13
Tarmoq texnologiyalari dasturiy taʻminot, apparat va protokol shaklida
maʻlumotlarni uzatish va yetkazib berishning yaxlit qoidalar toʻplamidir. Maʻlumot
almashishlar tarmoq adapterlari bilan, shuningdek turli konnektor va kabellar
orqali amalga oshiriladi.
Tarmoq texnologiyalari axborot – kommunikatsiya
texnologiyalarining
asosini tashkil etib, ularning sohalarga qoʻllanilishi quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- Tarmoqdagi bir nechta kompyuterlarning bitta printer, nushalovchi va
boshqa qurilmalardan oʻzaro foydalanishi;
- VPN (Virtual Private Networks — virtual shaxsiy tarmoqlar) orqali keng
maydonda biznes va boshqa sohalarda hamkorlikni yuritish;
- mijoz-server modelida bir kompyutyerdan axborotlarni
zahira saqlovchisi
sifatida umumiy foydalanish va bir necha kompyuterlarni boshqarish;
- IP – telefoniya, yaʻni ikki abonent oʻrtasida tovush trafigi (nutqi) uzatiladi
yoki VoIP (Voice over IP – tarmoqda qabul qilingan paketlardan va diskret
signaldan analog signalga qayta tiklash yoki aksincha) texnologiyalari yordamida
telefonli xizmatlardan foydalanish;
- e - commerce modelida elektron tijorat ishlarini onlayn yuritish;
- elektron jurnal va gazetalardan umumiy foydalanish;
- IPTV (IPTeleVision - internet televidenie) texnologiyalari;
- Wiki, e-mail va internet ijtimoiy tarmoqlari
Keng polosali tarmoq xizmatlari va uning koʻplab imkoniyatlar.
Keng polosali tarmoq atamasi internetga doimiy
va katta tezlikda ulanishni
bildiradi. Biroq bu nafakat ma’lumot uzatish tezligi balki butun jahon tarmog‘idan
foydalanishning maxsus usuli hamdir.
Keng polosali tarmoq mijozi istalgan vaqtda katta xajmdagi o‘zida rangli
tasvir, audio va video kliplar, animatsiya, televideniya kontinenti va boshqalardan
iborat bo‘lgan ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish imkoniga ega bo‘ladi. Keng
polosali tarmoq mijozga u qaerda ulanganidan qat’iy nazar eng zamonaviy
xizmatlarni yetkazib beradi. Mijoz multimedia va biznesini ma’lumot bilan
14
ta’minlashda ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ladi,
bular fayllar almashinuvi,
telefon va bank xizmatlari va boshqalar.
Keng polosali tarmoq yangi sohalar ochilishi va mavjudlarini rivojlantirishga
imkon beradi. U iqtisodiy o‘sish va investissiya, ishga joylashishda yangi
imkoniyatlar ochadi. Uzoqda joylashgan turar-joylarni rivojlantirishda,
mahalliy
hokimyat organlariga tijorat uchun qulay sharoitlar yaratishda, yuqori malakali
tibbiy xizmat yetkazib berish, masofadan ishlash, yuqori tezlikdagi ma’lumot olish
va davlat boshqaruvida qatnashish imkonini beradi.
Keng polosali tarmoq texnologiyalaridan biri FTTx texnologiyasidir. FTTx-
nomi inglizcha Fiber to the x- optik tola x nuqtagacha ma’nosini beruvchi so‘zlar
bosh harflaridan olingan. Fiber to the Home/ Building “optika har bir uygacha”
manosini beradi. Bu atama aloqa tugunidan ma’lum masofagacha (x- nuqta) optik
kabel qo‘llaniluvchi barcha kompyuter tarmoqlari uchun qo‘llaniladi. FTTx
tizimining keng polosali abonentlarga yangi xizmatlarning katta imkoniyatlarini
ochadi.
Do'stlaringiz bilan baham: