4004 rusumli mikroprotsessor 1971 yili Intel korporatsiyasining birinchi mikroprotsessori yaratildi. 4004
rusumli ushbu mikroprotsessor to‘rt bitli bo‘lgan, ya’ni u to‘rt bitli sonlarni saqlay
olgan, ularga ishlov bergan, xotira qurilmasiga saqlagan yoki undan hisoblab
chiqargan bo‘lib, kalkulyatorlarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. 4004 rusumli chip
(yoki kristall) o‘sha davrda dunyoda eng zo‘r kompyuter sanalgan Amerika
hukumatining ENIAC rusumli kompyuteridan ham kuchli vosita sifatida e’tirof
etildi. Jumladan, ushbu kompyuter soniyada 5000 yo‘riq bajargan bo‘lsa, 4004 esa
60000 yo‘riqqa ishlov bergan. Ayni paytda chip barmoq uchida joylashgan bo‘lsa
(uning o‘lchami 1/6 ga 1/8 dyuym bo‘lgan), ENIAC 3000 kvadrat fut maydonni
egallab, vazni 30 tonnadan ortiq bo‘lgan. Xoffning ushbu ixtirosi o‘z vaqtida
Noysning integral sxemasi kabi katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Protsessorga
o‘shanda “chip ustidagi kompyuter” nomini oldi. Negaki endi, zikr etilgan
kompyuter tomonidan amalga oshirilgan jamiki arifmetik va mantiqiy vazifalar
62
mixning qalpog‘idek keladigan chip ichidan joy olgan edi. Darhaqiqat, 4004
umuman sun’iy intellekt tizimlarini, xususan shaxsiy kompyuter yaratilishi uchun
yo‘l ochib bergan inqilobiy ixtiro bo‘lgan edi.