Mustahkam (texnikaviy) gips – asosan -modifikatsiyali
CaSO40,5H2O dan tashkil topgan bo‘lib, birinchi navli gips toshni 0,2…0,3 MPa bosim ostida avtoklavlarda yoki suyuqlik muhitida qaynatish, nam issiqlik bilan ishlov berish natijasida olinadi. Mustahkam gips yuqori markali qurilish gipsi ishlatish sohalarida ishlatiladi.
Tarkibida gips bo‘lgan gipsli bog‘lovchi moddalar (ganch, loygips va boshqalar) 160…200 oC haroratda pishirilib keyin kukun holatiga keltiriladi. Xom ashyo sifatida yuqorida keltirilgan gips-toshi va sanoat chiqindilari ishlatiladi. Qurilish gipsiga nisbatan plastikligi katta, mustahkamligi esa past. Qurilishda g‘isht terish va suvoq uchun qorishmalar, hamda qurilish buyumlari tayyorlashda ishlatiladi.
Angidrid sement – Tabiiy gips-toshni yoki angidritni 600…750 °C da pishirib, so’ng tuyib, havoda qotadigan bog’lovchi modda-angidrit sеmеnt olinadi.
Angidrid sement ko‘proq suvoqbop va terishbop qorishmalar, parda devor qurishda, yengil beton qorishmasi tayyorlashda, pol va shiplarni issiqni saqlaydigan qilib qurishda va sun’iy marmar tayyorlashda ishlatiladi.
Sеmеnt aktivligini oshirish maqsadida unga katalizator sifatidagi qo’shilmalardan ohak, pishirilgan dolomit, domna shlagi va yonuvchi slanеts kuli qo’shiladi. Bu sеmеntni akadеmik P.P.Budnikov ixtiro etgan.
Angidrit sеmеnt sеkin quyuqlanuvchi bog’lovchidir. Quyuqlanishning boshlanishi 1...1,5 soatdan kеyin boshlanadi, oxiri esa 24 soatgacha davom etadi, gipsga nisbatan suvga chidamli. Siqilishdagi mustahkamligi bo’yicha 50, 100, 150 va 200 markalarga bo’linadi. Haqiqiy zichligi 2,80-2,90 g/sm3, uyma zichligi 0,85-1,10 g/sm3, zichlashtirilgandagi hajmiy og’irligi 1,20-1,50 g/sm3.
Yuqori haroratda pishirilgan gips(Estrix gips) – Gipsni 800-10000S da kuydirish va oxirgi maxsulotni un xolatiga keltirish estrix-gips deb ataladigan bog‘lovchi modda olish imkonini beradi. Gips kuydirilganda to‘liq suv yo‘qotiladi va oz miqdorda CaO xosil bo‘ladi. U «tiriltiruvchi» katalizator rolini o‘ynaydi. Yuqori xaroratda kuydirilgan gips qotganda suvsiz CaSO4 ikki molekula suvli gipsga o‘tadi.Bunda oraliq maxsulot sifatida yarimgidrit xosil bo‘lmaydi. Gidratlanish sekin boradi, CaO gidratlanadi, uning bir qismi CaSO4 bilan o‘zaro ta’sirlanishi mumkin, bunda CO2 xisobiga CaSO3 xosil qiladi. Qotganda xajmi bir oz qisqaradi. Yuqori haroratda kuydirilgan gipsning xossalari kuydirish haroratiga bog‘liqdir. yuqori haroratda kuydirilgan gipsni fosfogipsdan ham olish mumkin tarkibida fosfor oksidi R2O5 bo‘lgani uchun kuydirish haroratini pasaytirish mumkin. Tishlashish va qotish jarayoniga silikatlarni alyuminatlarni ta’siri nixoyatda katta va oxirgi maxsulot tez tishlashish va qotishi bilan ajralib turadi. Ushbu gipsdan tayyorlangan maxsulotlar suvga, sovuqqa chidamligi bilan oddiy qurilish gipsdan tayyorlangan maxsulotlarda ajralib turadi.Ishlab chiqarilayotgan gipsli bog‘lovchilar O’zRST 768-97 bo’yicha talablarga mos kelishi kerak.
Barcha maydalash mashinalari bo`laklagich va tegirmonlarga bo`linadi. Bo`laklagichlar yirik va o`rta maydalash, tegirmonlar esa o`rta, kichik, mayin va kolloid maydalashda ishlatiladi. Maydalash mashinalarining quyidagi turlari mavjud: jag’li, bolg’ali, valikli konusli, sharli ,sterjenli, halqali, kolloid va hokazo. Barcha maydalash mashinalariga quyidagi talablar qo`yiladi: maydalangan mahsulot zarralarining bir xilligi; maydalangan mahsulot zarralarining maydalash kamerasidan uzluksiz chiqarilishi; chang hosil bo`lishining imkon darajasida kam bo`lishi; maydalash darajasining rostlash imkoniyati; energiya sarfining kam bo`lishini ta`minlanish. Jag`simon maydalagich materialni maydalash davriy ,ravishda ikkita qo`zg`aluvchi va qo`zg`almas tekis yoki botiq yuzaga ega bo`lgan jag`lar orasida sodir bo`ladi Konussimon maydalagich material uzluksiz ravishda ikkita (biri ichida ikkinchisi aylanadigan) konus yordamida maydalanadi. Barabanli maydalagich ikkita bir-biriga qarama-qarshi aylanadigan silliq yoki tishli barabanlardan tashkil toрgan bo`lib, materialni ezish asosida maydalaydi. Zarbali maydalagichlar materialni maydalash tez harakatlanuvchi jismlarning kinetik energiyasi ta`sirida amalga oshiriladi. Bu maydalagichlar uch xil rusumli bolg`ali, rotorli va sterjenli (dezintegratorli) bo`lishi mumkin. Jag`simon Maydalagichlar ruda va qurilish materiallarini yirik, o`rtacha maydalashda qo`llanadi. Bunda materialning maydalanishi qo`zg`almas va qo`zg`aluvchi jag`lar orasidagi bo`shliqda ezilish, рarchalanish va sinish natijasida sodir bo`ladi. Konussimon maydalagichlarda material ikkita ekssentrik joylashgan kesik konus orasidagi halqasimon ishchi maydonda maydalanadi. Yumshoq, qattiqligi tirnash (ko`mir, ohaktosh,giрs,bor va h. k.) Materiallarni maydalashda zarba tamoyilida ishlaydigan maydalagichlardan foydalaniladi. Barabanli maydalagichlar ham yumshoq, o`rtacha qattiqlikdagi tirkash(obraziv) xususiyatiga ega bo`lmagan materiallarni maydalashda qo`llaniladi. Xar xil qurilish materiallarini maxsulot va konstruksiyalarini tayorlash uchun ishlatilayotgan xom ashyo va aralashmalarini maydalashga to’g’ri kiladi. Maydalash jarayoni sindirish va kukunlash bosqichlaridan iborat. Sanoatda qurilish materiallarini maydalash jarayonlari aloxida axmiyatga ega. Chunki olingan maxsulot xar xil qurilish materiali sufatida (sement, oxak, sopol, temirbeton va .) ishlatiladi. Qurilish materiallarini maydalash asosan ezish, sindirish, ishqalash, urish yoki birgalikda tasir qilishi ezish va ishqalash, urish va ishqalash va boshqa xollarda amalga oshiriladi. Foydali qazilma massasi (asosan, ruda) tarkibini tashkil qiluvchi bo`laklar turli o`lchamlarga ega bo`lgan holda boyitish fabrikasiga kelib tushadi. Shu sababli rudani boyitish uchun, dastlab uni maydalab, lozim bo`lgan taqdirda yanchib, boyitish texnologiyasi talablariga mos keluvchi holatga keltiriladi. Fizik mohiyati bo`yicha maydalash va yanchish jarayonlari bir xil bo`lsa-da, olinadigan mahsulotlar tarkibini tashkil qiluvchi bo`lak va zarrachalarning o`lchamlari bo`yicha ular bir-biridan shartli ravishda farqlanadi. Maydalash jarayonida olinadigan ruda massasi tarkibidagi bo`laklar o`lchamlari 5 mm dan katta, yanchishda esa, 5 mm dan kichik bo`ladi. Foydali qazilmani maydalash va yanchish ezish, yorish, sindirish , kesish, ishqalash, zarba berish kabi usullarda amalga oshiriladi. Maydalash va yanchish usuli maydalanadigan materialning qattiqligi hamdabo`laklarning kattaligi bo`yicha tanlab olinadi. Foydali mineral zarracha yuzasi qanchalik to`liq ochilsa, boyitish samaradorligi shunchalik yuqori bo`ladi. Biroq to`la yanchilishga yo`l qo`ymaslik kerak, chunki bunda foydali komрonent juda mayin shlamlar ko`rinishiga ega bo`lib, konsentratga emas, chiqindi tarkibiga o`tib yo`qotilishi mumkin. Maydalash va yanchish juda qimmat jarayonlar hisoblanadi. Boyitish fabrikalarida turli foydali qazilmalarni maydalashda, asosan, ezuvchi, yoruvchi va zarba beruvchi mexanik maydalash vositalaridan foydalaniladi. Jag’li tosh maydalagichlar yirik va o’rta maydalash uchun ishlatiladi. Jag’li tosh maydalagich ishlash tartibi quyidagidan iborat. Pona ko’rinishiga ega bulgan maydalash kamerasiga maydalanishi zarur bo’lgan material tushiriladi.Maydalash kamerasi 2ta yuzadan iborat, uni bittasi ko’p xolatda kuzgalmas,Ikkinchisi qo’zg’aluvchan bo’ladi. Maydalash kamerasini ponasimon ko’rinishga ega bulishi yirik materiallarni yukorida, maydasini pastga joylashishiga imkon beradi. Harakatlanuvchi yuza vaqti-vaqti bilan harakatlanmaydiganga yakinlashib turadi. Jag’larni yaqinlashganida (siqilish yuli) material bo’lakchalari maydalanadi. Jag’lar uzoqlashganda (erkin yurish) maydalangan materiallar ogirligi xisobiga pastga harakatlanib tushadi va kamerani pastki teshigidan o’lchami kichik bulgan bo’lakchalar tosh maydalagichdan chiqib ketadi.
Kamerani pastki eng tor qismini chiqish darchasi deyiladi. So’ngra davr yana qaytariladi.
Jag’li tosh maydalagichlarni mexanizmni kinematik farqli tomonlariga qarab 2 asosiy guruxga bo’linadi: xarakatlanuvchi jag’ oddiy xarakatlanadigan tosh
maydalagichlar bulardi, xarakat xarakatlanuvchi yuzaga krivoship orkali uzatilib,xarakatlanuvchi nuqtalarni yuli aylana yoyini tashkil qiladi; harakatlanuvchi jag’ murakkab harakatlanuvchi tosh maydalagichlar, bularda krivoship va harakatlanuvchi jag’ yagona elementni tashkil qiladi, xamda Nuqtalarni harakatlanish yo’li ellipsga yaqin berk chiziqlaridan tashkil topgan
bo’ladi. Biz bu jag’li maydalagichni tabiiy va nam materiallarni maydalash vaqtidagi holatlarida ko’rib chiqimamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |