145
4-versiyasi bilan birgalikda (yaʻni 0100 maydonida) protokolning 6-versiyasidan
(yaʻni 0110 maydonida) foydalanish boshlanadi.
Sarlavha uzunligi maydoni
(Header Length) tarmoqlararo diagramma sarlavhasining 32 razryadli soʻzlardagi
uzunligini koʻrsatadi. Eng kam (minimal) uzunlik — beshta soʻz, eng katta
(maksimal) uzunlik — 32-razryadli soʻzlardan oʻn beshtasi. Servis turi maydoni
(Type of Service) xizmat koʻrsatishning talab etiladigan
sifati parametrlarini
koʻrsatadi. Ustuvorlik esa, har bir deytagrammaga ustuvorlik kodini berish orqali
paketlarni uzatilishida unga ustunliklar beradi. Bitlar: 12 — D (delay) —
kechikish, 13 — T (throughput) — samaradorlik (oʻtkazish qobiliyati), 14 — R
(reliability) — ishonchlilik, S (cost) — narxi.
Paketning toʻliq uzunligi maydoni (Total Length) deytagrammaning sarlavha
va
foydali ish yuki bilan birga, oktet(bayt)lardagi umumiy uzunligini belgilaydi.
Paketning toʻliq uzunligi 65535 bayt (216-1 65 535)gacha yetishi mumkin.
Umumiy identifikator maydoni (Identification) tarmoqlararo deytagrammalar
fragmentlarini
yigʻish
uchun
moʻljallangan.
Bayroq
(Flag)
maydoni
deytagrammalarni
fragmentatsiyalash
imkoniyatini
taʻminlaydi
hamda
fragmentatsiyadan
foydalanishda
deytagrammaning
soʻnggi
fragmentini
identifikatsiyalash imkonini beradi. «Flaglar» maydonining 0 biti zahirada boʻlib, 1
esa paketlarni fragmentatsiyasini boshqarish uchun xizmat qiladi (0 —
fragmentatsiyalash ruhsat etiladi; 1 — taqiqlanadi), 2
biti mazkur fragment
soʻnggisi yoki soʻnggisi emasligini aniqlaydi (0- soʻnggi fragment; 1 — davomini
kutmoq lozim).
Fragmentli
siljitish
maydoni
mazkur
fragmentning
tarmoqlararo
deytagrammadagi oʻrnini koʻrsatadi. Birinchi fragment nolga teng siljishga ega.
Qandaydir sabablar natijasida ushlab (kechiktirib) qolingan paketlarni tarmoqdan
bartaraf etish uchun sarlavhadagi yashash vaqti maydonida paket tarmoqda mavjud
boʻlishi lozim boʻlgan vaqt koʻrsatiladi.
Ushbu vaqt qiymati paketning tarmoq boʻylab qurilmalardan oʻtishi sayin
kamayib boradi. U tamom boʻlganida, joʻnatuvchi
tegishli ICMP-xabar bilan
xabardor qilingan holda, paket yoʻq qilinadi. Bunday chora tarmoqni siklik
146
marshrutlardan va haddan tashqari ish bilan yuklashdan himoya qiladi. «Yashash
vaqti» soniyalarda — koʻpi bilan 255 soniya (taxminan 4,3 daqiqa)
etib beriladi
[2].
6.5-Rasm. IPv4 paket formati
Protokol turi (Protocol) maydoni foydalaniladigan yuqori sath (ICMP — 1,
IGMP — 2, TCP — 6, UDP — 17) protokolini aniqlaydi. Sarlavhaning nazorat
yigʻindisi maydoni (Header Checksum). Paketning manzil (manzil) qismi buzib
koʻrsatilish ehtimolini kamaytirish va uning natijasi —
uning aynan manzilga
yuborilmasligi (va yoʻqolishi)ning oldini olish uchun, sarlavha paketi 2 bayt oʻrin
egallaydigan va butun sarlavha boʻylab hisoblanadigan tekshirish ketma-ketligi —
nazorat
yigʻindisi
bilan
yuboriladi.
Sarlavhada
boʻlgan
IP-manzillar
(joʻnatuvchining IP-manzili (Source Address) qabul qilib oluvchining IP-manzili
(Destination
Address)
tarmoq
obyektlari
— soʻnggi koʻrsatma va
marshrutlashtiruvchilarning 32-bitlik identifikatorlari boʻlib xizmat qiladi. IP ning
yordamchi koʻrsatkichlari maydoni (IP optsiyalari) (Options) — qoʻshimcha
xizmatlar bor yoki yoʻqligini aniqlaydi. Oʻzgaruvchan uzunlikka ega va
tarmoqlararo deytagrammada boʻlishi va boʻlmasligi mumkin. Toʻldiruvchi
maydon (Padding) sarlavhani 32-razryadli chegaraga moslashtirish (toʻgʻrilash)
uchun qoʻllaniladi. [2]