Xotirani boshqarish
- OS tarkibidagi maxsus dasturlar yordamida bajariladi.
Xotira ishchi dastur bilan yuklanganda sistema uchun qabul qilingan hajmdagi xotira
140
ajratiladi yoki bо‘lmasa topshiriqlar tilida kо‘rsatilgandek joy ajratiladi. Shuni aytish
kerakki OS asosini tashkil qiluvchi dasturlar xotirada doim saqlanib turadi uning
uchun xotirada maxsus joy ajratilgan va boshqa dasturlar yordamida bu joyga kirish
OS himoya dasturi yordamida himoyalangan.
Dasturiy resurslar
bevosita OS ishini ta’minlaydigan va foydalanuvchi
ishlatadigan( yordamchi) dasturlar majmuasidan iborat bо‘ladi. Yordamchi dasturlar
xajmi foydalanuvchi ehtiyojiga qarab aniqlanadi. Bu holda yordamchi dasturlar
qancha kо‘p bо‘lsa shuncha yaxshi deyish notug‘ri, chunki dastur qancha kо‘p
bо‘lsa ularni saqlash, qidirish va ishga tushirish shunchalik murakkab bо‘ladi. Shu
sababli aktiv holatda zaruriy dastur resurslarini saqlab zarur bо‘lmagan resurslarni
esa arxiv holatda saqlash va kerak bо‘lgan holda ularni tiklash tafsiya qilinadi.
Nazorat va boshqaruv.
OS tarkibida jarayonni boshqarish bilan birga uni
nazorat qiluvchi dastur mavjud bо‘ladi. Bu dastur prosessorga topshirilgan vazifani
qay darajada bajarayotganligi va tо‘liqligini taxlil qiladi. Har bir boshqaruv
bajarilgandan sо‘ng holat kodi nazorat dasturiga qaytariladi va dastur uni taxlil qilib
berilgan topshiriq qay darajada bajarilganligi haqida xulosa qiladi va ma’lumot
boshqaruv dasturiga uzatiladi.
Bog‘lanish.
OS tarkibiga kirgan barcha dasturlar bir biri bilan chambarchas
bog‘langan. Bu bog‘lanishlar tashqi va ichki bо‘ladi. Tashqi bog‘lanish bevosita OS
boshqarish dasturi bilan bog‘lansa, ichki bog‘lanish real bajarilayotgan dasturlarning
ishini ta’minlash uchun yordamchi dastur bо‘ladi.
Bundan tashqari hodisa bog‘lanishi hodisalar ketma-ketligi bilan aniqlanadi. YA’ni
bu holda har bir hodisa bajarilish sharti taxlil qilinadi va biron-bir hodisa bajarilishi
uchun albatta ma’lum hodisa bajarilishi talab qilinadi.
OS da yuqorida qayd etilgan dasturlardan tashqari yana quyidagi yordamchi
dasturlar mavjud. Bu dasturlar quyidagilarni bajaradi:
- qurilmalarning parallel ishlashini ta’minlash;
- dasturlarga parallel xizmat qilish;
- umumiy jarayonni aniqlash va boshqarish;
- sinxron jarayonga xizmat;
141
- kritik resurslarni aniqlash;
- lokal va umumiy berilganlarni aniqlash va boshqarish;
- va h.k.z.
EHM da har qanday masalani echish, bir tomondan, bajarilishi kerak bо‘lgan
hamma amallarning ketma-ketligini belgilaydigan dasturlarni (dasturli vositalar —
software), ikkinchi tomondan esa, bu amallarni amalga oshirish uchun jalb
qilinadigan aniq bir texnikaviyura vositalarini (processor, xotira, displey, printer,
klaviatura va b. — hardware) talab etadi.
EHM texnikaviy vositalarini boshqarishning kо‘plab jarayonlari ma’lum
darajada standart hisoblanadi va aslini olganda, dasturli vositalarga bog‘liq emas.
Operaciey tizimning (OT) asosiy vazifasi ayni shu kuо‘satilgan standart,
kо‘pincha esa juda etarlicha oddiy jarayonlarni bajarishni avtomatlashtirishdir.
Hisoblash tizimining turli tarkibiy qismlari orasidagi о‘zaro aloqani 16-
rasmda kо‘rsatilganidek tasvirlash mumkin.
Foydalanuvchi nuqtai nazaridan, OT qulay foydalanuvchi interfeysini (EHM
ishini boshqarish uchun buyruqli til va foydalanuvchini zerikarli amallarni
bajarishdan ozod qiluvchi servis xizmatlari tо‘plani), dasturli muxitni, о‘ziga xos
"peyzaj" ni (manzarani) shakllantiradi, ularning asosida foydalanuvchining amaliy
dasturlari ishlab chiqiladi va ijro etiladi.
Texnik nuqtai nazardan OT bu EHM resurslarini va bu resurslarni ishlatuvchi
axborotni qayta ishlash jarayonlarini boshqarishni ta’minlaydigan dasturlar
tо‘pshamidir.
Resursni
boshqarish
resurslarga
murojaat
qilishni
soddalashtirish
jarayonlariga, raqobatlashuvchi jarayonlar orasida resurslarni dinamik taqsimlashga
olib kelinadi. Shuni hisobga olish kerakki, hisoblash tizimining istalgan obyekti
(texnikaviyli yoki dasturli) resurs hisoblanib, ular hisoblash jarayonlarida ishlatilishi
mumkin va mos ravishda, ular о‘rtasida taqsimlanishi mumkin.
Ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarini boshqarish SHKning samarali ish
rejimlarini tashkil etish va amalga oshirishdan iborat bо‘lib, bu rejimlar
quyidagilardir:
142
• bitta foydalanuvchi rejimi va alohida terminallar orqali SHK bilan bir vaqtning
о‘zida bir nechta foydalanuvchining birgalikda ishlashini ta’minlaydigan Kо‘p
foydalanuvchili rejim;
• bitta dasturli (bitta masalali) va kо‘p dasturli (kо‘p masalali) ish rejimi; kо‘p
dasturli ishlash rejimi, SHK ning resurslariga murojaat qilish rejimiga bog‘liq
ravishda, о‘z navbatida quyidagilarga bо‘linadi:
a) paketli qayta ishlash rejimi (foydalanuvchini bevosita murojaat qilishisiz, bir
vaqtning о‘zida echilishi kerak bо‘lgan hamma dasturlar blokini (paketini) oldindan
yig‘ish va shakllantirish bilan);
b) vaqtni bо‘lish rejimi (foydalanuvchilar о‘rtasida har bir oldindan qayd qilingan
mashina vaqti intervalini bо‘lish bilan yoki boshqa xizmat kо‘rsatish intizomiga mos
ravishda bо‘lish bilan bir nechta foydalanuvchilarning bir vaqtning о‘zida muloqatli
(interaktiv) murojaat qilishi);
v) haqiqiy vaqt rejimi (foydalanuvchining yoki tashqi terminalning har bir
murojaatiga kafolatli xizmat kо‘rsatish vaqti bilan);
• virtual mashinalarni shakllantirish rejimi (har bir foydalanuvchiga asosiy
SHKdoirasida kamroq unumli gо‘yoki alohida mashina, balki о‘zining operasion
tizimi bilan, ajratiladi);
• bitta processorli, kо‘p processorli, kо‘p mashinali, shu jumladan tarmoqli hisoblash
tizimlarida ishlash.
SHK OT ning xarakterli xususiyati shundaki, ular "dо‘stona" foydalanuvchi
interfeysini — foydalanuvchining SHK bilan о‘zaro ishini ta’minlaydi.
OT ning "dо‘stonaligi" quyidagini bildiradi, u foydalanuvchiga amaliy
dasturlarni bajarish jarayonida kerakli servisni ta’minlaydi va dasturlovchiga
dasturlarni ishlab chiqish va sozlash uchun hamda ma’lumotlarni saqlash,
о‘zgartirish, aks ettirish va nusxalash uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlaydi.
SHK lar uchun quyidagi OT turlari keng tarqalgan:
• MS DOS - IBM PC AT va XT SHK lari uchun;
• OS/2 - IBM PS/2 va 80386 va undan yuqori MP li PC AT SHKlari uchun;
143
• UNIX — 32 razryadli IBM PS/2 va 80386 va undan yuqori MP li IBM PC AT
SHK lari uchun;
• WINDOWS 95 — 32 razryadli, 80386 va undan yuqori MP li IBM PC AT SHK
lari uchun;
• WINDOWS NT — 32 razryadli, 80486 va undan yuqori MP li IBM PC AT SHK
lari uchun.
MS DOS va WINDOWS 95 operasion tizimlari tо‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar
keyingi bobda beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |