yutuqlaridan quvonmay ilojing yo‗q. Ilojsizlik majburiyat asosida bo‗ladi. Kishi
o‗zi xohlamasa, ilojim yo‗q, noilojlikdan, ilojsizlikdan kabi ifodalarni qo‗llaydi.
Demak, mazkur jumladan, sortchilarimizning yutuqlaridan quvonishga majburmiz,
lekin aslida quvonishni xohlamaymiz degan tagmazmun uqiladi. Quvonish so‗zi
majburiyat asosida bo‗lishi mumkin emas. Ko‗rinadiki, jumlada katta mantiqiy
xatolik mavjud.
Aslida biror fikrning davomida mazkur so‗zi qo‗llanadi. U ―aytilgan‖, ―zikr
etilgan‖ degan ma‘nolarni bildiradi va qayd etilgan narsa-hodisaga ishorani
bildiradi. Ammo bu so‗zni fikr ifodasining boshida qo‗llash mantiqning buzilishiga
olib keladi. Chunki bunda hali hech narsa aytilmagan, zikr etilmagan bo‗ladi.
Oddiy kundalik nutqda balki mantiqsizlik juda katta falokatlarni sodir
etmas. Lekin rasmiy hujjatlarda, sud hukmlarida bunday xatoliklarga mutlaqo yo‗l
qo‗yib bo‗lmaydi. Yaqinda qo‗limga bir sud hukmi namunasi tushib qoldi. Unda
fikr shunday ifodalangan:
Dastlabki tergov organi tomonidan Aliev Malik Maxmudovich 2010 yil 02
oktabr kuni kechki vakt uzganing mol-mulkini kulga kiritib, tekin boylik orttirish
maksadida Toshkent shaxar Shabnam kuchasida joylashgan Guzal choyxonasidagi
stolning ustidan fukaro Olimov Ravshan Jo‗raevichga tegishli bulgan bir dona
―Samsung‖ rusumli aloqa vositasini yashirin ravishda talon-taroj qilib,
jabrlanuvchiga moddiy zarar yetkazib, ugirlik jinoyatini sodir kilgan.
Nazarimda, jumlani mantiqiy deb bo‗lmaydi. E‘tibor qilinsa, gap
mazmunidan o‗g‗irlik jinoyatini dastlabki tergov organi sodir qilgan degan fikr
uqiladi.
Shuningdek, O‗G‗IRLAMOQ so‗zida yuqorida berilgan 1) ―jinoyat; 2)
―yashirin‖; 3) ―moddiy zarar yetkazish‖; 4) ―o‗zganing mol-mulkini qo‗lga
kiritish‖; 5) ―tekin boylik orttirish maqsadida‖ ma‘nolari mujassam. Qolaversa,
bitta telefon apparatini o‗g‗irlash talon-taroj qilish degani emas. Talon-taroj katta
miqdordagi boylikni o‗marishni anglatadi. Bu so‗zga ―O‗zbek tilining izohli
lug‗ati‖da quyidagicha izoh berilgan:
TALON-TOROJ Hamma yoqdan tortqilab talash, o‗zlashtirish, tala-tala, tort-
tort. Talon-toroj yurtni vayron etdi, mamlakat zavol topdi. S.Karomatov, So‗nggi
barxan. Talon-toroj, bosdi-bosdilar tovsillab, Samarqand yonida Buxoroning ham
bir qadar osoyishta turgani tufayli yillar tez kechayotganday tuyular edi.
Mirmuhsin, Me‘mor.
Menimcha, talon-taroj so‗zi yuridik nutqda bunday terminologik ma‘noga
ega bo‗lmasa kerak. Aks holda izohli lug‗at uni qayd etgan bo‗lur edi. Ammo
qanday bo‗lsa ham, umumiy izohli lug‗atlarimizdagi ma‘no doirasida bo‗lishi
lozim
Bizningcha, keltirilgan matnni quyidagicha tuzatish lozim:
Dastlabki tergovda Aliev Malik Mahmudovich 2010 yil 02 oktabr kuni
kechqurun Toshkent shahar ―Shabnam‖ ko‗chasida joylashgan ―Go‗zal‖
choyxonasidagi stolning ustidan fuqaro Olimov Ravshan Jo‗raevichga tegishli
―Samsung‖ uyali telefonini o‗g‗irlaganligi aniqlandi.
Matbuot sahifalarida ham mantiqiy xatoliklar uchrab turadi. Masalan,
―O‗zbekiston ovozi‖ gazetasining 2006 yil 20 iyun sonida e‘lon qilingan
maqolalardan biridagi mantiqiy xatolikni ustoz professor N.Mahmudov
75
aniqlaganlar: Buldozer, ―Zil" avtomashinamiz miltiqning o‗qiday uchadi... Aynan
buldozerni miltiqning o‗qiga qiyoslab bo‗lmaydi. Uning harakat tezligini
toshbaqaning harakat tezligiga qiyoslash mumkin, miltiqning o‗qiga emas.
Mantiqsizlik kulgili holatni keltirib chiqargan.
Ayanchli tomoni shundaki, yozma nutqdagi bunday mantiqsizliklar
o‗qimishli, oliy ma‘lumotli mutaxassislar nutqida uchramoqda. Demak, mantiqiy
tafakkurni rivojlantirish, mantiqli nutqni o‗stirish masalasida zimmamizda
kechiktirib bo‗lmaydigan vazifalar turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |