Бу ҳақда қаранг: Скирбекк Г., Гилье Н. Фалсафа тарихи. – Тошкент: Шарқ нашриѐт-матбаа акционерлик
49
sitseron notiqlarning turli mimika va harakatlar bilan so‗zlayotganliklarini
ko‗rib, notiq bo‗lish uchun aktyorlikdan ham xabardor bo‗lish kerak ekan, degan
xulosaga keladi. sitseronuzoq tayyorgarlikdan so‗ng, 25 yoshida birinchi
marotaba xalq odida nutq so‗zlashga jur‘at etadi. U dastlab fuqarolik, so‗ngra
jinoiy ish jarayoni bo‗yicha nutq so‗zlaydi. Biroq uning bu nutqi
muvaffaqiyatsizlikka uchraydi; davlat boshliqlari unga qarshi chiqishadi.
Shundan so‗ng u ritorika va falsafa fanlaridan mukammalroq bilim olishga
kirishadi. Mashhur so‗z ustalaridan tajriba olish maqsadida, Kichik Osiyoning
bir qancha shaharlarini kezib chiqadi. sezar hukmronligi davrida sitseron
mashhur notiq va davlat siyosatchisi sifatida ulug‗ martabalarga erishadi.
Notiqlik sirlarini o‗rganib, Osiyo sayohatidan qaytgach u konsullik lavozimiga
saylanadi. U sudlarda o‗zi yaratigan nutq uslublaridan foydalanib butun
mahoratini ishga soladi. Ko‗p yillik tajribalari asosida sitseron ―Brut‖ hamda
―Notiq‖ deb nomlangan asarlarini yaratadi. ―Kimki jo‗n narsalar haqida
oddiygina, kundalik voqealar haqida o‗rta darajada, ulug‗ hodisalar haqida esa
zavq-shavq bilan gapirsa, shu odam so‗z san‘atining chinakam ustasi bo‗ladi‖,
deya qayd etadi u.
Sezar vafotidan so‗ng davlatni uning nabiasi Oktavian boshqaradi. U o‗z
davlatini mustahkamlash maqsadmida sitseronning Senat oldidagi mavqei va
obro‗sidan foydalanmoqchi bo‗ladi. Biroq sitseron Oktavianga ishonmaydi.
sitseronning dushmanlari yangi hukmdorni o‗zlariga og‗dirib olgach, undan
buyuk notiqni qatl etishni talab qiladilar. Shunday qilib so‗z san‘atining mohir
ustasi shafqatsiz jazoga hukm etiladi.
Sitseronni butun insoniyat oldida ulug‗lab, obro‗sini oshirgan narsa uning
ajoyib, takrorlanmas nutqlari bo‗ladi. Uyg‗onish davrida Italiya, Fransiya va
Olmoniyaning insonparvar olimlari sitseronning ilhombaxsh nutqlarini sevib
o‗rgandilar.
Rimda bir qancha vaqtgacha notiqlik san‘ati rivojlanishdan to‗xtab qoldi.
O‗rta asrlarga kelib esa notiqlikning diniy va sxolastik tomonlari avj olib ketdi.
O‗rta asrlarning ikkinchi yarmidan boshlab ―universitet notiqligi‖ deb
nomlangan yo‗nalish rivojlandi.
XVI asrda burjuaziyaning tug‗ilishi bilan yangi – insonparvarlik
dunyoqarashi shaklana boshladi. Uning xarakterli xususiyatlaridan biri
insonning kuch-quvvatiga, aql zakovatiga ishonch hamda antik dunyo
madaniyatiga katta qiziqish uyg‗otish edi. Insonparvarlar xalq yaratgan madaniy
boyliklarni ko‗z qorachig‗idek saqlashni targ‗ib qiladilar. Shuning uchun ham
ko‗p vaqtlargacha ―uyg‗onish‖ atamasi ―gumanizm‖ atamasi bilan bab-barobar
qo‗llanib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: