71
Nutqning jo„yaliligi, mantiqiyligi, qisqaligi
Reja:
1.Nutqning jo‗yaliligi.
2.Nutqning mantiqiyligi.
3.Nutqning qisqaligi.
Tayanch tushunchalar
nutqning jo‗yaliligi, nutqning mantiqiyligi, nutqning qisqaligi
Agar nutq o‗zida barcha kommunikativ sifatlarni mujassam etsa-yu, har
jihatdan jo‗yali, ya‘ni o‗z o‗rnida bo‗lmasa, u maqsad manziliga borib yetmaydi.
Jo‗yalilik yo‗q joyda nutqning boylik, aniqlik, ifodalilik kabi muhim sifatlari- ning
mohiyati yo‗qoladi.
Sharqning buyuk pandnomachisi Kaykovusning shunday o‗giti bor:
―...Tilingni yaxpsh hunar bila o‗rgatg‗il va muloyim so‗zdin boshqa narsani odat
qilmag‗il. Nedinkim, tilga har nechuk so‗zni o‗rgatsang, shuni aytur, so‗zni o‗z
joyila ishlatg‗il. so‗z agar yaxshi bo‗lsa, ammo noo‗rin ishlatilsa. garchanl u xar
nechuk yaxshi so‗z bo‗lsa ham yomon. nobop eshitilur. Shuning uchun behuda
so‗zlamag‗ilki, foydasizdur. Bunday befoyda so‗z ziyon keltirur va har so‗zki
undan hunar isi kelmasa, bunday so‗zni gapirmaslik lozim. Hakimlar debdurlar:
―So‗z bir nashadur, undan xumor paydo bo‗lur‖.
14
Xalqimiz donoligining bebaho boyligi, o‗zbek so‗zining ko‗rki bo‗lgan maqol
va matallarda ham bu fikr qayta-qayta uqtirilgan: ―So‗zga tushmagan so‗zni aytma,
Sozga tushmagan g‗azalni‖; ―Jo‗yali so‗z jo‗yasin topar, Jo‗yasiz so‗z iyasin
(egasin) topar‖; ―Jo‗yaga tuya ham cho‗kadi‖; ―O‗rinli so‗zga tuya cho‗kadi,
O‗rinsiz so‗zga hamma so‗kadi‖.
Notiq nutq tuzar ekan, kimningdir og‗ir kasalligi yoki vafoti haqidagi fikrni
ifodalash uchun tuziladigan nutkda ortiqcha chiroylilik, jimjimadorlik,
ko‗tarinkilik, tantanavorlik bo‗lmasligi lozim, aks holda nutq o‗rinli
hisoblanmaydi.
Nutqning o‗rinliligi, aytish kerakki, nutqiy muloqotda muhim. Bu
(―umestnost rechi‖) rus tilshunosi B.N.Golovin tomonidan juda yaxshi
tavsiflangan.
15
O‗rinlilik til vositalarini shunday tanlash, aloqalantirish va bir- biri bilan
bog‗lashki, buning natijasida nutq konkret mu- loqotning maqsadi va sharoitlariga
tamomila javob bera- digan tarzda tarkib topadi. Ayni ta‘rifdan kelib chiqilsa,
o‗rinli nutq ifodalanmoqchi bo‗lgan axborotning mavzusi, uning mantiqiy va hissiy
mazmuni, tinglovchi yoki o‗quvchilar tarkibining yosh, ijtimoiy, madaniy-ma‘rifiy
va boshqa xususiyatlari, yozma yoki og‗zaki nutqning xabar berish, tarbiyaviy,
estetik va shu kabi vazifalariga to‗la mos kelishi asosida yuzaga keladi.
O‗rinlilik sifatini o‗rganishda nutqning yozma va og‗zaki shakllarini farqlash
lozim. Yozma va og‗zaki nutqning voqe bo‗lish sharoitlari bir xil emas, shunga
ko‗ra bu ikki nutq shaklining o‗ziga xoslangan birliklari, grammatik shakllari,
sintaktik qoliplari bor. Bu holatni hisobga olmaslik natijasi- da ham nutqning
Do'stlaringiz bilan baham: