O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Azlarova yengil sanoat texnologiyasi


 Texnologik jarayonni tashkil etish va uning tuzilmasi



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/190
Sana31.12.2021
Hajmi2,58 Mb.
#231099
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   190
Bog'liq
585-Текст статьи-1350-1-10-20191228

 
1.4. Texnologik jarayonni tashkil etish va uning tuzilmasi 
Texnologik jaryonni tashkil etish ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalarini 
ratsional  ravishda  birga  qo‗shishdan  iborat  bo‗lib,  bu  ishlab  chiqarish  rejasining 
samarali bajarilishini ta‘minlaydi. 
Texnologik jarayonlarni tashkil etish mehnat taqsimotiga va uni alohida ishlarga 
ixtisoslashtirishga  asoslangan.  Bunday  ixtisoslashtirish  natijasida  mahsulot  va  uning 
qismlarini tayyorlash korxonaning alohida bo‗limlarida (ish joyi, tsexlarda) bajariladi 
va bunda mehnat predmeti bir ish joyidan ikkinchisiga ko‗chiriladi. Shunday  qilib, 
bir butun texnologik jarayon o‗zaro uzviy bog‗langan bir qancha alohida qismlardan 
iborat. 
Texnologik jarayon qator bosqichlardan iborat bo‗lib, bu bosqichlarning har biri 
ishlab  chiqarish  operatsiyalaridan  iborat.  Opreatsiya–ishchining  ma‘lum    ish  joyida 
ishlab  chiqarish  elementiga  ishlov  berishda  bajariladigan  oddiy  ishlari  yig‗indisidan 
                                                 
2
 Yo‗ldoshev N.Q. Kadirxodjayeva N.R. Ishlab chiqarish texnologiyalari. Darslik. -T.: Faylasuflar, 2014, 53-b. 


21 
 
iborat  bo‗lib,  jarayonlarning  shu  bosqichda  tugallangan  qismini    tashkil  etadi 
(masalan, ishlab chiqarilgan detalni pardozlash maqsadida uni silliqlash operatsiyasi). 
Operatsiya  texnologik  jarayonlarning  asosini  tashkil  etib,  ishlab  chiqarishni 
rejalashtirish va hisobga olishning asosiy elementi hisoblanadi. 
Operatsiya bir qator usullardan iborat bo‗lib, ularning har biri tugallangan oddiy 
mehnatdir. Usullar alohida harakatlarga bo‗linadi. 
Texnologik jarayonning oxirgi mahsuloti qo‗shimcha mehnat talab qilmaydigan, 
butlab va joylab qo‗yilgan, texnika nazorati  bo‗limi tomonidan qabul qilib olingan va 
iste‘molchiga yuborish mumkin bo‗lgan tayyor mahsulot hisoblanadi. 
Mahsulotlar  asosiy  va  qo‗shimcha  mahsulotlarga  bo‗linadi.  Asosiy  mahsulot 
hosil  qilish  korxonaning  asosiy  maqsadidir.  Qo‗shimcha  mahsulotlar  esa  yo‗l-
yo‗lakay hosil bo‗ladi. Masalan, jarayonning asosiy  mahsuloti cho‗yan, qo‗shimcha 
mahsuloti  esa  shlak  va  koloshnik  gazlaridir.  Hozirgi  vaqtda  qo‗shimcha 
mahsulotlarning deyarli hammasi iqtisodiyotda keng qo‗llaniladi. 
Ishlab chiqarish jarayonida asosiy va qo‗shimcha mahsulotlar bilan bir qatorda 
chiqindi  mahsulotlar  ham  hosil  bo‗ladi.  Bunday  chiqindilar  mahsulotlar  ishlatilishi 
yoki  ishlatilmasligiga  ko‗ra  qaytar  va  qaytmas  chiqindilarga  bo‗linadi.  Mehnat 
predmetlaridan  qanchalik  unumli  foydalanilsa,  chiqindi  miqdori  shuncha  kam  va 
texnologik jarayonlar shuncha samarali bo‗ladi. 
Hozirgi  zamon  texnologiyasining  asosiy  vazifalaridan  biri  tashlandiq 
chiqindilarni  iloji  boricha  kamaytirish  va  asosiy  tayyor  mahsulot  miqdorini 
oshirishdan iborat. Odatda, mahsulot miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi: 
tayyor mahsulot og‗irligi 
V  =  ---------------------------------- * 100 
Xomashyo og‗irligi 
Bunda: V – tayyor mahsulot miqdori, foiz hisobida. 
Texnologik jarayonning ikkinchi muhim vazifasi – olinayotgan tayyor mahsulot 
sifatining yuqori bo‗lishini ta‘minlashdir.  
Sanoatning  muhim  texnik  –  iqtisodiy  ko‗rsatkichlari  quyidagi  omillar  orqali 
xarakterlanadi: 


22 
 
1) xarajat koeffitsentlari va olingan mahsulot miqdori; 
2) mahsulot sifati; 
3) asbob – uskunalarning unumdorligi va quvvati; 
4) asbob – uskunalar yoki jarayonlarning tezligi; 
5) mehnat unumdorligi; 
6) mahsulot tannarxi; 
Bu ko‗rsatkichlar boshqa maxsus fanlarda kengaytirilgan holdao‗tiladi. Shuning 
uchun biz bu yerda mazkur ko‗rsatkichlar haqida asosiy tushunchalar berib o‗tamiz. 
Xarajat  koeffitsiyenti  va  olingan  mahsulotlarning  miqdori,  ishlab  chiqarish 
jarayonida bir birlikdagi tayyor mahsulot olish  uchun sarflangan hamma Xomashyo 
turlari miqdori energiya xarajat koeffitsiyenti deb ataladi. (1 kg, 1 t, va h.k). Olingan 
mahsulot miqdori esa (ŋ) amalda olingan tayyor mahsulot. D
amal 
miqdorining nazariy 
olinishi mumkin bo‗lgan D
naz 
miqdoriga bo‗lgan nisbatning foizlardagi ifodasidir
3

 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish