O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI
MALAKAVIY (PEDAGOGIK) AMALIYOT
BO‘YICHA YURITILGAN HUJJATLAR
Amaliyotchi ___________________
Amaliyot o‘tash joyi_________________
Tuzuvchi: S.Boysinov
O‘zbek adabiyoti o‘qitish metodikasi
kafedrasi kata o‘qituvchisi
JIZZAX- 2021
t.r.
|
Ishlar mazmuni
|
Bajarilish vaqti
|
Bajarilganlik belgisi
|
1
|
Fakultetda malakaviy amaliyotga bag’ishlangan ilmiy-metodik konferensiyada qatnashish
|
|
Konferensiya o‘tkazilib, amaliyot yuzasidan tushunchalar berildi
|
2
|
|
|
|
3
|
|
|
|
4
|
|
|
|
5
|
|
|
|
6
|
|
|
|
7
|
|
|
|
8
|
|
|
|
9
|
|
|
|
10
|
|
|
|
11
|
|
|
|
12
|
|
|
|
“Tasdiqlayman”
Metodist o‘qituvchi______________________
AMALIYOTCHI TALABANING SHAXSIY ISH REJASI
TALABALAR MALAKAVIY AMALIYOTINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Malakaviy amaliyotda talabalar ona tili va adabiyoti hamda boshqa fanlardan olgan bilim va ko‘nikmalarini sinab ko‘rish, amalga tatbiq qilinishi jarayoni bilan tanishadilar. Shuning uchun ham malakaviy amaliyot o‘zining ilmiy-tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalariga ega.
Malakaviy amaliyot samaradorligini oshirish, o‘quvchining ta’lim jarayonining subyektiga aylantirish, o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini bilishning qulay yo‘llarini aniqlash, ona tili va adabiyotdan sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish singarilar malakaviy amaliyotning ilmiy tadqiqot obyekti hisoblanadi.
Talabalar malakaviy amaliyot davrida fan tarixi, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish, o‘qitishning maqsadi, metod va prinsiplari kabilarni bilishlari zarur. Bundan tashqari til va adabiyot nazariyasini amaliyot asosida o‘rganish, har bir darsni zamonaviy pedagogik texnologiya asosida olib borishni tashkil etish yo‘llari hamda fanlararo aloqani bilishlari maqsadga muvofiq.
Bugun jamiyatimizda tub burilishlar sodir bo‘ldi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’kidlanganiday:
«Inson, uning har tomonlama uyg’un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir».
Ana shu isloxotlar silsilasida ta’lim bosqichlari orasidagi uzviylik va uzluksizlikni, ular orasidagi aloqa va bog’lanishlarni kuchaytirish alohida ahamiyat kasb etadi. Ayni shu vazifani amalga oshirishni ta’minlash ko‘p jihatdan Malakaviy amaliyotga ham bog’liqdir.
Malakaviy amaliyot akademik litseylar, o‘rta ta’lim maktablari bilan oliy ta’lim tizimini jips bog’laydigan bo‘g’in hisoblanadi. Bu davrda talabalar institut auditoriyalarida olgan nazariy bilimlarga, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida sinalgan tajribalarga tayanib mustaqil faoliyat olib boradilar; yuqori malakali metodist o‘qituvchilarning ish faoliyati bilan tanishadilar, ulardan o‘rganadilar, turli ruhiyat egalari - o‘quvchilar bilan hamkorlikda o‘quv-tarbiya ishlarini olib boradilar.
O‘qituvchilik kasbini egallashga intilgan har bir talaba 1-kursdan boshlab mutaxassislik faoliyati ustida ishlashi, bilim maskanida yaratilgan imkoniyatlardan to‘la foydalanib, nazariy bilimlarni puxta va chuqur egallab bormog’i hamda uni amaliyotga tatbiq qila bilmog‘i shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |