iyul). Avvalo, hech kim bunday demaydi, xalq orasida bunday matalnamo ibora
emasligi shundaki, kishi hayotini sakdab qolish, albatta, murakkab va sharafli ish,
solinggirishning bi- ron-bir mantiqiy asosi ham, me‘yorga daxldor ma‘nosi ham
yo‗q. Nega olti yoki sakkiz, o‗n, yigirma qavatli imorat qurish qiyos etaloni
sifatida olinmagan? Ko‗rinadiki, mazkur jumlada nutqning o‗rinlilik sifati past.
H.Qodirov) o‗rinlilik sifatidan mahrum bo‗lgan ancha-muncha jumlalarni ko‗rish
jumlalar bog‗cha yoshidagi bola nutqi uchun mutlaqo xos emas, bola tilida ular
o‗rinli nutq sifatiga sohib bo‗la olmaydi. Ular bola nutqida hatto chuchmal, kulgili
eshitilishini isbotlash kerak emas. Bunday jumlalar kattalar, keksalar nutqidagina
73
mazkur sifatni ola biladi. Yoki yana bir jumlani ko‗raylik: Mashg‗ulot davomida
―yaxshi" va ―a‘lo" baholar olgan bolalarni tarbiyachi o‗z oldiga chaqi- rib,
minnatdorchilik bildiradi. Bu jumlada
minnatdor- chilik bildirmok, iborasi nojo‗ya
qo‗llangan, shuning uchun nutqni o‗rinli deb bo‗lmaydi. Bog‗cha bolasi va
tarbiyachi o‗rta- sidagi yosh va maqom farqi mazkur iborani qo‗llashga monelik
qiladi, bunday o‗rinda o‗rinlilik sifati rag‗batlantirmoq so‗zini ishlatishni taqozo
etadi.
Umuman, nutqning o‗rinlilik sifatini ta‘minlash uchun nutq tuzuvchi nutqiy
vaziyatni,
o‗zi ifodalamoqchi bo‗lgan mazmunni, tinglovchining turli
xususiyatlarini, muloqotning ijtimoiy-madaniy, axloqiy-estetik jihatlarini yetarli
darajada tasavvur etmog‗i lozim.
Mantiqiylik nutq bilan egizak. Zero, nutq va mantiq o‗zakdosh so‗zlardir.
Mantiq buzilsa, nutq o‗z vazifasini bajara olmaydi. Mantiqiylik faqat adabiy tilning
emas, balki umuman tilning xususiyatlaridan biridir. Mantiqli so‗zlashning asosida
so‗zlarning ma‘nolarini bilish, so‗z va qo‗shimchalarni to‗g‗ri bog‗lay olish
malakasi yotadi. Shuningdek, so‗zlovchi mantiqiy fikrlash salohiyatiga ham ega
bo‗lishi kerak. Bu haqda donishmand ajdodlarimiz ibratli fikrlarni bayon etishgan.
Masalan, Alisher Navoiy o‗zining ―Majolis un-nafois‖ asarida shunday bir voqeani
hikoya qiladi. Bahorning yomg‗irli kunlaridan birida u ―Xuroson mulkida turkiy va
forsiyda malik ul-kalom‖ Lutfiy bilan uchrashib qoladi. Mavlono Lutfiy Amir
Xusrav Dehlaviyning bir she‘ridagi go‗zal ma‘no va o‗xshatish haqida juda ham
maqtov bilan gapirib beradi, ya‘ni: ―Mahbuba yomg‗irli kunda yo‗lda toyib, yiqilib
ketay deydi. U shu qadar go‗zal va nozikki, yog‗ayotgan yomg‗ir ripggasini
ushlab, uning madadi bilan o‗zini o‗nglab oladi‖. Bu ta‘rif Navoiyga behad ma‘qul
tushadi. Saroydagi oliy adabiy majlislarning birida Navoiy bu o‗xshatish haqida
shoh Husayn Boyqaro huzurida gapirib, shohning ham hayratlanishini kutadi.
Ammo Boyqaro ―Yuqoridan pastga tushayotgan yog‗in rishtasi yiqilayotgan kishi
uchun madad bo‗la olmaydi‖ deb, e‘tiroz bildiradi, Navoiy Boyqaroning o‗tkir va
nozik mantig‗i va she‘rfahmlikdagi zakovatiga qoyil qoladi.
Maktab ona tili ta‘limida o‗quvchilarning mantiqli nutq so‗zlash malakasini
oshirib borish katta ahamiyatga ega. Lekin har doim ham bunga e‘tibor
berilavermaydi. Darslarda nazariy ma‘lumotlarga asosiy urg‗u berilib, nutqiy
malaka masalasi ikkinchi o‗ringa tushib qolgan hollar ko‗p uchraydi. Ko‗pgina
bitiruvchilarimiz oliy o‗quv yurtlariga kirish test topshiriqlarini juda yuqori
darajada bajarishgani holda, aksar hollarda ularning nutqiy malakalari ko‗pincha
talab darajasidan ancha pastligi kishini xavotirga solmay iloji yo‗q. Holbuki, ona
tili ta‘limining natijasi nazariy bilimlarni egallaganlik darajasi bilan emas, balki
quyidagi uch mezon asosida baholanadi:
1)
o‗qish texnikasi;
2)
o‗z fikrini to‗g‗ri ifodalash;
3)
o‗zgalar fikrini to‗g‗ri anglash.
Bu ona tili ta‘limining DTSlarida qayd etilgan.
O‗z fikrini to‗g‗ri ifodalash nutqning to‗g‗riligi, boyligi, sofligi, izchilligi,
o‗rinliligi kabi qator xususiyatlarni qamrab oladi.
Gazeta matnlarida shunday fikrlarni o‗qib qolamiz. Sportchilarimizning