122
Tizimli dasturiy ta’minot (system software) –
kompyuterning va
kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.
Tizimli dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan - asosiy (bazaviy) dasturiy
ta’minot va yordamchi (xizmat kо‘rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat. Asosiy
dasturiy ta’minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat kо‘rsatuvchi
dasturiy ta’minot alohida, qо‘shimcha tarzda olinishi mumkin.
Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik.
Barcha
dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bо‘yicha tasniflash mumkin:
–
tizimli dasturiy ta’minot;
–
amaliy dasturiy ta’minot;
–
dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.
Shunday qilib, tizimli dasturiy ta’minotni sxematik ravishda quyidagicha
tasvirlash mumkin.
123
Operasion tizim (OT). Kompyuter bilan ishga tushuvchi ushbu dastur
kompyuterni va uning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi о‘rinlar va hokazo)
boshqaradi, foydalanuvchi
bilan muloqotni tashkil etadi, bajarish uchun boshqa
dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi.
OT foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyuter qurilmalari bilan
qulay muloqotni (interfeysni) ta’minlaydi.
Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish bilan
bog‘liq yo’nalish tez sur’atlar bilan rivojlanmokda.
Bunday uskunaviy vositalar
dasturlar yaratish va sozlash uchun quvvatli va qulay vositalarni tashkil etadi. Ularga
dasturlar yaratish vositalari va Case-texnologiyalar kiradi.
Dasturlar yaratish vositalari. Ushbu vositalar
dasturlar yaratishda ayrim
ishlarniavtomatik ravishda bajarishni ta’minlovchi dasturiy tizimlarni о‘z ichiga
oladi.
Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasining uskunaviy
vositalarini yaratish
bilan bog‘liq yo’nalish tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bunday uskunaviy
vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun quvvatli va qulay vositalarni tashkil
etadi. Ularga dasturlar yaratish vositalari va Case-texnologiyalar kiradi.
Dasturlar yaratish vositalari. Ushbu vositalar dasturlar yaratishda ayrim
ishlarni avtomatik ravishda bajarishni ta’minlovchi dasturiy tizimlarni о‘z ichiga
oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
— kompilyator va interpretatorlar;
— dasturlar
kutubxonasi;
— turli yordamchi dasturlar.
Kompilyator dasturlash tilidagi dasturni mashina kodidagi dasturga aylantirib
beradi. Interpretator yuqori darajadagi dasturlash tilida yozilgan dasturning bevosita
bajarilishini xam ta’minlaydi.
Dasturlar kutubxonasi oldindan tayyorlangan dasturlar tо‘plamidan iborat.
Dasturlar yaratish vositalariga Mikroassembler, C, C++, Delphi, Visual Basic va
boshqalar kiradi.
124
CASE-texnologiyasi informatikaning hozirgi paytda eng tezkor rivojlanayotgan
sohalaridan biridir.
CASE — Compyuter Aided Sistem Engineering — axborotlar tizimini
avtomatlashtirilgan usulda loyihalash degani bо‘lib, CASE-texnologiyasi turli
mutaxassislar,
jumladan, tizimli tahlilchilar, loyihachilar va dasturchilar ishtirok
etadigan kо‘pchilikning qatnashishi talab etiladigan axborot
tizimlarini yaratishda
qо‘llaniladi.
Case-texnologiyalari vositalari nisbatan yangi, 80- yillar oxirida shakllangan
yo’nalishdir. Ulardan keng kо‘lamda foydalanish
qimmatligi tufayli
chegaralangandir.
Case-texnologiyasi — murakkab dasturiy tizimlarni tahlil etish, loyixalash, ishlab
chiqarish va kuzatib turish texnologik jarayonini avtomatlashtiruvchi dasturiy
ta’minotdir. Case-texnologiyasining asosiy yutug‘i - kompyuterlarning mahalliy
tarmog‘ida ishlayotgan mutaxassislarni birgalikda, hamkorlikda loyiha ustida
ishlashini tashkil eta olishi, loyihaning ixtiyoriy fragmentini eksport-import qila
olishligi va loyihani tashkiliy boshqara bilishligidadir.