O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jizzax davlat



Download 61,64 Kb.
bet2/10
Sana03.07.2022
Hajmi61,64 Kb.
#736623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
raqamli hisobat (2)

Ishning ilmiy yangiligi. Bitiruv-malakaviy ishi jarayonida hayvonlarni ommaviy ravishda emlash kuzatigan natijani berdi. Brutselyoz qo`g`atuvchisining turlari Brutsellyozning 6 tur qo`zg`atuvchisi va 17 ta biovari aniqlangan. Odamlar uchun uchtasi patogen hisoblanadi: Mayda shoxli mollar: echki, qo`ylar brutsellyozi qo`zg`atuvchisi (Brucella melitensis); Yirik shoxli qoramollar: sigir brutsellyozi qo`zg`atuvchisi (Brucella abortus); Cho`chqalar brutsellyozi qo`zg`atuvchisi (Brucella suis).Ba`zi manbalarda itlar brutsellyozi qo`zg`atuvchilari (Brucella canis) ham inson uchun xavfli deb ko`rsatilgan. Hayvonlar bakteriyalarni sut, siydik, amniotik suyuqlik orqali tarqatadi, shuningdek, Stomaxys calcitrans pashshasi ham brutsellyoz tashuvchisi hisoblanadi. Inson zararlanishi kasallik tashuvchi hayvonlar bilan bevosita kontakt qilishda yoki zararlangan oziq-ovqatlar — xom sut, pasterizatsiyalanmagan sutdan tayyorlangan pishloq iste`mol qilishda sodir bo`ladi.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. .Tuzilishi, morfologiyasi, biologiyasi, fiziologik va biokimyoviy xossalari, ularning tabiatda tarqalish qonuniyatlari, BruLsellyoz (qora oqsoq) keng tarqalgan zoonoz kasallik, asosan, hayvonlar kasallanadi. Kasallik ko'pincha hayvonlar bilan muloqotda bo‘ladigan odamlardagina uchraydi. Shu jihatdan brutsellyoz kasb kasalligi hisoblanadi. Brutsellyozni Vrucella urug'iga mansub mikroorganizmlar qo'zg'atadi. Brutsellyoz qo'zg'atuvchisini dastlab ingliz vrachi D. Bryus (1886- yili) Malta orolida topgan. Bu mikrob qo'zg'atgan kasallikka Malta isitmasi deb nom berilgan. Olim 1887-yili kasallikning sofkulturasini ajratib olgan va uni Micrococcus melitensis deb atagan. B.bang va B.Stribolt 1897-yili sigim ing bolasi tushgan vaqtda undan yangi qo'zg'atuvchini ajratib oladi va unga Bacteria avortus bovis deb nom beradi. J.Traum 1914-yili, Gud va Smitlar 1916-yili cho'chqaning bolasi tushgan (abort bo'lgan) paytda ulardan uchinchi qo'zg'atuvchini ajratib oldilar va uni Vasteria abortus suis deb atadilar. Miyer va Fiyezerlar 1920-yili ajratib olingan uchta qo'zg'atuvchini, ularning birinchi urug'ini topgan ingliz olimi Bryus nomi bilan Bruselladeb atashni tavsiya etadi. Shuning uchun ular qo'zg'atgan kasallik brutsellyoz deb yuritila boshlandi. Keyingi yillarda brutsellaning yana bir necha turi ajratib olindi. Odam larda brutsellyozni, asosan, Br. melitensis, Br. bovis, Br. suis qo'zg'atadi. Brutsellalar 1 bo'lim , 4 guruhga kiritilgan. Ular olti turga (jad'val), Br. melitensis, Br. abortus, Br. suis biovarlarga bo'linadi.o`rganish usullarini klassifikasiyasi genetikasi ekologigiyasi va ularning tabiatda moddalar almashinuvidagi ahamiyati, kasallik qo`zg`atuvchi mikroorganizmlar. Immunitet turlari, Qattiq ozuqa muhitida o`stirilgan mikroorganizmlarni kuzatish va yozib borish, tajribada foydalanayotgan asbob-uskunalarni yaxshi o`rganish, mikroorganizmlarni ko`paytirish usullarini urganadi- bakalavrlarni fanining maqsad va vazifalari bilan tanishtirish, fanining rivojlanish tarixi, A.V.Levenguk, A.Paster, R.Kox, S.N.Vinogradskiy, V.Omelyansk, N.A.Krasil`nikov va boshqalarning mikrobiologiya sohasiga o‘z hissalarini qo‘shgan hozirgi zamon mikrobiologiyasi rivojlanishining ustivor yo`nalishlari.
-mikroorganizmlarni o`rganish usullari, oziqlanishi, nafas olish, ko`payishi, mikroorganizmlarni klassifikasiyasi, genetika asoslari,mikroorganizmlarning ekologiyasi va ularning tabiatda moddalar almashinuvidagi ahamiyati mikrobiologiyasi, mikrobiologik sintezlarni o`rganadi.Umumiy mikrobiologiya o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalari doirasida bakalavr
- Mikroorganizmlarning anatomiyasi oziqlanishi nafas olishlari ularning bijg`ish jarayonlarida ishtirok etishlarini irsiyat va o`zgaruvchailik mikroorganizmlarni roli, seleksiya va urug`chilik, chorvachilik va o`simlikshunoslikdagi dolzarb muammolarni, mikrobiologik sanoat, jumladan, veterinariya sohasida yangi preparatlar olish va ularni ishlatish texnologiyalari haqida tasavvurga ega bo`lishi;
- mikroorgnizmlarni o`rganish usullarini klassifikasiyasi genetikasi ekologigiyasi va ularning tabiatda moddalar almashinuvidagi ahamiyati, kasallik qo`zg`atuvchi mikroorganizmlar. Immunitet turlari, Qattiq ozuqa muhitida o`stirilgan mikroorganizmlarni kuzatish va yozib borish, tajribada foydalanayotgan asbob-uskunalarni yaxshi o`rganish, mikroorganizmlarni ko`paytirish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- Mikrorganizmlar tuzilishining asosiy tamoyillari va mikrorganizmlarning ahamiyati, oziqlanishi va ko`payishi to`g`risidagi tasavvurga ega bo`lishi. Mikrorganizmlar o`simlik kasalliklarini qo`zg`atuvchisi ekanligi.Oddiy mikrobiologik analizlarni bajara olishi, tuproq, suv, havo mikroflorasi va chorva oziqasini tayyorlashda mikroorganizmlarning roli. O`simliklarda, hayvon va odamlarda parazit yashab kasallik qo`zg`atuvchi mikroorganizmlarni ko`payish jarayonlarini boshqarish. Oddiy mikrobiologik laboratoriya tahlillarini boshqarish usullarini tahlil qilish va biotexnologiyaning zamonaviy yo`nalishlari ekologiya va molekulyar biotexnologiya, o`simliklar gen injenerligi,hayvon hujayrasining gen muhandisligi kabi ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak.
Ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Mikrobiologiya fanining rivojlanishi bilan yuqumli kasalliklar haqidagi ta`limot ham ilgarilab ketdi.
Mikrobiologik tekshiruvlaming turli-tumanligi bois barcha yuqumli kasallik qo'zg'atuvchi mikroblaming organizmga tushishi, ularning xos a`zolarga joylashib olishi (a`zoni tanlashii), bemor organizmidan chiqib, atrof-muhitga tarqalishi kabi ko'pgina masalalar oson hal qilina boshlandi. Yuqumli kasalliklaming etiologiyasi, patogenezi, laboratoriya usullari bilan tashxis qo'yish hamda davolash va oldini olish masalalariga tegishli ma‘lumotlaming birin-ketin vujudga kelishi olimlarni yana ham buyuk kashfiyotlar sari yetakladi. Bunday yutuqlardan yana biri odessalik G.N. Minx va O.O. Mochutkovskiylarga nasib etdi, ular qaytalama va toshmali terlamada infeksiyaning yuqish mexanizmini o'rgandilar, bemor qonini o'zlariga kiritib kasallangandan so'ng terlamalaming qo'zg'atuvchilari qon so'ruvchi hasharotlar yordamida bemordan sog'lom odam larga yuqishi mumkin degan xulosaga keldilar. Ayni vaqtda 0‘zbekiston Respublikasi va umuman O 'rta Osiyo mintaqasi uchun xos bo'lgan yuqumli kasalliklarga qarshi kurash borasida ham muhim yangiliklar qo'lga kiritildi. A.D. Grekov (1873-1957) O 'rta Osiyoda mikrobiologiya fanining rivojlanishiga asos soldi. U 1917-yili Toshkentda harbiy gospital tarkibida birinchi bakteriologik laboratoriyani, 1918-yili o'lka bakteriologik institutini tashkil qildi, keyinchalik bu O 'rta Osiyoda yagona vaksina va zardob ilmiy tekshirish institutiga aylantirildi. A.D. Grekov 1938-yili Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida birinchi mikrobiologiya kafedrasini tashkil etib, umrining oxirigacha unga rahbarlik qildi. U o'lkaga xos yuqumli kasalliklar: bezgak, chinchechak, ich terlam a va boshqa kasalliklar ustida tadqiqot olib bordi. Toshkentda chinchechakka qarshi vaksina ishlab chiqarishni va u bilan emlashni yo'lga qo'ydi.Mikrobiologiya fanining rivojlanishi bilan yuqumli kasalliklar haqidagi ta`limot ham ilgarilab ketdi. Mikrobiologik tekshiruvlaming turli-tumanligi bois barcha yuqumli kasallik qo'zg'atuvchi mikroblaming organizm ga tushishi, ularning xos a`zolarga joylashib olishi (a`zoni tanlashii), bemor organizmidan chiqib, atrof-muhitga tarqalishi kabi ko'pgina masalalar oson hal qilina boshlandi. Mikrobiologiya sohasida erish ilg an ilmiy yutuqlar yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish usullarining takomillashishida, virusologiya,
epidemiologiya, immunologiya, jarrohlik, gigiyena va boshqa fanlaming rivojlanishida muhim rol o `ynaydi. Ayni paytda tibbiyotda erishilayotgan barcha yutuqlarda mikrobiologiya fanining hissasi salmoqli bo'lmoqda. XIX asrning oxiriga kelib bu fanning rivojlanishi tufayli nafaqat tibbiyot, balki xalq xo'jaligining boshqa sohalarida ham muhim yangiliklarga erishildi. S.N. Vinogradskiy (L856-1953) qishloq xo'jaligi bo'yicha azotning tabiatda almashinish jarayonida nitrifikatsiya qiluvchi bakteriyalarning faoliyati haqida ma`lumot berdi va shu bilan tuproq mikrbiologiyasining shakllanishiga asos soldi. 1875-yili rus olimi F.A. Lesli ichburug' bilan xastalangan bemorlar najasida amyobani ko'rib, itlarda o'tkazilgan tajribalar yordamida Entam oeba coli, Entam oebahistolytica shu kasallikning qo'zg'atuvchisi ekanligini isbotiadi. 1898- yilda P.F. Borovskiy Toshkentda teri leyshmaniozi mikrobini topdi.Rus olimi D.I. Ivanovskiy 1892-yilda tamaki bargi kasalligini suzgichdan o'tuvchi viruslar qo‘zg‘ata olishini isbotiadi va bu yangilik keyinchalik virusologiya faninig shakllanishiga asos bo‘ldii. Uning kashfiyotlaridan m a`lum bo'ldiki, tabiatda hujayra shakliga eg a bo'lgan va oddiy mikroskoplarda ko'rinadigan tirik sistemadan tashqari bakterial suzgichlar teshigidan bemalol o‘tuvchi oddiy mikroskopda ko'rinmaydigan, hujayra shakliga ega bo'lmagan mayda tuzilmalar viruslar ham bor ekan. D.I. Ivanovskiyning ilmiy tadqiqotlari viruslar borasida muhim ma‘lumotlar berdi, ana shu yangiliklarga asoslanib,1897- yilda F. Leffler bilan R Frosh oqsim (yashur) kasalligining virusindi topdilar va keyinchalik ko'p yuqumli kasalliklaming virusli etiologiyasi aniqlandi. Mikrobiologiya fanining rivojlanishida L. Paster I.I Mechnikov safdoshlari N.F. Gamaleyaning (1859-1949) ham hissasi katta. U 1892- yilda yuqumli kasallik qo'zg'atuvchisi bo'lgan bakteriyalarning virusbakteriofag faoliyati bilan tanishdi va 1917-yilda fransuz olimi D . Erel bu virus xususiyatlarini atroflicha tekshirib, uni bakteriofag deb nomladi.N.F. Gamaleya Rossiyada birinchi bakteriologiya markazi va quturish kasalligiga qarshi kurashish vazifasini bajaruvchi Paster stansiyasini I.I. Mechnikov bilan birga tashkil qildi. Uning ilmiy kashfiyodari infeksiya va immunitet muommolariga, mikroorganizmlarning o'zgaruvchanligi, toshmali terlama, chinchechak, o'lat, vabo va shu kabi kasalliklarning oldini olishga qaratilgan.


Download 61,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish