O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi


Shaxs muhtoj axloqning omillari: kammuhtojlik fenomeni, kimyoviy



Download 4,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/284
Sana04.02.2022
Hajmi4,54 Mb.
#429680
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   284
Bog'liq
fayl 2074 20211106

4.Shaxs muhtoj axloqning omillari: kammuhtojlik fenomeni, kimyoviy 
tobelik, ozuqaga tobelik. 
Kammuhtojlik fenomeni. 
Zamonaviy nuqtai nazarlarga muvofiq oila 
nafaqat tobe axloqning sodir bo`lishida, balki quvvatlanishida ham ahamiyatli rol 
o`ynaydi. Qarindoshlarning o`zlari garchi real tarzda azoblansalar-da, ko`pincha 
addiktni ko`tarilishga qo`zg’aydigan turlicha psixologik muammolarga ega 
bo`lishlari mumkin. Addiktning qarindoshlaridan oila a'zolaridan kimdir addiktiv 
axloqni uzoq muddat saqlagan xolda, birinchi navbatda, jiddiy muammolar paydo 
bo`ladi va kammuhtojlik holati rivojlanadi. Kammuhtojlik tushunchasi ostida 
shaxsdagi salbiy o`zgarishlar va oila a'zolaridan kimningdir tobe axloqi oqibati 
tushuniladi. Qarindoshlarning psixologik holatida aniq ko`rinuvchi jarohatli 
o`zgarishni qo`zg’atuvchi oilaning tobe a'zosi va qarindoshlari (ko`pincha ota-onasi) 
o`rtasidagi o`zaro munosabatlar nazarda tutiladi. Bu nafaqat oiladagi janjalli 
vaziyatni samarali hal qilishga, balki tobelikni yengish jarayoniga ham to`sqinlik 
qiladi. 
Kammuhtojlik 
muhtojlikni 
qo`llab-quvvatlaydi. 
Shunday 
qilib, 
kammuhtojlik – bu oilaviy psixologik muammolarning yopiq doirasidir.
Masalan, giyohlarga tobe bo`lib qolgan o`smirlarning ota-onalari giyohlarni 
iste'mol qilish jarayoniga tortilgan bo`lishi mumkin. Ularning barcha oilaviy hayoti 
bolaning giyohlarni qabul qilish sikli atrofida aylanadi. Oila miflar, o`zaro 
navbatma-navbat va'dalar va illyuziyalar bilan yashaydi. Navbatdagi ko`tarilishdan 
keyin o`smir samimiy afsuslanadi. U o`z gunohini silliqlashga tayyor va oliyhimmat 
va'dalar beradi. Ota-onalar evaziga “zaif” o`smirlar bilan yaqinlik hissiyoti va 
umidni olgan holda eng dahshatlisi ortda qoldi deya o`zlarini qayta va qayta 
aldashga tayyordirlar.


183 
Bog’lanib qolish muammosi bilan to`qnash kelganda oila juda turli-tuman 
oilaviy miflar, proektsiya, muammoni inkor etish, yolg’izlikni kuchaytiruvchi 
muammo haqida indamaslik va boshqa muhofaza tizimlarini quradi. Qarindoshlari 
o`zlari anglamagan holda addiktni ko`tarilishga itaradilar. “Iste'mol qilmagan” 
muddatda oilada asta-sekin zo`riqish, xavotir o`sadi, shubha va gumonlar kuchayadi. 
Nihoyat, zo`riqish shunday yuqori bo`ladiki, kimdir chiday olmaydi ko`tarilishni 
anglatuvchi janjal chiqaradi va hammasi qayta takrorlanadi.
Paradoksal tarzda, biroq addiktsiya oilani mutelik ob'ekti bilan kurashda 
jipslashtiradi, u yaqinlik illyuziyasini beradi. Kammuhtojligi bo`lgan oilada rollar 
va javobgarlikning taqsimlanishi buzilgan. Addikt o`z harakatlari uchun 
javobgarlikni juda kam holatlardagina o`ziga oladi. U sodir bo`layotganlar uchun 
barcha aybni boshqalarga yuklaydi hamda qarindoshlar unga faqat addiktsiyani 
qoldirib, addiktning hayoti uchun bor mas'uliyatni o`zlariga qabul qiladilar.
Kammuhtojlik munosabatlari doirasida ovoz chiqarib aytilmaydigan “o`zaro 
kelishuv” – “men sening iste'mol qilishingga ko`z yumaman, buning evaziga sen 
uni, buni qilasan” vaziyati bo`lishi ham ehtimol. Shunday qilib, xotin erining 
ichkilikka ruju qo`yganligini, qachonki, masalan, qandaydir sovg’a yoki pul 
olganida yutib ketishi mumkin.
“Parallel tarzda mavjud bo`lish” tipidagi munosabat ham bo`lishi mumkin. 
Addikt va oila a'zolarining har biri o`z hayoti bilan yashayotgan kabi tutadilar va bir 
birlarining muammolariga mutlaq aralashmaydilar. Bunday munosabatlar aniq 
alohida sharoit, avtonom yashashga amal qiluvchi masofali oilalardagina mumkin. 
Oila a'zolari yotoqxonada turganday yashaydilar. Ularda faqat bitta umumiy masala 
mavjud uydan axlatni chiqarib tashlamaslik. Munosabatlar tipidan qat'iy nazar 
kammuhtoj oilalar a'zolarining o`zlarini his qilishlari yomonlashadi. Oila a'zolari 
quyidagi o`zgarishlarga duch qilinadi:
– shaxsiylik yo`qoladi, iste'molga fiksatsiya sodir bo`ladi; 
– addiktning axloqi oilaning boshqa a'zolarining hissiy holatini to`liq 
belgilaydi; 
– shiddatlilik,aybdorlik, umidsizlik affektlari ustunlik qiladi; 


184 
– o`z-o`zini baholash va o`z-o`zini hurmatlash keskin pasayadi, masalan “biz 
yomonmiz, biz hamma narsada aybdormiz” hissiyoti keladi
– yolg’on turi kuchayadi: qurbon («nima uchun menga shunday qiynoqlar»), 
qutqaruvchi («men uni menga nima bo`lishidan qat'iy nazar qutqaraman»); 
– hissiy meros bo`lib qolish va apatiya holati his qilinadi; yolg’izlanish 
boshlanadi; 
– surunkali stress fonida hech so`zsiz salomatlik yomonlashadi: somatik 
kasalliklar zo`rayadi, ruhiy azoblanish holati rivojlanadi.
Ruhiy azoblanish holati nafaqat ishga qobiliyatni pasaytirishi bilan, balki 
o`zini his qilishni yomonlashtirishi bilan ham xavflidir. Ruhiy azoblanish holati 
suitsidal axloqni uyg’otadi. Shunday qilib, tobe axloq muammosi oilaviy 
buzilishgacha kengayadi.

Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish