Аҳмедов А. Тил бойлиги. – Тошкент. 1968. 27-бет.
68
Har bir nutq egasi o‗z nutqiga e‘tibor qaratsa, nutq tuzish mas‘uliyatini his
qilsa, nutqining boy bo‗lishiga erishishi mumkin. Nutqqa e‘tiborsizlik uni
qashshoqlashtiradi.
Nutqda tilning ifoda vositalari me‘yoridan ortiq qo‗llansa ham, nutq
bachkanalashadi. Aristotel ta‘biri bilan aytganda, «munosib va ko‗p ishlatilmagan
ifoda kutilmagan, g‗alati so‗zlardan foydalanish orqali kelib chiqadi».
13
Demak,
boy nutqda ham tilning ifoda vositalari me‘yorida ishlatilishi lozim.
Rus tilshunos olimi B.N.Golovin ta‘biri bilan aytganda, «ta‘sirchan nutq deb
nutq qurilishining tinglovchi va o‗quvchi e‘tibori va qiziqishini qozonadigan
xususiyatlariga aytiladi, o‗z navbatida shu xususiyatlarga ega bo‗lgan nutq
ta‘sirchan sanaladi».
Nutqning ta‘sirchanligi tushunchasi, asosan, og‗zaki nutqqa nisbatan
qo‗llanadi. Chunki nutqning ta‘sirchanligini belgilashda bu nutqning tinglovchi
tomonidan qabul qilinishidagi ruhiy vaziyat e‘tiborga olinadi.
Har bir notiq nutqni tuzishda tinglovchilarni hisobga olishi, ularning bilim
darajasidan tortib, hatto yoshi, kayfiyatigacha kuzatib borishi, o‗z nutqining
tinglovchilar tomonidan qanday qabul qilayotganini nazorat qilishi lozim bo‗ladi.
Kasbiy bilimga ega bo‗lgan kishilar oldida jo‗n, sodda tilda gapirish maqsadga
muvofiq bo‗lmagani kabi, oddiy, yetarli ma‘lumotga ega bo‗lmagan tinglovchilar
oldida ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga harakat qilish yaramaydi. Xullas,
notiqdan vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi va ifodalamoqchi bo‗lgan fikrni
to‗laligicha tinglovchilarga yetkazishga harakat kilish vazifasi yuklatiladi.
Omma tushuna oladigan tilda gapirish, ularni ishontira olish notiqlar oldiga
qo‗yiladigan asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Buning uchun esa mavzuni
yaxshi bilishdan tashqari, uni bayon etishning aniq belgilangan rejasi bo‗lishi
kerak. Nutqdagi fikrlarni birinchi va ikkinchi darajali tarzda tuzib, ularni o‗zaro
bog‗lab, tinglovchilarga avval nutq rejasini tanishtirish lozim. Vaqtni hisobga olish
notiqlik fazilatlaridandir. Chunki so‗zlash muddati oldin e‘lon qilinib, shunga rioya
qilinsa, agar iloji bo‗lsa, sal oldinroq tugatilsa, tinglovchilar zerikmaydi.
So‗zlovchining o‗z nutqiga munosabati ham muhim, chunki, shunday
bo‗lgandagina quruq rasmiyatchilikdan qochiladi, so‗zlovchi va tinglovchi
o‗rtasidagi aloqa yaxshilanadi. Notiq fikrini o‗zi yoki tinglovchilar hayotidan
olingan misollar asosida isbotlashga harakat qilsa, mavzuga doir shaxsiy
munosabatini bildirsa, nutq yana ham ta‘sirli bo‗ladi.
Nutqning ta‘sirchanligiga erishishda metafora, metonimiya, sinekdoxa,
o‗xshatish, epitet, takror kabi badiiy tasvir vositalarining o‗rni beqiyos.
Nutqning ta‘sirchanligini oshirishda ohang ham muhim o‗rin tutadi.
Ohangning o‗zgarishi nafaqat ta‘sirchanlikni, ba‘zan gap mazmunining
o‗zgarishiga ham sababchi bo‗ladi. Quyidagi misollarni qiyoslang: 1. Odam bo‗l,
otang kabi ahmoq bo‗lma// Odam bo‗l otang kabi, ahmoq bo‗lma. 2. Mulla a‘lam
to‗g‗ri odam emas // Mulla a‘lam to‗g‗ri, odam emas.
Do'stlaringiz bilan baham: