq yoki egiluvchan) joylashadi; shu bilan birga Boot Record
diskning eng boshida joylashadi. OT ning komponentalarini о‘z ichiga olgan diskni
tizimli disk deyiladi.
Kiritish-chiqarish bazaviy tizimi (BIOS).
BIOS, qatiy aytganda, OT ning emas,
balki SHK ning komponenti hisoblanadi, negaki SHK da ishlatiladigan OT
almashganda о‘zgarmaydi (DEKDda joylashganligi uchun).
BIOS ushbu vazifalarni bajaradi:
• mashinani iniciallashtirish, ya’ni mashina tok manbasiga ulanganda, uning
barcha elementlarini boshlang‘ich holatga keltirish;
• testlash, ya’ni mashinada butlikni hamda texnikaviyura va dasturli resurslarning
ishga layoketliligini tekshirish (processor, xotira, drayverlar va b. );
• operasion tizimni iniciallashtirish, ya’ni tizimli diskdan OT ning yuklovchisini
о‘qish;
• xizmat kо‘rsatish jarayonlarini va tashqi qurilmalar bilan amallarni bajaruvchi quyi
darajali dasturli va texnikaviyli uzulishlarni qayta ishlash;
• SHK ning standart kiritish-chiqarish qurilmalarini boshqarish. SHK ning tashqi
qurilmalarini boshqarish drayverlar deb ataluvchi maxsus dasturlar yordamida
amalga oshiriladi.
Drayverlar.
Drayverlar DOS dasturlarini va foydalanuvchi dasturlarini, kiritish-
chiqarish amallarini batafsil va tо‘la dasturlashdan xalos qiladi.
Drayver quyidagi vazifalarni bajaradi:
• tashqi qurilmalarga murojaat qilish sо‘rovlarini qabul qiladi;
• sо‘rovlarni tashqi qurilmani boshqarish buyruqlariga, bu qurilmaning hamma ish
xususiyatlarini va tuzulish detallarini hisobga olgan xolda, о‘zgartiradi;
147
• xizmat kо‘rsatilayotgan tashqi qurilmadagi uzulishlarni qayta ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |