O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA'LIM VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
“ Qurilish materiallari muhandisligi “ fakulteti
“Qurilish materiallari va konstruksiyalari ” kafedrasi
“Qurilish materiallari texnologiyasida jarayon va apparatlar” fanidan
Маvzu: Yiliga 1 mln tonna gips ishlab chiqarish maydalash jarayoni – Gips toshini maydalash
Bajardi: Mahkamox A
Tekshirdi: Parsayeva N
Jizzax-2022 y
MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………3
Texnologik qism…………………………………………………4
Maxsulot xususiyati……………………………………………..5
Hisob kitob qismi…………………………………………………7
Texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi………………………24
Foydalanilgan adabiyotlar ...............................................................25
KIRISH
Qurilish matеriallarini ishlab chiqarish va ularni xalq xo’jaligida ishlatishning o’ziga xos tarixi bor. Eng qadimgi va ko’p tarqalgan qurilish matеriali giltuproq hisoblanadi. Giltuproq qurilish matеriali sifatida insoniyat taraqqiyotining boshlang’ich davridayoq ishlatilgan. Vaqt o’tish bilan, inson gildan har xil shakldagi buyumlar tayorlashni va ularning mustahkamligini oshirish maqsadida uni quritish hamda kuydirishni o’rgangan.
Bog’lovchi moddalarning bundan 4-5 ming yil avval sun'iy yo’l bilan hosil qilinganligi ma'lum. Misr, Grеtsiya, Rim va Vavilonda ohak qorishmasi va gidravlik qo’shimchalardan tayyorlangan bеton inshootlar qadimgi vaqtlardan hozirgi davrgacha saqlanib kеlmoqda. Bunday inshootlarning ichki va tashqi qismini bеzashda mеtall chiqindilaridan yasalgan naqshdor koshinli buyumlar ishlatilgan. Muhandislik inshoot-lari uchun gil, tosh, yog’och to’sinlar; turar joy uchun qamish, palma shoxlari va boshqalar ko’plab ishlatilgan. Misr va Mеsopotamiyada bundan 5-6 ming yil avval yasalgan shisha buyumlar topilgan.
Qadim-qadimdan insonlar gipsli bog‘lovchidan foydalanishni bilishgan. Bunday bog‘lovchini ular “alibastr” nomi bilan atashgan.
Havoda qotadigan anorganik bog‘lovchi moddalar orasida gips va uning asosida tayyorlanadigan buyumlar ko‘p qo‘llanilishi jihatidan alohida o‘rin egallaydi.
Gips toshi jinslarini kuydirish natijasida olingan moddalar ananaviy mineral bog’lovchi hisoblanib, insoniyatga bir necha ming yillardan beri ma’lumdir.
Gips bog’lovchi moddalar nafaqat suvoqchilikda, balki hajmli qurilish buyumlari olishda ham keng ko’lamda ishlatiladi. Bog’lovchi moddalar olishda xom ashyo sifatida tabiiy tog’ jinslari (gipsli tosh jinslari, angidrit) hamda tarkibida kalsiy sulfat bo’lgan ishlab chiqarish chiqindilari (fosfogips, borogips, oltingugurt ishlab chiqarishdagi chiqindilar) xizmat qiladi.
Jahonda hammasi bo’lib 35-40 mln.t. gips bog’lovchi moddalari ishlab chiqariladi, shundan 90 % qurilish ishlarida ishlatiladi.
AQSH, Fransiya, Angliya, Ispaniya eng ko’p miqdorda gips bog’lovchi moddalar ishlab chiqaradigan davlatlar hisoblanadi.
TEXNOLOGIK QISM
Do'stlaringiz bilan baham: |