O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jizzax davlat


Brutselyoz kasalligi patogenizi patologik anatomiyasi



Download 61,64 Kb.
bet4/10
Sana03.07.2022
Hajmi61,64 Kb.
#736623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
raqamli hisobat (2)

1.2 Brutselyoz kasalligi patogenizi patologik anatomiyasi.
Bakteriyalarning kirish darvozasi terining, ovqat hazm qilish a`zolari va nafas yo`llarining shilliq qavati mikrojarohatlari hisoblanadi. Darvoza hududida va regionar limfa tugunlarining limfa yo`llarida hech qanday o`zgarish bo`lmaydi. Brutsellyozda limfadenopatiya yalpi hisoblanadi, bu mikroblarning gematogen tarqalishini ko`rsatadi. Ko`payishi va to`planishi limfa tugunlarida, ba`zan esa qonda sodir bo`ladi. Qo`zg`atuvchidan tozalanganidan keyin ham uzoq vaqt davomida organizmning sezilarli allergik reorganizatsiyasi, keskin sezilarli sekinlashgan tipdagi gipersezuvchanligi saqlanib qoladi. Brutsellyoz surunkali kechishga moyilligi bilan ajralib turadi. Kasallanishdan keyin immunitet shakllanadi, lekin uzoq saqlanmaydi (3-5 yildan so`ng qayta infektsiyalanish mumkin). Brutsellyozning klinik ko`rinishiga kasallikka sabab bo`lgan brutsella turi ham sezilarli darajada ta`sir ko`rsatadi. Brutsellyozning eng og`ir kechishi — melitensis, qolganlari kasallikning yengil shakllarga olib keladi. Brutsellyoz bilan shikastlangan a`zolar va to`qimalar mikroskop ostida tekshirilganda, sil kasalligiga juda o`xshash xarakterli granulyomalar ko`rinadi, kamdan-kam hollarda esa kazeoz nekrozga uchraydi. Mustasnolik B. suis infektsiyasi bo`lib, unda ko`pincha abstsesslar kuzatiladi. Brutsellyoz odamlarga kasal molning xom suti va sut mahsulotlari (pishloq, moy, tvorog, brinza), shuningdek, chala qovurilgan yoki chala pishirilgan go‘sht iste`mol qilinganda yoki ular bilan bevosita muloqotda bo‘lganda yuqadi. Mikrob organizmga havo-tomchi yo‘ila ri orqali tushadi. Bu kasbga xos kasallik bo‘lganligi uchun, asosan, veterinar, zootexnik, cho`pon, sut, mol fermalari, qushxona, pishloq tayyorlovchi korxonalar xizmatchilari, shuningdek, yung, teri qabul qiluvchilar kasallanadi.Brutsellyoz faslga bog‘lq boiib , qishloq joylarda, asosan, qo'zilatish davri, ya`ni mart-may oylarida ko`p uchraydi. Shahar sharoitida esa yil davomida uchrashi mumkin. Kasallikning yashirin davri 1-3 hafta, ba`zan bir necha oy bolishi mumkin. Organizmga tushgan brutsellalar limfa tugunlarida, retikul-endotelial sistemada joylashadi, shu yerda ko'payadi va limfa yo‘llari orqali qonga o‘tadi, natijada uzoq davom etadigan bakteriyemiya holati kuzatiladi. Qon orqali brutsellalar taloq, ko'mik, limfa tugunlariga tushib ko'payadi.
Odam va hayvonlarda kasallikning birinchi kunlaridanoq sekin rivojlanadigan o`ta sezgirlik, ya`ni allergiya holati rivojlanadi, bu holat kasallik davomida va bemor sog'aygandan keyin ham uzoq vaqtgacha saqlajiib qoladi. Brutsellyoz o'tkir septik va surunkali kasallik bo‘lib, ko‘pincha odamlarda klinik belgilari xilma-xil tarzda surunkali kechadi. Kasallikning dastlabki davrida bemoming harorati asta-sekin ko'tarilib, 1-2 haftada 40°C gacha yetadi, so'ng pasayaboshlaydi, 4—14 kundan keyin yana qaytalaydi. Bunday holat bir necha bor takrorlanishi mumkin. Isitma chiqqanda bemorning eti uvishib qaltiraydi, darmoni quriydi, isitma pasayganda g'araq-g'araq terlaydi, badaniga turli toshmalar toshadi. Brutsellyoz surunkali kechganida jinsiy bezlar zararlanadi, natijada orxit, epididimit, ayollarda esa ofarit, mastit rivojlanishi mumkin.
Ayrim hollarda infeksiya oqibatida erkak va ayollarda bepushtlik, bola tashlashlar kuzatiladi. Brutsellalar hujayra ichiga kirib yashaganligi sababli dori kor qilmaydi, ular vaqti-vaqti bilan ko‘payib qaytadan qonga tushadi, kasallik yangilanadi, shuning uchun brutsellyoz uzoq davom etadi va retsidivlar (qaytalanish) beradi. Kasallikning yengil, simptomsiz shakllarini aniqlash birmuncha qiyin, shuning uchun bu infeksiyaga faqat laboratoriya tekshiruvlari yordamida tashxis qo'yiladi.Odamlardagi brutsellyozning ko'p klinik belgilari bezgak, sil, revmatizm, qorin tifi va toshmali tif, Ku-isitmasi belgilariga o'xshab ketadi, shuning uchun differensial diagnostika muhim ahamiyatga ega.



Download 61,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish