Amaliyotchi talaba __________________ning 7A – sinfda Abdulla Qahhorning hayoti va ijodi mavzusida o‘tkazgan sinov darsi
BAYONNOMASI
“---” ----------- 2021-yil Qatnashdi:
sinf o‘quvchilari, amaliyotchilar
va o‘qituvchilar
Kun tartibi:
Amaliyotchi talaba ________________________________ning Abdulla Qahhorning hayoti va ijodi mavzusidagi sinov darsi muhokamasi.
Eshitildi: Amaliyotchi talaba: Bilamizki, Abdulla Qahhor o‘zbek adabiyotining eng yorqin ijodkorlaridan biri bo‘lganligi va o‘quvchilar ijodkor asarlariga o‘zgacha qiziqish bilan qarashadi. Shuning uchun bu darsga tayyorlanish jarayonida nafaqat 7-sinf darsligidan, balki boshqa qo‘shimcha adabiyotlarda berilgan ma`lumotlardan ham foydalandim. O‘tilgan mavzuni va yangi mavzuni mustahkamlash uchun foydalanilgan interfaol metodlar, ya`ni “Blits-so‘rov”, “Savol-javob” metodlari yaxshi natija berdi. Men darsda o‘z oldimga qo‘ygan maqsadimga erisha oldim deb o‘ylayman.
Eshitildi: (amaliyotchi talaba ..........................). Darsda birinchi navbatda vaqt to‘g’ri taqsimlangan, interfaol metodlardan ham o‘rinli foydalana oldi. Ba`zi darslarda bee`tibor o‘tiradigan o‘quvchilar ham darsda o‘zgacha qiziqish va ishtiyoq bilan qatnashishdi.
Eshitildi: (amaliyotchi talaba .........................). Bu darsda o‘qituvchi, avvalo, o‘quvchilarni darsga birdek jalb qila oldi. O‘tilgan va yangi mavzu bo‘yicha yangidan-yangi ma`lumotlar berdi. Dars juda yaxshi va qiziqarli tashkil qilingan.
Eshitildi: Fan o‘qituvchisi: .....................................
Amaliyotchi dars o‘tish jarayonida vaqtni to‘g’ri taqsimlay olgan. Dastlab tashkiliy ishlar, so‘ngra o‘quvchilardan uyga berilgan topshiriqlarni birma-bir, yozma hamda og’zaki so‘radi. Yangi mavzuni esa juda tushunarli va to‘liq yoritib berdi. Ko‘rgazmali qurollar va turli metodlardan o‘rinli foydalanish bilan dars samaradorligini oshirishga erishdi.
Eshitildi: Metodist o‘qituvchi: ................................
Amaliyotchi darsni namunali tarzda o‘tib berdi. Darsning tashkiliy qismiga ham alohida e`tibor qaratdi. Uyga berilgan topshiriqlarni ham, yangi mavzuni mustahkamlash uchun ham “Blits-so‘rov” metodi orqali o‘quvchilar bilan birma-bir savol-javob qildi. Bu o‘quvchilarning yoshiga mos holda tanlangan metod. O‘quvchilar ham darsda juda faol qatnashishdi. Ular o‘qituvchi tomonidan berilgan turli xil savollarga qiynalmay javob qaytara olishdi. Darsda foydalanilgan ko‘rgazmali qurollar yordamida mavzu bo‘yicha berilgan ma`lumotlar o‘quvchilar xotirasida yaxshi muhrlandi. Menimcha, bu dars amaliyotchining oldingi darslariga qaraganda rejali, samarador va mazmunli bo‘ldi deb o‘ylayman. Bu esa har bir o‘qituvchi darsi oldiga qo‘yiladigan maqsadlarning asosiysidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |