90
etadi, qiymatlarni processor—xotira bo`yicha maksimal uzatish tezligi 528 Mbayt/s
(!) (haqiqatda processor—kesh xotira bo`yicha uzatish tezligiga teng). SD RAM
xotirasi SHK ning unumdorligini umumiy 25 % ko`paytiradi va ayniqsa jonli
videografikalarni ko`rib chiqishda va uch o`lchamli grafika bilan ishlashda qulaydir.
Aslida ta’kidlash kerakki, oxirgi raqam SHK kesh-xotirasiz ishlashga xosdir
— kuchli kesh bor bo`lganda unumdorlikdagi yutuq bir necha foizlarni tashkiletishi
mumkin.
Xotiraning bu turlarini umumiy qo`llashni Intel 430 TX, VIA Apollo 580 va
ularga o`xshash bosh platadagi mikrosxemalar to`plani amalga oshiradi (ba’zida
jargonda ularni Triton 3 deb atashadi).
Doimiy eslab qolish qurilmasi
(DEQQ) ham bosh platada o`rnatilgan
modullar (kassetalar) asosida quriladi va ushbu o`zgarmaydigan axborotlarni
saqlash uchun ishlatiladi: operatsion
tizimning yuklovchi dasturlari, kompyuter
qurilmalarining testlash dasturlari va kiritish-chiqarish bazaviy tizimining (BIOS)
bazi drayverlari va b. DEQQ dan faqat ma’lumotlarni o`qish mumkin, DEQQ ga
ma’lumotni yozish EHM dan tashqarida laboratoriya sharoitlarida bajariladi. DEQQ
ning
modullari va kassetalari, odatda, bir necha yuz kilobaytdan ortmaydigan
sig’imga ega. DEQQ,
energiyaga bog’lik,
bo`lmagan eslab qolish qurilmasidir.
Izox,
keyingi
yillarda
ba’zi
SHK
larda
yarim
doimiy,
qayta
dasturlanadigan
eslab qoluvchi qurilmalar Flash-xotira ishlatila boshlandi.
Flash-xotiraning
modullari yoki kartalari tug’ridan to`g’ri bosh plata raz’yomlariga
o`rnatilishi mumkin va quyidagi parametrlarga ega: sig’im 32 Kbaytdan 15
Mbaytgacha; o`qish bo`yicha murojaat qilish vaqti 0, 06 mks; bir baytni yozish vaqti
taxminan 10 mks; Flash-xotira energiyaga bog’liq bo`lmagan
eslab qolish
qurilmasidir.
Ma’lumotni qayta yozish uchun Flash-xotiraning maxsus kirishiga dasturlash
kuchlanishini berish kerak (12 V), bu ma’lumotning tasodifiy o`chib ketish
imkoniyatining oldini oladi. Flash-xotirani qayta dasturlashni
bevosita disketadan
yoki SHK klaviaturasidan maxsus nazoratchi bor bo`lganda yoki SHK ga ulanadigan
tashqi dasturlagich orqali bajarish mumkin.
91
Flash-xotira juda tez harakat qiladigan, ixcham, alternativ MDY eslab qolish
qurilmalarini — «qattiq jismli disklarni» yaratish uchun ham,
BIOS dasturlarini
saqlaydigan DEQQ, ni almashtirish uchun ham juda qulay bo`lib, u SHK ni
modernizaciya qilishda bu dasturlarni «to`g’ridan to`g’ri disketadan» yangilash va
yangiroq versiyalarga almashtirish imkonini beradi.
Tuzulish jihatdan
asosiy xotira har biri 1 bayt sig’imga egabo`lgan millionlab
alohida xotira yacheykalaridan tashkil topadi. SHK lar asosiy xotirasining umumiy
sig’imi 1 Mbaytdan 128 Mbayt oraliqda bo`ladi. TEQQ, sig’imi DEQQ, sig’imidan
bir-ikki tartib yuqoridir: DEQQ, 64, 128, (kamroq 256) Kbaytni band etadi, qolgan
sig’im — bu TEQQ, dir.
Do'stlaringiz bilan baham: