4-Modul bo’yicha amaliy mashg’ulot topshiriqlari
Guruh roʻyxatidagi raqamingizni 6 ga boʻlgandagi qoldiq Sizning variant
raqamingizni bildiradi, agar qoldiq nol boʻlsa u holda variantingiz 6
boʻladi.
Variantingizda koʻrsatilgan topshiriq boʻyicha Windows Forms ilova
dasturini yarating. Ilova dasturingizni yaratish
jaryonidan videotavsif
tayyorlang (oldindan yozib qoʻyilgan dasturdan emas), ya’ni har bir
jarayon boshidan qadamma qadam videoga olinsin. Albatta oʻz ovozingiz
hamda kameradagi tasviringiz bilan!
1-variant.
3 ta formaning har biriga 1 tadan Timer,
panel va Label
komponentasini joylashtiring. Labellarda sekundiga teskari sanoqni ishga
tushiring (sanoq 5 dan boshlansin). Har bir sanoq oʻzgarishida panelning
fon rangi 5 xil ranga o’zgarib tursin. Sanoq tugaganida 1-formadan 2-
formaga, 2-formadan 3-formaga, 3-formada 1-formaga o’tsin. Har bir
formaning sarlavha (sistemali menyu joylashgan) satrida panelning joriy
fon rangi nomi aks etib borsin.
2-variant.
Formaga WebBrowser, ToolStripComboBox,
ListBox
komponentalarini joylashtiring. Listbox formaning oʻng tomonini
egallasin,
qolgan
qismiga
webBrowser
joylashsin.
ToolStripComboBoxda kiritilgan URL manzili boʻyicha web-sahifa
WebBrowserda yuklansin. Har bir yuklangan
Web-sahifa manzili
listBoxda saqlanib borsin. LisBoxda hosil boʻlgan roʻyxatdagi manzil
tanlanganida shu manzilga mos sahifa yana webBrowserda yuklanishini
ta’minlang. Roʻyxatdagi manzillar takrorlanmasin. WebBrowserda qaysi
sahifa yuklangan boʻlsa, uning manzili ToolStripComboBoxda aks etib
borsin.
3-variant.
Formaga tabControl konteynerini joylashtiring.
tabPage1 da
𝑎𝑥
2
+ 𝑏𝑥 + 𝑐 = 0
koʻrinishdagi tenglama yechimini;
tabPage2
da
𝑎𝑥
3
+ 𝑏𝑥
2
+ 𝑐𝑥 + 𝑑 = 0
koʻrinishidagi
tenglama
yechimini olish imkoni boʻlsin. Bunda a, b, c, d
larning
qiymatlari
foydalanuvchi tomonidan kiritilsin.
Har bir tenglamaning yechimini aniqlashda istisno holatlari ham hisobga
olinsin. Yechimlarni faylga saqlash tugmalarini ham joylashtiring. Ya’ni
har bir tabPageda “Save” tugmasini oʻrnating. Bunda faylga, a, b, c, d
larning qiymatlari ham saqlanishi lozim. Yangi tenglama yechimi
saqlanayotganida fayldagi oldingi yechimlar ham saqlanib qolsin.
4-variant
. Formaga tabControl konteynerini oʻrnating,
uning ikkinchi
sahifasida ikkita foydalanuvchi bir-biri bilan oʻynay oladigan. 3 x 3 (3 ta
satr, 3 ta ustunli) shakldagi, uchinchi sahifasida 4 x 4 shakldagi, toʻrtinchi
sahifasida esa 5 x 5 shakldagi Tic Tac Toe (x va o) oʻyinini joylashtiring.
Birinchi sahifasida esa ikkala oʻyinchining ismi va familiyasini kiritish
imkoni boʻlsin. Bu ism familiyalar har bir shakldagi oʻyinlarda aks etishi
va ularda hisob statistikasi olib borilishi lozim.
5-variant.
Formaga timer, Label, numericUpDown va 2 ta Button
joylashtiring. Button komponentalari timerni ishga tushirish va toʻxtatish
uchun qoʻllanilsin. Labelda kun, soat, daqiqa va soniyani aks ettiruvchi
yozuv hosil qiling (d:h:m:s).
Start 0:0:0:0 dan boshlanishi lozim.
NumericUpDownda esa timer
intervalini berish mumkin boʻlsin (10 dan 1000 gacha oraliqda, dastlabki
holat 1000 dan boshlansin).
Bunda shrift oʻlchami kattaroq va “chiroyli” dizaynda boʻlishiga e’tibor
qarating. Dasturingiz bajarilishi jarayonida har soatda forma fon rangi
oʻzgarib tursin.
6-variant
. Birinchi formada 2 ta textBoxda foydalanuvchi ismi va
familiyasi kiritilib, Button bosilganida bu ism familiya ikkinchi formaga
uzatilsin va ikkinchi formadagi Labelda chiqarilsin, 2-formada joylashgan
MaskedTextBoxda foydalanuvchi tugʻilgan sanasi kiritilib undagi Button
bosilganida bu sana Labeldagi yozuv bilan birga 3-formaga
uzatilsin,
“Jomurodov Dustmurod, tugʻilgan sanasi: 28.10.1977” kabi koʻrinishda.
Uchinchi formada joylashgan pictureBoxda foydalanuvchi rasmi
yuklanib, uning tagida joylashgan Button bosilganida,
bu tugma pastga
surilib, oʻrnida richTextBox paydo boʻlsin hamda unda 2-formadan
uzatilgan matn joylashsin. Button yana bosilganida 2- va 3-forma yopilib,
1-forma dastlabki holatda paydo boʻlsin.