8008 rusumli mikroprotsessor 1972 yili Intel kompaniyasi o‘zining navbatdagi mikroprotsessorini ishlab
chiqardi. Ushbu mikroprotsessorning quvvati o‘tmishdoshining quvvatidan ikki
hissa ortiq eti. Hisoblash texnologiyalarining jonbozi Don Lankaster (Don
Lancaster) shaxsiy kompyuter prototipini ishlab chiqishda kiritish-chiqarish
terminali sifatida 8008 rusumli protsessorni qo‘lladi.
8080 rusumli mikroprotsessor 1974 yili chiqarilgan 8080 rusumli mikroprotsessor korporatsiyaga chinakam
muvaffaqiyat keltirdi. Tashqi xotira “
stek ”ining (rus. “stek”) paydo bo‘lishi ayni
shu mikroprotsessor bilan bog‘liq bo‘lib, kiritilgan har qanday dasturdan
foydalanish imkonini yaratdi. Ushbu protsessor “Altair” rusumli birinchi shaxsiy
kompyuterning “miya”si sifatida qo‘llandi.