130
-
Server
– bu kompyuter tarmogʻining umumiy masalalarini bajaruvchi va
ishchi stansiyalarga xizmatlarni taqdim etuvchi kompyuter.
Host
– bu IP-manzilga ega, Internet tarmogʻiga ulanadigan universal
nuqtadir. Bu kompyuter boʻlib, u ilovalarni bajaradi va TCP/IP protokolini qoʻllab-
quvvatlovchi, bitta yoki bir nechta foydalanuvchilarga ega boʻladi. Host
kommunikatsiya tarmogʻining oxirgi nuqtasi sifatida ishlaydi.
IP-manzil qaydlangan 4 bayt (32 bit) uzunlikka ega.
IP-manzilning
taqdimlanish keng tarqalgan shakli
toʻrtta raqam
koʻrinishida yozilishidir, xar bir
bayt qiymatini nuqtalar bilan ajratilgan oʻnli shaklda taqdimlanishidir, masalan:
128.10.2.30.
Bu manzil ikkilik formatda ham taqdimlanishi mumkin:
10000000 00001010 00000010 00011110
Tarmoqdagi IP-manzillarning maksimal soni 2
32
=4 294 967 296 boʻladi.
Insonga raqamli manzilni eslab qolish ancha mushkuldir, shuning uchun
nomlarning domen tizimi (DNS) kiritildi, u raqamli Internet – manzilga mos noyob
domen nom qoʻyiladi.
Domen
–
Domain Name Server (DNS – domen nomlari serveri)
deb
ataluvchi kompʻyuterlar domen nomlarini sonli manzillarga aylantirib beradi.
Bu
bir qancha belgilar boʻyicha birlashtirilgan kompyuterlar guruhidir. Domen tizimi
ierarxik strukturaga ega: yuqori (birinchi) daraja domenlari;
ikkinchi daraja
domenlari; uchinchi daraja domenlari va x.k (oʻngdan chapga).
Internetdagi biror resursga ulanish kerak bo`lganda, bu resurs joylashgan
manzil xaqiqiy IP manzilga aylantirilishi kerak bo`ladi. Bunda sizning
kompʻyuteringiz avval sizga xizmat ko`rsatuvchi internet provayderining mahalliy
domen nomlari serveriga murojaat qiladi.
Agar bu resurs sizning kompʻyuteringiz joylashgan tarmoqda bo`lsa,
resursning IP manzili shu serverdan topiladi va topilgan manzil sizning
kompʻyuteringizga jo`natiladi. Sizning kompʻyuteringiz xaqiqiy IP manzilni
olgach, bu manzilga murojaat qiladi va kerakli ma`lumotlarni oladi.
131
6.1-rasm. Internet tarmogʻining tarkibiy qismlari
Agar so`ralgan resurs mahalliy tarmoqqa tegishli bo`lmasa,
domen
nomlarining mahalliy serveri bu manzilni topa olmaydi. Bu holda mahalliy server
internetga murojaat qiladi va domen nomlari serverlarining eng asosiysi
(o`zandagisi) InterNIC ga murojaat qiladi. InterNIC qidirilayotgan resurs nomi
132
qaysi domen nomlari serverida saqlanishini aniqlab, bu server manzilini sizning
serveringizga jo`natadi.
6.2-rasm. Nomlarning domen tizimi
Sizning serveringiz ko`rsatilgan server bilan bogʻlanib,
qidirayotgan resurs
manzilini oladi va uni sizning kompʻyuteringizga uzatadi. Siz internetga
ulanganingizda, kompʻyuteringizga IP manzil deb ataluvchi son beriladi. IP manzil
ikki xil bo`ladi: statik va dinamik. Statik manzil doimiy bo`lib, har gall internetga
ulanilganda kompʻyuteringizga shu manzil beriladi. Dinamik manzil o`zgaruvchan
bo`lib, har gal internetga ulanganda, u o`zgarib turadi.
Dinamik IP manzil olish uchun sizning kompʻyuteringiz tarmoqqa yoki ISP
ga DHCP Discover (DHCP tadqiqotchisi) xabarini jo`natadi.
DHCP
– Dynamic
Host
Configuration Protocol, ya`ni Serverning dinamik konfiguratsiyasi protokoli
degan ma`noni bildiradi. Bu xabarga sizning kompʻyuteringiz haqida
identifikatsion ma`lumotlar shu jumladan kompʻyuter nomi joylashgan bo`ladi. Bu
xabar tarmoq orqali DHCP serveriga yetib boradi. DHCP serveri bo`sh IP
manzillar ro`yxatidan IP manzil oladi va boshqa kompʻyuterlarga bermaslik uchun
vaqtinchalik band qilib qo`yadi.
DHCP serveri tarmoqqa DHCP taklifi deb ataluvchi xabarni jo`natadi. Unda
sizning kompʻyuteringizga taklif qilinayotgan IP manzil hamda DHCP serverining
ham manzili bo`ladi. Sizning kompʻyuteringiz DHCP taklifini olgach, band
qilingan IP manzilni qabul qilish haqida serverga DHCP qidiruvini jo`natadi. Bu
133
paytda sizning kompʻyuteringiz hali IP manzilga ega bo`lmaydi. U serverga
o`zining roziligini bildiradi.
Agar tarmoqda bir necha DHCP serveri bo`lsa, ularning har biri o`z takliflari
bilan chiqadilar. Sizning kompʻyuteringiz bu takliflarning faqat bittasini qabul
qilib, qolganlarini rad qiladi. DHCP qidiruvi
DHCP serveriga yetgach, server
kompʻyuteringizga DHCP paketini yuboradi va ushbu IP manzilining sizning
kompʻyuteringizga ijaraga beradi. SHundan keyin kompʻyuteringizning IP
manzilga ega bo`ladi va internetga ulanishi mumkin.
Sizga manzil bergan va boshqa DHCP serverlar berilgan IP manzilni bo`sh
manzillar ro`yxatidan chiqarib tashlaydi va kompʻyuteringizning IP manzilini
ro`yxatga oladi. Kompʻyuteringiz Internetdan uzilganda, berilgan IP manzil bekor
qilinadi va bu manzil yana bo`sh manzillar ro`yxatiga kiritib qo`yiladi.
Host
tizimlar orasida bogʻlanish maxsus kommutatsiyalovchi qurilmalar –
marshrutizatorlar ulaydigan ketma-ket liniyalar toʻplami
yordamida amalga
oshiriladi. Marshrutizator oʻzining kirish aloqa kanalidan birida uzatilayotgan
maʻlumotlar porsiyasini qabul qiladi va uni oʻzining chiqish aloqa kanallaridan
biriga yoʻnaltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: