O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jizzax davlat



Download 61,64 Kb.
bet9/10
Sana03.07.2022
Hajmi61,64 Kb.
#736623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
raqamli hisobat (2)

2.2 Grafikli organayzerlar.
Grafik organayzerlar texnikasi Grafik organayzerlar (tashkil etuvchi) – fikriy jarayonlarni ko`rgazmali taqdim etish vositasi hisoblanadi.
Grafik organayzer quydagi turlarga bolinadi: Malumotlarni tarkiblash va tarkibiy bo‘lib chiqish, o`rganilayotgan tushunchlar (voqea va hodisalar, mavzular) o`rtasidagi aloqa va o`zaro bog`liqlikni o`rnatish usul va vositalari: Klaster, Toifalash jadvali, Insert, B/B/B jadvali. Malumotlarni taxlil qilish, solishtirish va taqqoslash usuli va vositalari.T-jadvali, venn diagrammasi. Muammolarni aniqlash, uni hal etish, taxlil qilish va rejalashtirish usullari va vositalari: ” Nima uchun?”, “Baliq skeleti”, “ Piramida”, “ Nilufar guli” sxemalari, “ Qanday?” ierarxik diagrammasi, “Kaskad” tarkibiy – mantiqiy sxema. kabi turlari mavjud.
“VENN DIAGRAMMASI” METODI
Venn diagrammasi ikki va uch jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo`yish uchun qo`llaniladi. Talabalarda tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko`nikmalarini rivojlantiradi. Undan foydalanish bosqichlari:
-Talabalar ikki guruhga bo`linadi;
-plakatga chizilgan diagramma doskaga osib qo`yiladi;
-har bir to`g`ri fikrga qo`yiladigan ball oldindan kelishib olinadi;
-qo`yilgan topshiriq bo`yicha guruhlarning har qanday to`g`ri yoki noto`g`ri fikrlari bir talaba tomonidan ikki xil rangdagi flomasterda diagrammaning tegishli joylariga yozib boriladi;
-kichik guruh ichidan biror talaba sheriklarining ismi-shariflari to`g`risiga ular aytgan fikrlarni qayd qilib boradi;
-fikr bildirishlar nihoyasiga yetgach, o`qituvchi va talabalar hamkorligida to`g`ri va noto`g`ri javoblar aniqlanadi;
-to`g`ri javobga uch ball qo`yiladigan bo`lsa, har bir noto`g`ri fikr uchun guruhning umumiy balidan uch ball olib tashlanadi;
-eng ko`p ball to`plagan guruh g`olib hisoblanib ular rag`batlantiriladi;
-bu jarayonda kichik guruhda qayd etilgan javoblarning noto`g`rilari o`chirib chiqiladi va natijalar e`tiborga olingan holda talabalarga tabaqalashtirilgan ball qo`yiladi. Venn diagrammasi metodini barcha talabalar bir-biriga bog`liq mavzularni tahlil qilish, solishtirish, taqqoslash va mustahkamlashda foydalanish yaxshi samara beradi. Quyida ushbu metodni Zamonaviy iqtisodiyot darslarida qo`llash mumkin: Rag`batlantiruvchi marketing bilan Remarketing umumiy va farqli tomonlarini aniqlashga doir quyidagi diagrammani misol tariqasida keltirish mumkin mavzularni umumlashtiris maqsadida “Venn diagrammasi” qo`llanilsa dars samaradorligi oshadi.
Til ta'limida bir qancha interfaol ta'lim metodlaridan foydalanish mumkin. Bulardan, "Konseptual jadval", "Klaster", "Venn diagrammasi", "Insert", "BBB" va shu kabi o'nlab interfaol ta'lim shakllarini qo'llash maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz. Bu interfaol ta'lim shakllari "Grafik organayzerlar" deb ham yuritiladi. Organayzer inglizcha "tashkil etuvchi, grafik tashkil etuvchi" ma'nosini bildiradi. Axborot texnologiyalari sohasi atamasi sifatida ishlatiladi. Aniqrog'i, Power-point va shu kabi dasturlarda tayyorlanadigan vizual ko'rgazmali namoyish usuli hisoblanadi. Tahliliy ma'lumotlarni ko'rgazmali taqdim etish usullari va vositalari sifatida organayzerlar (grafik tashkil etuvchilar)ning vazifasi muhim hisoblanadi.
Sinf oquvchilari guruhlarga bolinadilar, guruhlar nomlanadi. Oqituvchi yangi mavzuni e`lon qiladi va har bir guruhdan yangi mavzuga oid ikkitadan fikr bildirishlarini soraydi. Guruhlar navbati bilan (ushbu jarayonda guruhning barcha a`zolari faol ishtirok etishlarini ta`minlash maqsadga muvofiq) fikr bildiradilar. Bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib boriladi. Faoliyat yakunlangach, oqituvchi yangi mavzu mazmuni yoritilgan matnni oquvchilarga tarqatadi. Songra shunday topshiriq beriladi: Topshiriq. a) Matn bilan tanishib chiqing; b) Matnning har bir qatoriga quyidagi belgilarni qoyib chiqing: Z - matnda guruhlar tomonidan bildirilgan fikr oz aksini topgan bolsa; S - matnda guruxlar tomonidan bildirilmagan fikr yuritilgan bolsa; D - matnda bildirilgan fikrlarga zid fikrlar mavjud bolsa; ? - matn bilan tanishish jarayonida tushunmovchiliklar yuzaga kelsa. Songra guruh a`zolari shaxsiy qarashlarini ozaro ortoqlashadilar, guruh boyicha belgilar soni umumlashtiriladi. Liderlar vositasida har bir belgining miqdori bayon etiladi va izohlanadi. Oqituvchi guruhlar tomonidan qayd etilgan sonlarni ularning nomlari yozilgan ustunga yozib boradi.
O‘qituvchi har bir guruh lideri fikrini tugatgach, yuzaga kelgan qarama qarshilik va tushunmovchiliklarni o‘quvchilar tog‘ri xal etishlariga va tushunib olishlariga yordam beradi.
SHundan so‘ng guruhlar darslikda berilgan matn bilan tanishib chiqib, asosiy tushunchalarni ajratadilar ular o`rtasidagi mantiqiy munosabatlarni ochib berishga harakat qiladilar (modellashtiradilar). Guruhlar tomonidan ilgari surilgan fikrlar umumlashtirilib, liderlar tomonidan sinf jamoasida yetkaziladi.

XULOSA

Brutselyoz qo'zg'atuvchising biomorfalogik tuzilishi, profilaktikasi, diognostikasi va mavzuni o`qitishda interfaol metodlar grafikli organayzerlarni qo`llanilishi mavzusini o`rganish asosida quydagi xulosaga keldik. Brutsellyozning qo`zg`atuvchilari — brucella avlodiga mansub, hujayra ichida parazitlik qila oladigan grammanfiy bakteriyalardir. Brutsellyozning 6 tur qo`zg`atuvchisi va 17 ta biovari aniqlangan. Odamlar uchun uchtasi patogen hisoblanadi: Mayda shoxli mollar: echki, qo`ylar brutsellyozi qo`zg`atuvchisi (Brucella melitensis); Yirik shoxli qoramollar: sigir brutsellyozi qo`zg`atuvchisi (Brucella abortus); Cho`chqalar brutsellyozi qo`zg`atuvchisi (Brucella suis). Ba`zi manbalarda itlar brutsellyozi qo`zg`atuvchilari (Brucella canis) ham inson uchun xavfli deb ko`rsatilgan. Hayvonlar bakteriyalarni sut, siydik, amniotik suyuqlik orqali tarqatadi, shuningdek, Stomaxys calcitrans pashshasi ham brutsellyoz tashuvchisi hisoblanadi. Inson zararlanishi kasallik tashuvchi hayvonlar bilan bevosita kontakt qilishda yoki zararlangan oziq-ovqatlar — xom sut, pasterizatsiyalanmagan sutdan tayyorlangan pishloq iste`mol qilishda sodir bo`ladi. Bakteriyalarning kirish darvozasi — terining, ovqat hazm qilish a`zolari va nafas yo`llarining shilliq qavati mikrojarohatlari hisoblanadi. Darvoza hududida va regionar limfa tugunlarining limfa yo`llarida hech qanday o`zgarish bo`lmaydi. Brutsellyozda limfadenopatiya yalpi hisoblanadi, bu mikroblarning gematogen tarqalishini ko`rsatadi. Ko`payishi va to`planishi limfa tugunlarida, ba`zan esa qonda sodir bo`ladi. Qo`zg`atuvchidan tozalanganidan keyin ham uzoq vaqt davomida organizmning sezilarli allergik reorganizatsiyasi, keskin sezilarli sekinlashgan tipdagi gipersezuvchanligi saqlanib qoladi. Brutsellyoz surunkali kechishga moyilligi bilan ajralib turadi. Kasallanishdan keyin immunitet shakllanadi, lekin uzoq saqlanmaydi (3-5 yildan so`ng qayta infektsiyalanish mumkin). Brutsellyozning klinik ko`rinishiga kasallikka sabab bo`lgan brutsella turi ham sezilarli darajada ta`sir ko`rsatadi. Brutsellyozning eng og`ir kechishi — melitensis, qolganlari kasallikning yengil shakllarga olib keladi.Brutsellyoz bilan shikastlangan a`zolar va to`qimalar mikroskop ostida tekshirilganda, sil kasalligiga juda o`xshash xarakterli granulyomalar ko`rinadi, kamdan-kam hollarda esa kazeoz nekrozga uchraydi. salpingit, servitsit, o`tkir pielonefrit.


Markaziy asab tizimi. Meningit, ensefalit, meningoensefalit, mielit, serebral abstsesslar, Giyen-Barr sindromi, ko`rish nervi atrofiyasi, III, IV va VI juftning zararlanishi. Birlamchi-latent (yashirin) shakli deyarli salomatlik holatidir. Organizmning himoya kuchlari zaiflashishi bilan u o`tkir-septik yoki surunkali metastatik shaklga aylanishi mumkin. Ba`zida mikrosimptomlar: periferik limfa tugunlarining biroz kattalashishi, ba`zan tana haroratini subfebril ko`rsatkichlargacha ko`tarilishi, jismoniy kuch ishlatishdada terlash ko`payishi kuzatiladi. Bemor o`zini sog`lom deb hisoblab, mehnatni davom ettiradi.
O`tkir-septik shakl isitma (39-40 °C), harorat egrisi to`lqinli, noto`g`ri (septik) tipli katta kundalik o`zgarishlar bilan, takroriy varaja va terlash bilan tavsiflanadi. Kishi o`zini yaxshi his qiladi (tana harorati 39 °C va undan yuqori bo`lganda kitob o`qish, shaxmat o`ynash, televizor tomosha qilish mumkin). Umumiy intoksikatsiyaning boshqa belgilari ham kuzatilmaydi. Bemorning hayotiga tahdid qilmaydi, hatto etiotropik davolashsiz ham sog`ayish bilan yakunlanadi. Limfa tugunlarining barcha guruhlari o`rta darajada kattalashgan, ba`zilari esa sezgir. Birinchi haftaning oxiriga kelib jigar va taloq kattalashadi. Umumiy qon tahlilida leykopeniya, ECHT oshmaganligi aniqlanadi. Asosiy farq — o`choqli o`zgarishlarning yo`qligi (metastazlar). Antibiotiklar bilan davolashsiz, isitma davomiyligi 3-4 hafta yoki undan ortiq bo`ladi.
Surunkali shakllari ba`zida o`tkir shaklni chetlab o`tib birdan rivojlanadi, ba`zan o`tkir-septik shakldan keyin biroz vaqt o`tgach. Klinikasi bo`yicha birlamchi va ikkilamchi surunkali metastatik shakllar farq qilmaydi.
Mushaklar va bo`g`imlardagi og`riqlar, asosan, yiriklarida, poliartrit, kasallikning yangi kuchayishida boshqa lokalizatsiyali metastazlar hosil bo`ladi. Periartrit, paraartrit, bursit, eksostozlar. Osteoporozlar qayd qilinmaydi. Bo`g`imlar shishadi, ularning harakatchanligi cheklanadi, ustki teri normal rangda bo`ladi. Harakatning cheklanishi va deformatsiyalar suyak to`qimalarining o`sib ketishi bilan bog`liq. Umurtqa shikastkanadi, ko`pincha kamar sohasida. Eriksen, Naxlas, Larrey, Djon-Ber alomatlari aniqlanadi. Asab tizimining shikastlanishida nevrit, polinevrit, radikulitlar rivojlanadi. Kamroq hollarda markaziy asab tizimi shikastlanadi (mielit, meningit, ensefalit, meningoansifalit) va ular uzoq, o`gir kechadi.
Erkaklar jinsiy tizimidagi o`zgarishlar — orxit, epididimit, jinsiy funktsiyaning pasayishi. Ayollarda salpingit, metrit, endometrit. Amenoreya kuzatiladi, bepushtlik rivojlanishi mumkin. Homilador ayollarda ko`pincha abort, o`lik tug`ilish, muddatidan oldin tug`ish, bolalarida tug`ma brutsellyoz qayd qilinadi. Ikkilamchi-surunkali shakli xuddi shu kabi kechadi. Ikkilamchi yashirin shaklning birlamchi latent shakldan farqi — u ko`pincha manifest shaklga o`tadi (qaytalanadi).
O`tkir — davomiyligi 3 oygacha;
O`tkir osti — davomiyligi 3-6 oy;
Surunkali — davomiyligi 6 oydan ortiq. Anamnez ma`lumotlari: hayvon bilan aloqa qilish, termik ishlov berilmagan chorvachilik mahsulotlarini iste`mol qilish, bemorning kasbi, endemik o`choqlar.
Klinik tasvir.
Laboratoriya diagnostikasi:
Brutsellyoz bilan kasallanganlar orasida 50-70% hollarda ozuqa muhitiga
qon ekish ijobiy natija beradi: Brutsellyoz 37-80% holatlarda surunkali shaklga o`tadi, ayniqsa kech yoki noto`g`ri davolansa.
Brutsellyoz kamdan-kam hollarda o`limga olib keladi. Hatto antibiotiklar paydo bo`lishidan oldinlari ham o`lim darajasi 2 foizdan oshmagan va asosan endokardit tufayli sodir bo`lgan. Biroq, brutsellyoz ko`pincha nogironlik bilan yakunlanadi. Asoratlarning jiddiyligi qo`zg`atuvchi turiga bog`liq. Brucella melitensis tomonidan chaqirilgan brutsellyoz eng og`ir oqibatlarga olib keladi. Nogironlikning sabablaridan biri — nevrologik buzilishlar, shu jumladan orqa miya shikastlanishi va paraplegiya.Meningoensefalit va streptomitsin bilan davolashning asoratlari sifatida neyrosensor qulog`i og`irlik rivojlanishlari qayd qilingan.
Sutni pasterizatsiya qilish yoki qaynatish; Hayvonlarni veterinariya nazoratidan o`tkazib turish; Hayvonlar va ularning mahsulotlari bilan ishlaydigan aholini sanitariya-gigiena qoidalari bilan tanishtirish; Kasallanish xavfi yuqori bo`lgan kishilarni profilaktik emlash (qisqa muddat — taxminan 2 yil);
Hayvonlarni ommaviy ravishda emlash kutilgan natijani bermagan.


Download 61,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish