247
-Mehribonlik- shaxsning ijobiy hislati sifatida umuman mavjud emasligiga
ishonishi, insonning bunday xulq-atvor shakli ortida aslida uning shunchaki kuchli
shaxs bo’la olmasligi va boshqa odamlardan ustunlik qila olmasligi yotadi, deb
hisoblashi.
-Faqatgina insonlarga nisbatan dushmanlik yoki tajovuzkor harakatlar qilish
orqali kerakli natijaga erishish mumkinligiga ishonishi.
-Atrofdagi barcha odamlar unga nisbatan dushman
ekanliklari va yomonlik
qilish uchun sabab izlayotganliklariga ishonishi.
Tajovuzkorlikning tashqi raqobatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
-Mazkur insonning oldida boshqa, u uchun muhim bo’lgan va umuman
olganda, agressiv yo’nalgan ko’pgina kishilarning bo’lishi; bunda u ularga taqlid
qiladi va ularning agressiv xulq-atvorini normal holatdek ko’rib chiqadi.
-Agressiv xulq-atvorining ijobiy natijalarini ko’p marotaba kuzatish.
-Insonning o’ta hissiy zo’rihishi shart-shariotlarida
bajariluvchi xatti-
harakatlari.
-Mazkur insonni qurshab turgan kishilarining ijtimoiy qadriyatlari orasida
"qo’pol kuch" deb nomlanuvchi urfning ustunlik qilishi.Bularning barchasi birga
olinganida kishilarning psixologiyasi va xulq-atvorida tajovuzkor tendensiyalar
(yo’nalishlar) paydo bo’lishiga va ularning barqaror yomon odatlarga aylanishiga
sabab bo’lib, ularning psixologik nuqtai nazardan komplekslarni namoyon qiladi.
Insonning tajovuzkor xulq-atvor tendensiyasini bartaraf
qilish uchun quyidagini
bajarish zarur. Birinchidan, agressivlikning ifodalanish tashqi shart- sharoitlarini
bartaraf qilish yoki hech bo’lmasa kishida o’ziga nisbatan ularning salbiy psixologik
ta'siriga immunitet ishlab chiqish. Bunga erishish uchun insonda shunday
dunyoharash, madaniyatni
tarbiyalash kerakki, ular agressiv xulq-atvor bilan
nomutanosib bo’lsin. Shuningdek, insonda o’ziga xos ichki qarshilik ko’rsatishni,
boshqa kishilarga nisbatan agressiv aktlarni bajarishga qodir emaslikni ishlab
chihishzarur. Buning uchun esa, insonni bolalikdan
boshlab shunday odamlar
qurshab olishi kerakki, ular o’z namunalari bilan agressiv qatti-harakatlarsiz hayotda
deyarli hamma narsaga va ancha oson erishish mumkinligini ko’rsata olishlari lozim.
248
Himoya reaksiyalariga o’ta moyillik kompleks ko’rinishida quyidagi shart-
sharoitlarga qat'iy rioya qilinganida bartaraf qilinishi mumkin:
1.
Insonning o’z himoya reaksiyalari aslida kam samarali ekanligini, ular uni
tashvishlantiruvchi muammolarni hal qilmasliklarini anglab yetishi;
2.
Kishilar bilan muloqotda psixologik xavfsizlik vaziyatini inson uchun
yaratib berish.
3.
Insonda himoya reaksiyalaridan farqlanuvchi xulq-atvorning maqsadga
muvofiq, oqilona shakllarini ishlab chiqish.
Yuqorida aytilganlarni aniq misollarda izohlaymiz.
Qachonki, insonning real hayotida yoki faqatgina tasavvurida uning "Men" iga
xavf solayotgan
vaziyat yuzaga kelsa, odatda shunda inson himoya reaksiyalarini
qo’llashga murojaat qiladi. Bunda gap shunday vaziyat haqida ketyaptiki, u
insonning insoniylik sha'nini kamsituvchi, o’z-o’zini baholashiga salbiy ta'sir
qiluvchi, o’zining shaxsiy xulq-atvori va psixologik sifatlari bilan bog’liq bo’lgan
yoqimsiz kechinmalarni tug’diruvchi vaziyat hisoblanadi. Biroq ko’pincha
insonning "Men"iga real xavf paydo bo’lmaydi yoki
aslida bu xavf eng avval
boshida mijozning tasavvuridagidek jiddiy bo’lib chiqmaydi.Shuning uchun
psixolog-maslahatchining birinchi vazifalaridan biri shundaki, u nima uchun mijoz
himoya reaksiyalaridan foydalanishini, u ularga qachon murojaat qilishini va ushbu
reaksiyalar aniq nimalardan iboratligini aniqlashi darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: