Бу тўғрида Интернетнинг www//http.envikipedia.ru сайтидан маълумот олиш мумкин.
48
uchramaydigan hodisa. Litsiy tomonidan bitilgan har bir nutq sud minbaridan
turib gapiriladigan oddiy safsata emas, balki mohir notiq qalamiga mansub bir
asar sifatida ahamiyatlidir. Uni ijro etayotgan odam go‗yo sud minbari sahnasida
rol ijro etayotgan aktyorni eslatib, tinglovchilar ongiga hikoyasini singdirib, ular
qalbini junbushga keltiradi.
Yunonlarda notiqlik san‘atining quloch yoyishi sud notiqligidan so‗ng
harbiy notiqlik va siyosiy notiqlik kabi turlarning paydo bo‗lishiga olib keldi.
Shu tariqa chiroyli so‗zlash san‘ati asta-sekin rivojlanib borib, badiiy
adabiyotning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Eng muhimi, notiqlik
san‘atining rivoji tragediya, komediya kabi janrlarning tug‗ilishiga ijobiy ta‘sir
ko‗rsatdi hamda notiqlik nazariyasi bo‗lmish Ritorikaning vujudga kelishiga
sabab bo‗ldi.
Qadimgi Yunoniston madaniyati xususida so‗z yuritilar ekan, o‗zining
falsafa, mantiq, she‘riyat va notiqlik san‘atiga bag‗ishlangan mashhur asarlari
bilan butun dunyoga dovrug‗ tarqatgan olim Aristotelning nomini tilga olish
o‗rinlidir. Ma‘lumki, Aristotel yashagan davrda (mil. av.384-322y.) Afinada
chiroyli so‗zlashga qiziqish kuchaygan edi. Natijada qator falsafiy-pedagogik
maktablar bilan bir qatorda notiqlik maktablari ham ochilgan. Keyinchalik
chiroyli so‗zlash madaniyatiga bag‗ishlangan qo‗llanmalar yuzaga kela boshladi.
Shunday asarlardan biri Aristotelning ―Ritorika‖ asari edi. Buyuk olim uni
mashhur ―Poetika‖ asaridan so‗ng, ya‘ni miloddan avvalgi 330 yillarda, ya‘ni
Afinaga so‗nggi marta kelganida yozgan edi. ―Ritorika‖ uch kitobdan iborat
bo‗lib, asarning birinchi va ikkinchi kitoblari asosan chiroyli so‗zlash, odamlarni
mahv qilish va ishontirish uslublaridan iborat bo‗lgan mulohazalardan tashkil
topgan. Uchinchi ktobda esa nutq mantiqiga juda katta ahamiyat beriladi.
Olimning fikricha, notiq tilidagi turli qorishmalar, ya‘ni so‗zlarning noto‗g‗ri va
noo‗rin talaffuz qilinishi, jumlalarning mantiqan har xil tuzilishi so‗zlovchining
katta xatosidir. Har bir aytilgan noto‗g‗ri gap insonning boshiga yetishi
mumkinligini qayd etadi.
Aristotel notiqlik san‘atini 5 qismga ajratadi. Bular quyidagilardir:
1.Materialni kashf etish (qiziqarli matn topa bilish).
2. Materialni joylashtirish shakli (rejasi).
3. Materialni eslab qolish (o‗zlashtirish).
4. Materialni so‗z yordamida to‗g‗ri ifodalash.
5. Materialni to‗liq tasvirlash.
6. Materialni to‗g‗ri talaffuz qilish
6
.
Shunisi e‘tiborliki, Aristotelning ushbu fikr-mulohazalari hozirgi kunga
qadar ham o‗z qimmatini saqlab kelmoqda.
Qadimgi yunon notiq va faylasuf olimlari orasida Rim yaqinidagi Arpina
shahrida dunyoga kelgan sitseron (mil.av.103-43) ham alohida o‗rin tutadi. Otasi
farzandiga yaxshi tarbiya berish maqsadida Rimga ko‗chib o‗tadi. sitseron u
yerda yunon murabbiylari qo‗lida tahsil oladi. Bo‗lajak notiq ayni vaqtda falsafa
ilmi bilan ham shug‗ullanadi. Lekin uni ko‗proq notiqlik san‘ati qiziqtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: