12
KIRISH
Bugungi kunda to‗qimachilik va yengil sanoati O‗zbekiston Respublikasi
iqtisodiyotida muhim mavqeni egallaydi hamda sanoat mahsulotlari ishlab
chiqarishda markaziy o‗rinda turadi. Mazkur tarmoq aholi iste‘moli uchun
mahsulotlar ishlab chiqaradi, bu esa, o‗z navbatida, bozorning katta bir qismining
to‗yinishini ta‘minlaydi. Bundan tashqari tarmoq mamlakat aholisini katta
miqdordagi ish o‗rinlari bilan ta‘minlaydi, jumladan, bu tarmoqda asosan ayollarning
band bo‗lishi sanoat hududlarida demografik balansni ushlab turish imkoniyatini
beradi.
Mamlakatimizni rivojlantirish, yangilash va modernizatsiya qilish bo‗yicha
tanlagan strategiyamizni amalga oshirish natijasida yurtimiz dunyodagi sanoqli
davlatlar qatorida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning barqaror sur‘atlarini
ta‘minlash, aholimizning moddiy farovonligini yuksaltirishga erishgani barchamizga
katta mamnuniyat va iftixor bag‗ishlaydi, albatta.
O‗zbekistonda bozor iqtisodiyotini shakllantirishdan asosiy maqsad – ijtimoiy
yo‗naltirilgan iqtisodiyotni samarali boshqarish tizimlarini shakllantirish asosida
ishlab chiqarishni iste‘molchi hohish – irodasiga tomon burish, fuqarolarning
iqtisodiy
erkinligini
ta‘minlagan
holda
mehnatsevarlikni,
ijodkorlikni,
tashabbuskorlikni, yuqori unumdorlikni rag‗batlantirish uchun obyektiv sharoit
yaratishdan iboratdir. Bozor mexanizmi bir tomondan – mehnat, moddiy va
moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishga imkon yaratsa, boshqa tomondan –
ishlab chiqarish texnologiyalarining moslashuvchanligini, iqtisodiy faoliyatga ilmiy –
texnika taraqqiyoti yutuqlarini doimo qo‗llab borishni talab etadi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o‗zining ―O‗zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖ gi
№PF-4947 sonli Farmonidagi 3-qism - iqtisodiyotni rivojlantirish va
liberallashtirishning ustuvor yo‗nalishlarida ta‘kidlaganidek, ―milliy iqtisodiyotning
yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning
13
raqobatbardoshligini oshirish, prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya
turlarini o‗zlashtirish kerak‖.
1
Shuning uchun, agar Siz raqobatbardosh mutaxassis bo‗lishni istasangiz, Siz
zamonaviy texnologiyalaridan foydlalanish ko‗nikmalariga ega bo‗lishingiz kerak.
Shunday qilib, zamonaviy mutaxassis iqtisodiyotning barcha sohalari va
yo‗nalishlarida zamonaviy texnolgiyalardan foydalanish bo‗yicha nazariy bilimlariga
va amaliy ko‗nikmalarga, yengil sanoat mahsulotlari va ishlab chiqarish
vositalarining sifatiga ta‘sir etuvchi omillarni; Xomashyo turlari va sifati,
qo‗llanilayotgan
texnologiyalarning
samaradorligini;
ishlab
chiqarish
texnologiyalariga oid iqtisodiy, statistik va hisobot ma‘lumotlarni yig‗ish, qayta
ishlash va tahlil qilishni; yangi ilg‗or texnologiyalar, ishlab chiqarishni tashkil etish
va boshqarishning zamonaviy usullarini bilishi va ulardan foydalanish tajribalariga va
ko‗nikmalariga ega bo‗lishi kerak. Ko‗rsatilgan muammolarni hal etish uchun
―Yengil sanoat texnologiyasi‖ faninio‗qish vao‗rganish maqsadga muvofiqdir.
Fannio‗rganish kelajak mutaxassisning ijodiy va texnik faoliyatida zarur bo‗lgan aniq
soha bo‗yicha chuqur bilimlarga ega bo‗lishga yo‗naltirilgan.
Ushbuo‗quv qo‗llanmaning maqsadi talabalarga yengil sanoat texnologiyalari
to‗g‗risida ma‘lumot va tushuncha berish, fanning nazariy asoslarinio‗rgatish va
ommaviy ishlab chiqarishda tikuv buyumlarini texnologik jarayonlarini loyihalash va
ularni tayyorlash bo‗yicha amaliy ko‗nikmalariga ega bo‗lish borasida ma‘lum
bilimlar berishdan iboratdir.o‗quv qo‗llanmani tayyorlashdao‗qitishning yangi
pedagogik va informatsion texnologiyalar talablari va xususiyatlari hisobga olinib,
har bir bobdan keyin xulosalar, asosiy tayanch tushunchalar va atamalar, shuningdek,
takrorlash va munozara uchun savollar ham berilgan.
Mualliflaro‗quv qo‗llanmaning tuzilishi, mazmuni, muammolarning bayon
qilinish tartibi va uslubi bo‗yicha bildirilgan har qanday taklif-mulohazalarni
minnatdorchilik bilan qabul qiladilar va keyingio‗quv adabiyotlari tayyorlashda
hisobga oladilar.
1
O‗zbekiston Respublikаsi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikаsini yanаdа rivojlаntirish bo‗yichа hаrаkаtlаr
strаtegiyasi to‗g‘risidа‖ gi Fаrmoni. //O‗zbekistan Respublikasi Qonunlari to‗plami. 2017 y., № 6, 70 modda.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |