II BOB.
MIKROPROTSESSORLAR
Ushbu bobda yarim o‘tkazgichli mikroelektronikaning fizik asoslari,
mikroprosessor turlari, mikroprosessorlarning ishlash va faoliyat ko‘rsatish
imkoniyatlari, mikroprosessorning tuzilishi, xotira va uning ishlash imkoniyatlari,
registrlar va ularning turlari haqidagi asosiy tushinchalar haqida tanishtiriladi.
7-§.
Yarim o‘tkazgichli mikroelektronikaning fizik asoslari
Radioelektron qurilmalar juda ko’p sondagi elektron asboblardan tashkil
topadi. Fan va texnikaning rivojlanishi bilan ularning soni va turi yanada ortib
bormoqda. Shuning uchun radioelektron qurilmaning mustahkamligi, uzoq,
muddat ishonchli hizmat qila olish qobiliyati va boshqa hususiyatlarini oshirgan
holda ularning hajmini kichraytirish, og’irligi va sarf qiladigan quvvatini
kamaytirish kabi masalalar o’rtaga qo’yilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |