Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. To‗quvchilik jarayonini ta ‗riflab bering ?
2. To‗qimachilik dastgohida mato qanday paydo bo‗ladi ?
3. To‗qimachilik ishlab chiqarishning texnologik chizmasi qanday ?
77
4. To‗qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari qanday sharoitda saqlanadi?
5. To‗qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish qanday texnik-normativ
hujjatlar asosida belgilanadi?
78
6-bob. GAZLAMALARNI BICHISHGA TAYYORLASH VA BICHISH
6.1.Tayyorlov tsexi vazifalari
Tayyorlov tsexini asosiy vazifasi tikuv korxonaning bichuv tsexini gazlama va
boshqa qo‗shimcha materiallar bilan bir tekisda ta‘minlashdir. Korxonani beto‗xtov
ishlashini ta‘minlash uchun tayyorlov tsexining texnologik jarayonlarini har bir
bo‗limida ma‘lum xajmida materiallarni zahirasi bo‗lishini tashkil qilish kerak. Bu
maqsadga erishish uchun tsexda quyidagi ishlar bajariladi:
1. Korxonaga keltirilgan gazlamalarni tushirish va qabul qilib olish.
2. Qabul qilib olingan gazlamalarni omborga joylashtirish va vaqtincha saqlash,
gazlamalarnio‗rovidan ochish.
3. Gazlamalarni sifatini tekshirish, gazlama to‗plarining uzunligini va
eninio‗lchash.
4. Gazlama to‗plarini to‗shama uchun xillash va hisoblash.
5. Har bir model uchun konfeksion karta tuzish.
6. Gazlama to‗plarini hisob kartaga asosan to‗shama qavatlarga qirqish.
7. Bo‗rlama tayyorlash.
8. Avra, astar va qotirma gazlamalarini to‗shamaga mo‗ljallab xillash va
saqlash.
9. Gazlamani bichish tsexiga uzatish.
27
Bajariladigan ishlarga ko‗ra tayyorlov tsex quyidagi bo‗limlarga ajratiladi:
gazlamanio‗rovini ochish;
gazlamani sifatini tekshirish;
sifati tekshirilgan gazlamalarni saqlash;
sifati tekshirilgan gazlamalarni saralash, hisoblash va bichish tsexiga uzatish;
bo‗rlama tayyorlash;
nuqsonli gazlamalar va qoldiqlarni saqlash.
27
M.Azlarova, G.Shanazarova. ―Yengil sanoat texnologiyasi‖ fanidan ma`ruza darslari uchun o`quv-uslubiy majmua.–
T.: Iqtisodiyot, 2017 yil., 82-б.
79
Tikuv korxonalar gazlamalar, noto‗qima material, bezak material, furnitura, ip
va buyum tikishda kerak bo‗ladigan boshqa mollarga ushbu materiallarni ishlab
chiqaradigan korxonalar bilan shartnoma tuzadi. Ta‘minlovchi (mol yuboruvchi)
tomondan mollar shartnoma asosida belgilangan muddatda yuboriladi. Tikuv
korxonalarga gazlamalar ko‗pincha konteynerlarda yoki mashinalarda to‗p yoki toy-
toy bo‗lib keladi. Korxonaga kelgan materiallarning assortiment miqdori va sifati mol
bilan birga kelgan hujjatlarga solishtirib tekshiriladi. Avval mol umumiy holati
bo‗yicha,
ya‘ni
molning
umumiy
og‗irligi,
tamg‗asi
buzilmaganligi,
nechao‗ramligi,o‗ramlarning nomeri, molning sifati tekshiriladi. Gazlama to‗pining
uzunligi va eninio‗lchash vaqtidao‗lchov qaydnomasi va to‗pning pasporti 2 ta
nusxada to‗ldiriladi. To‗pning pasportida quyidagilar ko‗rsatiladi:
1. Gazlamaning artikuli;
2. Haqiqiy uzunligi;
3. To‗pdagi bo‗laklarning uzunligi;
4. Nuqsonlar orasidagi nuqsonlar;
5. Nuqsonlarnio‗lchami va nomi;
6. Gazlamaning har 3 metrdagi eni;
7. Milksiz va milki bilano‗lchangan eni;
8. Gazlamaning rangi, tuki bor-yo‗kligi, gulining harakati ko‗rsatiladi;
9. To‗pning saqlash joyi (javon qatorining tartib raqami, qator uyasining tartib
raqami) ko‗rsatiladi;
10. O‗lchangan sana.
To‗p pasportining bittasi gazlama to‗piga yopishtiriladi, ikkinchisi esao‗lchov
qaydnomasiga qo‗yiladi, undan gazlama to‗pini hisoblash vaqtida foydalaniladi.
Sifati tekshirilgan gazlamalar rulon qilibo‗raladi va sifati tekshirilgan gazlamani
saqlash zonasiga o‗tkaziladi. Tikuvchilik korxonalarning tayyorlov tsexida
bajarildigan ishlarning yana biri tikuv tsexlarida tikiladigan har bir modelga
konfeksion karta tuzishdir. Konfeksion karta konfeksioner tomondan tuziladi va bosh
muxandis tasdiqlaydi. Unda avra, astar, qo‗shimcha materiallarning artikuli va
namunali, bezak materiallar, tugma nomeri va ularning namunalari ko‗rsatiladi,
80
undan tashqari modelni tashqi ko‗rinishi (rasmi) chiziladi. Konfeksion karta modelga
ajratilgan texnik hujjat asosida tuziladi.
Tayyorlov tsexda gazlamalardan ratsional foydalanish, ya‘ni qoldiqsiz bichish
maqsadiga gazlama to‗plari to‗shamalarga mo‗ljallab hisoblanadi. Gazlamaning
enidan va uzunligidan ratsional foydalanish uchun gazlama bo‗laklarining ko‗p
to‗shamali hisobi qo‗llaniladi. Tikuv korxonalarida gazlama to‗plarini
avtomatlashgan hisoblash usullari mavjud.
Tayyorlash tsexida bajariladigan ishni ikkita qismga bo‗lish mumkin:
1. Gazlamalarni qabul qilish va omborlarga joylashtirish.
2. Gazlamalarni tekshirish va ularni bichuv tsexiga uzatish.
Birinchi qism bo‗yicha ishlarni asosan gazlama saqlaydigan ombor xodimlari
bajaradi. Ular keltirilgan mollarni hujjatlar bo‗yicha tekshirib qabul qilishadi,
mollarni omborlarga joylashtiradilar. Agar mollarni qabul qilish vaqtida biron bir
noaniqliklar bo‗lsa, albatta ta‘minlovchilardan vakillardan chaqirtirib bu noaniqliklar
hal qilinadi. Gazlamalarni bichishga tayyorlash bilan bog‗liq bo‗lgan ishlar
tayyorlash tsexining o‗zida bevosita amalga oshiriladi. Bunda quyidagi ishlar
bajariladi:
har bir gazlama bo‗lagi alohida tekshiriladi.
har bir bo‗lak gazlama hisoblanadi.
tekshirilgan gazlama bo‗laklari bichish tsexiga uzatiladi.
Gazlama bo‗laklari qiya yoki gorizontal stollarda tekshiriladi. Bunda har bir
bo‗lakning uzunligi, har uch metrda gazlama eni, to‗qimachilik nuqsonlari
aniqlanadi va bu aniqlangan raqamlar ―bo‗lakning pasporti‖ degan hujjatda qayd
qilinadi.
Gazlama bo‗laklari ham belgilangan muddat ichida tekshirilib ko‗rilishi kerak.
Bu vaqtda ham noaniqliklar bo‗lsa, ta‘minlovchiga xabar beriladi va kerakli
ma‘lumotlar, aktlar tuziladi. Bu tsexda yana bir bajariladigan ishlardan bo‗lib har bir
bo‗lakni hisoblash kiradi.
81
Gazlama bo‗lagini to‗shamaga tashlash uchun uni aniq qat‘iy tartibda saqlash
kerak. Tekshirilgan gazlamalar artikuli, eni, rangiga qarab hamda ishlanishiga qarab
joylashtiriladi.
Gazlamani saqlash qishki payt 16-20 gradus, namligi 75 %, yozgi payt
tashqaridagi haroratdan 3 %ga oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |