3
KIRISH
Mamlakatimiz ta’lim tizimini xalqaro ta’lim standartlari bilan uygʻunlashtirib,
oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash sifati hamda raqobatbardoshligini
taʻminlash, jahon amaliyotiga asoslangan oliy ta’lim tizimining sifat darajasini
oshirish, uzluksiz ta’lim tizimiga ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy
etishning samarali metodlarini ishlab chiqish ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida
eʻtirof etilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7
fevraldagi
PF-4947- sonli «Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha
Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida»gi Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-
sonli «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi va
2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-sonli «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini
oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda
faol ishtirokini taʻminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi
qarorida belgilangan vazifalarni bajarish, oliy ta’lim muassasalarini ilgʻor jahon
tajribalari asosida yaratiladigan
yangi avlod darslik, oʻquv qoʻllanmalari hamda
davriy nashrlar bilan tizimli taʻminlash maqsadida qabul qilgan Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarini oʻquv
adabiyotlari bilan taʻminlash toʻgʻrisida” gi 2018 yil 10 oktyabr, 816-son qarori
hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning amalga
oshirilishi va hayotga tatbiq etilishiga ushbu o’quv qo’llanma
muayyan darajada
xizmat qiladi.
Jumladan, bunda oliy ta’lim muassasalarida foydalanish uchun xorijiy oʻquv
va ilmiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish, ularni xarid qilish va foydalanish,
oʻquv adabiyotlari bilan taʻminlash hamda darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini
yangilab borish kabi vazifalar belgilab berilgan.
Shu nuqtai nazardan, elektron axborot ta’lim resursi va virtual laboratoriyalar
ishlab chiqish, boʻlajak mutaxassislarda kasbiy faoliyatga oid oʻquv-tarbiya
jarayonini samarali tashkil etishning shakl, metod va vositalari, yangi pedagogik va
4
axborot texnologiyalarini oʻquv jarayoniga qoʻllash
metodlari, Tarmoq
texnologiyalari fanidan oʻquv jarayoni uchun oʻquv-uslubiy taʻminotlarni yaratish
dolzarb hisoblanadi va ushbu qoʻllanma aynan shu maqsadga yoʻnaltirilgan.
Oʻqitishning anʻanaviy usullarida тarmoq texnologiyalari fani boʻyicha
olingan nazariy bilimlarni mustaxkamlash va amaliy koʻnikmalarni hosil qilish
uchun xizmat qiluvchi laboratoriya va amaliy mashgʻulotlarga katta ahamiyat
beriladi.
Shu nuqtai nazardan, oliy oʻquv yurtlarida mutaxassislarni tayyorlash
jarayonini takomillashtirishga va ularning kasbiy tayyorgarligiga qoʻyilgan davlat
ta’lim standartlari talablarini amalga oshirishda elektron axborot ta’lim resursi va
virtual laboratoriyalar ishlab chiqish, boʻlajak mutaxassislarda kasbiy faoliyatga
oid oʻquv-tarbiya jarayonini samarali
tashkil etishning shakl, metod va vositalari,
yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻquv jarayoniga qoʻllash metodlari,
тarmoq texnologiyalari fanidan oʻquv jarayoni uchun oʻquv-uslubiy taʻminotlarni
yaratish kabi ishlar dolzarbligini belgilaydi.
Sizga tavsiya etilayotgan ushbu oʻquv qoʻllanma pedagogika oliy ta’lim
muassasalarida talabalarga oʻtiladigan Tarmoq texnologiyalari fanidan maʻruza va
laboratoriya
mashgʻulotlarini
o`tkazish
boʻyicha
zamonaviy
nazariy
maʻlumotlarini oʻz ichiga olgan. Jumladan, kompyuter tarmoqlari,
tarmoq
qurilmalari va funksiyalari, protokollar va ularning qoʻllanilishi, internet
xizmatlari, Bulut texnologiyasi,
Smart-texnologiyalar, IoT-buyumlar interneti
hamda tarmoq xavfsizligi masalalari haqida nazariy maʻlumotlar berilgan.
O`quv qo`llanma bilan tanishganingizdan tashakkur izhor etamiz. Qo`llanma
mazmuni haqidagi fikr va mulohazalarni, takliflar hamda unda mavjud
kamchiliklarni
Do'stlaringiz bilan baham: